Oʻzbekistonlik sobiq amaldorning oʻgʻli Dubayda 8 mln. dollarlik mulkka egalik qilishi maʼlum boʻldi

Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning oʻgʻli Alisher Qodirovning Dubayda salkam 8 mln.dollarlik koʻchmas mulk obʼektlariga egalik qilishi maʼlum boʻldi. Oʻzbekistonlik sobiq amaldorning oʻgʻliga tegishli mulklar  Dubayning eng qimmat hududlaridan biri Marina regionida joylashgan.

Сын бывшего узбекистанского чиновника владеет недвижимостью в Дубае стоимостью 8 млн долларов

Сын бывшего узбекистанского чиновника владеет недвижимостью в Дубае стоимостью 8 млн долларов

Oʻzbekiston hukumati tomonidan Rashid Qodirovning oʻgʻli Alisher Qodirovga nisbatan  JK 165-m. 2-qism a-bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan tovlamachilik), 3-qism a-bandlari (juda koʻp miqdorda tovlamachilik) va 168-m. 3-qism a-bandi (koʻp miqdorda firibgarlik), 4-qism a-bandi (juda koʻp miqdorda firibgarlik) sodir etganlikda ayblanib xalqaro qidiruv eʼlon qilingan.

2018 yil 22 fevralda esa Oʻzbekistonning sobiq prokurori Rashiq Qodirov hibsga olingan edi.  Bu holat haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yilda Andijonga qilgan tashrifida shunday fikr bildirgan.

«Mana, Rashid Qodirov guruhi bilan qamoqda oʻtiribdi. Million-million dollarlarni qaytaryapti. 2-3 oydan keyin uning oʻzi televideniye orqali barchani qanday poraxoʻr qilganini aytib beradi. Har bir tuman prokuroridan 30-40 ming AQSh dollari olgan. Hozir u barchasini qaytaryapti. Birgina oʻgʻli milliarder. Boshqa tashkilotlar rahbarlari ham, MXX (hozirgi DXX)ning 5 sobiq oʻrinbosarlari ham qamoqda. Ularning hammasi oʻgʻri. Qanday boʻlmasin, men hammasini joyiga qoʻyaman.

Ularning hammasi Boltiqboʻyida uylar qurgan. Hatto Amir Temur bunaqa uylarda yashamagan. Bu kimning pullari – xalqniki. Shu boisdan ham prokuraturada 70 foiz xodim almashdi. Men hammani kechiraman, ammo oʻgʻri va xoinlarni kechirmayman. Mana shuni xalqim bilishi kerak», - degan edi Prezident.

«Davlat sirlari toʻgʻrisida»gi qonun talablariga muvofiq, Rashid Qodirovga nisbatan sud jarayoni yopiq tarzda oʻtkazilib, 6 oyga yaqin vaqt davom etgan. Sud tergovi jarayonida barcha sudlanuvchilarning koʻrsatmalari tekshirilgan, 200 ga yaqin guvohlarning koʻrsatuvlari tinglanib, ish boʻyicha oʻtkazilgan ekspertiza va xizmat tekshiruvlari xulosalari, shuningdek, jinoyat ishida toʻplangan dalillar, ularning qonuniyligi va asosliligi nuqtai nazaridan taftish qilingan.

Sobiq prokurorga sud hukmi bilan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan edi. Shuningdek, Rashid Qodirov 2014 yilda sobiq prezident Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaga nisbatan ayblov eʼlon qilinganda masʼul prokuror boʻlgan.

Maʼlumotlarga koʻra, Alisher Qodirovning Marina Plaza majmuasida 4 ta ofisi bor, ularning qiymati  1,9 million dollardan 2 million dollargacha hisoblanadi.

So‘nggi yangiliklar

Ali Xominaiy halok boʻldi: Eronda motam, rasmiy Tehron qasos haqida ogohlantirdi

Eronning oliy rahbari, 86 yoshli oyatulloh Ali Xominaiy 28 fevral kuni Tehrondagi qarorgohiga berilgan zarbalar oqibatida vafot etdi.

