Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 15:13

Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga xorijlik murabbiy kerakmi?

Dastlab Yoaxim Lyov terma jamoamizni boshqarishi mumkinligi haqida oʻqidik, soʻngra Slaven Bilich nomzodi paydo boʻldi.

Sport

19.07.2025, 08:51

Ulashish:

Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga xorijlik murabbiy kerakmi?

Oxirgi paytlarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga chetdan murabbiy kelishi haqida koʻp gaplar yangrayapti. Championat.asia muxbiri Xayrulla Xoliqov shu mavzuda maqola yozdi. Quyida ushbu maqolani eʼtiboringizga havola qilamiz.

Bugungi axborot asrida biror maʼlumotni bekitish nihoyatda qiyin boʻlib qoldi. Internet sabab koʻp narsani tezroq bilib olyapmiz. Dastlab Yoaxim Lyov terma jamoamizni boshqarishi mumkinligi haqida oʻqidik, soʻngra Slaven Bilich nomzodi paydo boʻldi.

Ikkala mutaxassis ham oʻziga yarasha kuchli va futbol olamida katta obroʻga ega. Masalan, Yoaxim Lyovni olaylik. 65 yoshli murabbiy 2006-2021 yillarda Germaniya milliy terma jamoasini boshqarib, 2008 yil Yevropa chempionatida qatnashgan. Oʻshanda nemislar finalga qadar borib, hal qiluvchi oʻyinda Ispaniyaga 0:1 hisobida yutqazishgandi.

Oradan ikki yil oʻtib Germaniya Lyov qoʻl ostida JARda oʻtkazilgan Jahon chempionatida ishtirok etib, uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Qizigʻi, Germaniya 1/2 finalda yana Ispaniyaga magʻlub boʻlib, 3-oʻrin uchun bahsda Urugvayni 3:2 hisobida magʻlub etgandi. Soʻngra terma jamoa Yevro-2012da qatnashdi va yana 1/2 finalda Italiyaga yutqazib qoʻyadi.

Lyovning shubhasiz eng katta yutugʻi - 2014 yilgi Jahon chempionatida roʻy bergan. "Nemis mashinasi" oʻsha yil finalda Argentinadan 1:0 hisobida ustun kelib Jahon kubogini qoʻlga kiritgandi. Bu yutuq tabiiyki jamoa bosh murabbiyi uchun ulkan sharaf keltirib, Yoaxim Lyov FIFA tomonidan "Yilning eng yaxshi murabbiyi" deb topiladi.

Oradan ikki yil oʻtib Yevropa chempioni boʻlish maqsadida yoʻlga chiqqan Lyov jamoasini bu safar 1/2 finalda Fransiya toʻxtatib qoladi. 2017 yil oʻtkazilgan Konfederatsiyalar Kubogida esa Germaniya yaxshi oʻyin namoyish etib oltin medallarni qoʻlga kiritadi. Musobaqa finalida Lyov shogirdlari Chilini 1:0 hisobida magʻlub etishgandi.

2018 yil Rossiya mezbonlik qilgan Jahon chempionati Lyov uchun uchinchi mundial boʻldi. Lekin bu musobaqa Germaniya uchun juda omadsiz kechib, terma jamoa guruhdan chiqa olmaydi. Jamoa dastlab Meksikaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. Keyinchalik Shvetsiya 2:1 hisobida magʻlub etilgani bilan guruhdagi uchinchi oʻyinda "nemis mashinasi" kutilmaganda Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida yutqazib qoʻyadi. Shu tariqa Germaniya oʻz ishtirokini guruh bosqichida yakunlaydi.

Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokka qaramay, Yoaxim Lyov terma jamoada qolish istagini bildiradi. Ammo natijalar ha deganda oʻnglanmaydi. Germaniya 2020-21 yilgi UYeFA Millatlar Ligasida Ispaniyaga 0:6 hisobi bilan sharmandali tarzda imkoniyatni boy beradi va 1931 yildan buyon davom etgan antirekordni takrorlaydi. 1931 yil Germaniya oʻz maydonida Avstriyaga 0:6 hisobida yutqazib qoʻygan.

Lyov uchun terma jamoadagi oxirgi ish Yevro-2020 musobaqasi boʻldi. Kovid sabab 2021 yilga koʻchirilgan qitʼa birinchiligida Germaniya Angliyaga yutqazib musobaqani tark etadi va shu bilan Lyovning terma jamoadagi 15 yillik missiyasi tugaydi. Hozirgi paytda ushbu mutaxassis ishsiz.

Endi qisman Slaven Bilichga toʻxtalamiz. 56 yoshli xorvatiyalik mutaxassis 2006-2012 yillarda milliy termaga ustozlik qilgan. Aslida Slaven Bilich murabbiylik faoliyatini 2001 yil oʻzining sevimli klubi "Xayluk Split"da boshlagan. Xorvatiya U-21 terma jamoasidagi ishidan soʻng 2006 yilga kelib milliy terma jamoani boshqarish taklifini qabul qiladi. Oʻshanda JCh-2006dagi muvaffaqiyatsiz ishtirok sabab avvalgi murabbiy Zlatko Kranchar isteʼfoga chiqarilgandi.

Bilich uchun 2008 yilgi Yevropa chempionati terma jamoa rulida birinchi katta musobaqa boʻldi. Uning qoʻl ostida xorvatlar chorak finalda Turkiyaga imkoniyatni boy berib musobaqani tark etadi. Toʻrt yildan soʻng oʻtkazilgan navbatdagi qitʼa birinchiligida Xorvatiya guruhda Irlandiya ustidan zafar quchib, Italiya bilan durang oʻynab, Ispaniyaga magʻlub boʻlgan holda musobaqani guruh bosqichida yakunlaydi. Shunday qilib murabbiyning ham terma jamoadagi olti yillik faoliyatiga yakun yasaladi. 

Keyinchalik Slaven Bilich "Lokomotiv" Moskva (2012-13), "Beshiktosh" (2013-15), "Vest Xem" (2015-17), "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni, 2018-19), "Vest Bromvich" (2019-20), "Beyjing Goan" (2021-22), "Uotford" (2022-23) kabi klublarda faoliyat olib bordi. Murabbiyning oxirgi ish joyi Saudiya Arabistonining "Al Fateh" klubi boʻldi. 2024 yil 16 avgust kuni Bilich va "Al Fateh" oʻrtasidagi shartnomaga yakun yasaldi va shundan beri u ham ishsiz.

 

Bu gap haqiqatmi?

Oʻzbekiston terma jamoasiga xorijdan murabbiy qidirilayotgani rostmi? Internetdagi yangiliklarga qarasak, haqiqatga oʻxshaydi. Lekin OʻFA vakilining aytishicha, bu gaplardan mutlaqo bexabar. Shu oʻrinda agar xorijlik murabbiy kelsa, nimalar oʻzgarishini koʻrib chiqamiz.

Birinchidan, kuchli murabbiy kelishi terma jamoamiz imidjiga juda katta taʼsir qiladi. Faraz qiling, Yoaxim Lyov Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu jahon futbol jamoatchiligi uchun ham katta voqea boʻladi. Biz haqimizda nafaqat Osiyo, balki Yevropa gapirishni boshlaydi. Futbolimizga qiziqish ortadi. Futbolchilar ham bunga boshqa nazar bilan qaraydilar. Har holda Yoaxim Lyov - katta shaxs.

Terma jamoamiz kelasi yil Jahon chempionatiga debyutant sifatida boradi. Hozirgi sharoitda bizga nisbatan qanchalik eʼtiborli boʻlishadi, buni bilmaymiz. Har holda yuqori boʻlmasa kerak. Chunki nomdor oʻyinchilarimiz yoʻq. Lekin terma jamoa ruli nomdor murabbiy qoʻlida boʻlsa, tashkilotchilar ham, OAV ham oʻzgacha munosabatda boʻladi. Oʻz paytida Togo terma jamoasi mundialda qatnashganida tarkibda Adebayordan boshqa hech kim boʻlmagani uchun eʼtibor juda kam boʻlgandi.

Terma jamoamizning Jahon chempionatiga chiqishida Srechko Katanets katta hajmdagi ishni bajardi. Keyinchalik Timur Kapadze oxirgi toʻrtta oʻyinda uning ishini muvaffaqiyatli davom ettirdi. Lekin endi yana bir pogʻona yuqoriga qadam tashlash vaqti keldi. Biz Jahon chempionatiga shunchaki ishtirok uchun emas, guruhdan chiqish maqsadida borishimiz kerak va bunga imkoniyatimiz yetarli.