Jahon

01.03.2026, 08:32

SI strategiyasi: urush vaziyatida sunʼiy intellekt 95 % hollarda yadro qurolidan foydalanishi mumkin

Taxminiy maʼlumotlarga koʻra, insoniyat tarixida 12 mingdan ortiq urush boʻlgan va ularning barchasini insonlar boshlab, davom ettirgan.

Fan-texnologiya

28.02.2026, 13:12

Isroil Eronga harbiy zarba berdi

28 fevral, shanba kuni ertalab Isroil Eron hududiga nisbatan harbiy amaliyot boshladi.

Jahon

28.02.2026, 12:40

AQSh xodimlariga Isroilni tark etishga ruxsat berildi

27 fevral kuni AQSh Davlat departamenti xavfsizlik xatarlari ortishi tufayli Isroildagi favqulodda boʻlmagan xodimlari va ularning oilalariga mamlakatni tark etishga ruxsat berdi.

Jahon

28.02.2026, 10:03

YHQ qoidalarini buzganlik boʻyicha jarima xatlarini yetkazib berish xizmati toʻxtatiladi

Endilikda ushbu jarayon toʻliq raqamli formatga oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston

28.02.2026, 09:44

10-sinf oʻquvchisi BMWda urib ketgan YPX inspektori vafot etdi

Toshkent shahrida yoʻl-transport hodisasi oqibatida ogʻir tan jarohatlari olgan yoʻl-patrul xizmati inspektori vafot etdi.

Oʻzbekiston

27.02.2026, 18:25

Pokiston va Afgʻoniston mojarosi urushga aylandi

Toʻqnashuvlar olti viloyatni qamrab olgan. Tomonlar artilleriya va pulemyotlardan foydalanmoqda, quruqlikdagi boʻlinmalar esa bir-birining hududiga kirgani aytilmoqda.

Jahon

27.02.2026, 15:35

Rossiyada muzlab qolgan itga yordam bergan kurer ishdan boʻshatildi

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida -20 daraja sovuqda muzlab qolgan, Dodobonya laqabli uysiz itni adyol bilan oʻrab qoʻygan pitsa yetkazib beruvchi kurer ishdan boʻshatildi.

Jahon

27.02.2026, 12:34

Qozogʻistonda osh markazida portlash: 7 kishi halok boʻldi

Qozogʻistonning Oqmoʻla viloyatida 27 fevralga oʻtar kechasi osh markazida gaz portlashi sodir boʻldi. Oqibatda 7 kishi halok boʻldi. 

Jahon

27.02.2026, 12:22

28 fevral kuni noyob astronomik hodisaga guvoh boʻlamiz

28 fevral kuni Quyosh ufqqa botgandan soʻng osmonda noyob manzara — 6 ta sayyora ishtirokidagi sayyoralar paradini kuzatish mumkin boʻladi. Ushbu hodisa 18-20 yilda bir marta sodir boʻladi. 

Fan-texnologiya

27.02.2026, 11:08

1 martdan yangi tartiblar: Oʻzbekistonda qanday oʻzgarishlar kuchga kiradi?

2026 yil 1 martdan mamlakat qonunchiligida qator yangiliklar amalga kiritiladi. Ular raqamlashtirish, biznes, bojxona, qurilish, ijtimoiy soha va ekologiya yoʻnalishlarini qamrab oladi.

Oʻzbekiston

27.02.2026, 10:25

Dunyo mamlakatlari ijtimoiy tarmoqlarga yosh cheklovi qoʻymoqda

“Visual Capitalist” BBC, Reuters va Euro Weekly maʼlumotlariga tayanib, ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh cheklovini joriy etgan yoki muhokama qilayotgan 15 mamlakat hamda AQShning 2 shtati haqida xabar berdi.

Jahon

26.02.2026, 15:11