Tarixda ilk bor Jahon chempionati 48ta davlat ishtirokida oʻtkaziladi. Yangi formatdagi Jahon chempionatida jamoalar 4tadan 12 guruhga boʻlinadi. Har bir guruhdan ikkitadan jamoa, shuningdek eng yaxshi koʻrsatkich qayd etgan 8ta 3-oʻrin egalari ham keyingi bosqichga chiqadi. Bu degani biz "muzqaymoq yeyish" uchun bormaymiz.

 

Parijdagi natija

Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi avvalgi yil Olimpiadaga chiqishni ajoyib tarzda uddaladi. Lekin Parijda oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida futbolchilarimiz biz kutgan oʻyinni namoyish qila olishmadi. Gap Ispaniya va Misrdan yengilib, Dominikan Respublikasi bilan durang oʻynaganimizda emas. Gap bir ochko bilan guruhda oxirgi oʻrinni olganimizda ham emas. Gap oradagi tafovutda, biz Osiyo chempionatida boshqacha jamoa edik. Ammo Parijda bu terma jamoa negadir oʻzgarib qoldi. Umuman oʻz oʻyinimizni namoyish eta olmadik.

Bu nimadan darak beradi? Terma jamoamizning kuchi haminqadar darajaga yetib, keyingi pogʻonaga chiqishda oqsoqlanyapmiz. Balki xorijlik kuchli murabbiy hozirgi darajamizdan bitta tepaga koʻtarar. Chunki Jahon chempionatida guruhdan chiqish uchun bemalol kurashsak boʻladi. Hatto uchinchi oʻrinni olgan 8ta jamoa keyingi bosqichga chiqqanidan keyin nega endi kurashmasligimiz kerak?

 

Xulosa oʻrnida

Terma jamoamizning hozirgi bosh murabbiyi Timur Kapadze avvalgi intervyularidan birida shartnomam kuzda tugaydi, undan keyin nima boʻlishini bilmayman degandi. Odatda koʻp federatsiyalar murabbiy vazifani bajarishi bilanoq yangi shartnoma taklif qilishadi. Lekin OʻFA bunday qilishga shoshilmayapti va boshqa rejasi borga oʻxshaydi. Kapadzega haligacha yangi shartnoma taklif qilinmagani OʻFA boshqa murabbiy qidirayotganini anglatadimi? Shunday boʻlishi ham mumkin.

Sport

19.07.2025, 08:51

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

“Karkidon” suv omborida 635 milliard so‘mlik turizm majmuasi qurilmoqda

Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 1-apreldagi qaroriga muvofiq, Quva tumani “Karkidon” suv ombori hududida barpo etilayotgan turizm majmuasi bilan tanishdi. 

Oʻzbekiston

28.04.2026, 12:10

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi

27-aprel kuni Putin Sankt-Peterburgda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Jahon

28.04.2026, 10:47

Polsha va Ukraina birgalikda “dronlar floti”ni yaratadi

“Polsha dronlar floti – bu Yevropa Ittifoqi mablag‘lari, Polsha kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Ukrainaning bevosita jang maydonidagi tajribasining uyg‘unlashuvidir”, – dedi Polsha Bosh vaziri Donald Tusk

Jahon

27.04.2026, 17:45

Isroil prezidenti Qozog‘istonga tashrif buyurdi

Isroil prezidenti Isaak Gersog Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Ostonaga keldi. U Qozog‘istonni “jahon miqyosida ahamiyatga ega mamlakat” deb atadi. 

Jahon

27.04.2026, 16:23

Abbos Aroqchi Ummon sultoni bilan muzokara o‘tkazdi

Abbos Aroqchi Pokistondagi safari davomida birrovga Ummonga tashrif buyurgan. So‘ng yana Islomobodga qaytgan.

Jahon

27.04.2026, 13:04

“Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

2026-yil 1-maydan “10 ming qadam piyoda” tajribasi ham qayta tiklanadi.

Oʻzbekiston

27.04.2026, 12:05

Ajrimlar statistikasi hududlar kesimida farq qilmoqda

2025-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promilleni tashkil etgan. Bu har 1000 ta nikohga o‘rtacha 175 ta ajrim to‘g‘ri kelishini anglatadi.

Oʻzbekiston

27.04.2026, 11:32

Kolumbiyada uyushtirilgan terakt oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

Kolumbiya janubi-g‘arbida, avtomobil yo‘lida yuz bergan bombali hujum oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi va kamida 38 kishi jarohatlandi. Bu kelasi oy bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari oldidan sodir etilgan zo‘ravonlik harakatidir.

Jahon

27.04.2026, 11:03

Banklarda “Sun’iy intellekt maslahatchisi” platformasini ishga tushirish topshirildi

Ayrim tumanlarda 1 milliard so‘m kreditga 20 ta ish o‘rni yaratilyapti, boshqalarida esa atigi 3 ta. Bu nomutanosiblik sun’iy intellekt yordamida hal etiladi.

Oʻzbekiston

25.04.2026, 15:39

Ostona sammiti: Markaziy Osiyo ekologik muammolar bo‘yicha yagona pozitsiya shakllantirmoqda

Markaziy Osiyo yetakchilari ekologiya va barqaror rivojlanish bo‘yicha Ostona deklaratsiyasini qabul qilishdi. Bu esa mintaqa doirasida bioxilma-xillik, iqlim va ifloslanishga qarshi tashabbuslarning shakllanayotganini ko‘rsatadi.

Jahon

25.04.2026, 13:31

SI poygasi: Xitoyning DeepSeek kompaniyasi yangi modellarini taqdim etdi

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoy o‘rtasidagi texnologik ustunlik uchun kurashda hal qiluvchi jabhaga aylanib qoldi. Xitoy yaratgan yangi modellar OpenAI va Google versiyalari bilan teng raqobatlasha oladi.

Fan-texnologiya

24.04.2026, 17:04

O‘zbekiston Gvineya-Bisau va Ruanda bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi

O‘zbekiston diplomatik munosabatlar geografiyasini kengaytirmoqda: ketma-ket ikki davlat — Gvineya-Bisau va Ruanda bilan aloqalar o‘rnatildi.

Siyosat

24.04.2026, 13:49

“Rossiya har oy 30-35 ming askaridan ayrilmoqda” – Zelenskiy

Yevropa Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirib, Ukrainaga 90 milliard dollar yordam paketi jo‘natadi.

Jahon

24.04.2026, 11:05

“RES 2026” sammiti: Shavkat Mirziyoyev ekologik hamkorlik bo‘yicha takliflar bildirdi

Ostona shahri mezbonligidagi 22–24 aprel kunlari bo‘lib o‘tayotgan Mintaqaviy ekologik sammit — “RES 2026” o‘z ishini boshladi.

Oʻzbekiston

22.04.2026, 17:15

Pedagoglarga davlat to‘lovlarida 50 foiz chegirma beriladi (imtiyozlar ro‘yxati)

Pedagoglarga 60 ga yaqin turdagi xizmatlarni ko‘rsatishda belgilangan yig‘im va to‘lovlarga 50 foizi miqdorida imtiyoz qo‘llaniladi. 

Ta'lim

22.04.2026, 16:23

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili migratsiya yo‘llarida 8 000 ga yaqin odam halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.

Jahon

22.04.2026, 11:38

Amudaryo 65% gacha qisqaradi: Markaziy Osiyoda suv tanqisligi keskin oshmoqda

2026-yil yoziga Markaziy Osiyo o‘tgan yillarga nisbatan ancha kam suv zaxiralari bilan kirib kelmoqda. Joriy yil mintaqa uchun suv tanqisligi borasida qanchalik hal qiluvchi davrga aylanadi? Ushbu maqola shu haqda.

Jahon

21.04.2026, 16:58

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi

“Amnesty international” xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilotining yillik hisoboti e’lon qilindi.

Jahon

21.04.2026, 11:26

Ko‘mir narxi oshmadi: taxminlar xato bo‘lib chiqdi

Tahlillarga ko‘ra, ko‘mir asosidagi ishlab chiqarish mart oyida global miqyosda o‘zgarmagan. Aksincha, Xitoydan boshqa mintaqalarda 3,5 foizga kamaygan. Xitoyda esa tabiiy gaz o‘rniga ko‘mirga o‘tish hisobiga 2 foiz o‘sish kuzatilgan.

Jahon

20.04.2026, 14:18

Nemis “gepard”lari Ukrainada ishonchni oqladi

Bir paytlar Germaniya armiyasi tarkibidan chetlashtirilgan “Gepard” o‘ziyurar zenit qurollari bugun Ukrainada eng yaxshi dronlar kushandasiga aylandi.

Jahon

17.04.2026, 15:49

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →