“Crocus City Hall” terakti: sud 15 nafar ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi

Moskvadagi “Crocus City Hall” konsert zalida sodir etilgan terakt boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi. Jinoyat ishi sudda yetti oy davomida koʻrib chiqildi. 

Yakunda harbiy sud hujumni bevosita amalga oshirgan va unga yordam bergan jami 19 nafar shaxsga turli muddatlarda qamoq jazolarini tayinladi.

 

Teraktni amalga oshirganlar

Sud qaroriga koʻra, teraktni bevosita amalga oshirgan toʻrt nafar shaxs — Shamsiddin Fariduni, Dalerjon Mirzoyev, Muhammad Sobir Fayzov va Saidakram Rajabalizoda umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

Tergav maʼlumotlariga koʻra, guruhning asosiy shaxsi deb hisoblangan Fariduni jazoning dastlabki 18 yilini qamoqxonada oʻtaydi. Mirzoyev va Fayzov 17 yil, Rajabalizoda esa 16 yil qamoqxonada saqlanadi. Shuningdek, ularning har biriga 990 ming rubl miqdorida jarima tayinlangan.

 

Teraktga yordam bergan shaxslar

Sud teraktni tayyorlash va amalga oshirishga yordam bergan yana bir qator shaxslarni ham aybdor deb topdi.

  • Umedjon Soliyev — umrbod qamoq. U 12 yil qamoqxonada oʻtirib, qolgan muddatni maxsus tartibli koloniyada oʻtaydi. Shuningdek, unga 2,7 million rubl jarima tayinlangan.
  • Mustakim Soliyev — umrbod qamoq, 10 yil qamoqxonada oʻtirib, qolgan muddatni maxsus koloniyada oʻtaydi.
  • Shahramjon Gʻadoyev — umrbod qamoq, 12 yil qamoqxonada saqlanadi, keyin maxsus koloniyada jaza oʻtaydi.
  • Zubaydullo Ismoilov — ham umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
  • Husayn Hamidov — 10 yil qamoqxonada oʻtirib, keyin maxsus koloniyada jazo oʻtaydi.
  • Muhammad Zoir Sharifzoda, Yoqubjon Yusufzoda, Nazrimada Lutfullai va Husen Medov ham umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Shuningdek, ayrim ayblanuvchilarga turli miqdordagi jarimalar ham tayinlangan.

 

Boshqa ayblanuvchilarga berilgan jazolar

Ayrim ayblanuvchilarga uzoq muddatli qamoq jazolari berildi:

  • Alisher Qosimov — 22 yil 6 oy qamoq jazosi
  • Isroil Islomov — 19 yil 11 oy qamoq
  • Dilovar Islomov va Aminjon Islomov — 19 yil 11 oydan qamoq jazosi

Ular jazoning dastlabki yillarini qamoqxonada, keyin esa qatʼiy tartibli koloniyada oʻtashlari belgilangan.

 

Sud jarayoni qanday oʻtdi?

Sud jarayoni oʻtgan yil avgust oyidan boshlanib, yetti oy davom etdi. Ishni 2-Gʻarbiy harbiy okrug sudi sudyalari — Timur Jidkov, Roman Vladimirov va Aleksey Peshkov koʻrib chiqdi.

Sud majlislari Moskva shahar sudining katta zalida oʻtkazildi. Bu zal taxminan 150 kishiga moʻljallangan boʻlib, Yevropadagi eng yirik sud zallaridan biri hisoblanadi.

Jarayon xavfsizlik sabablari va ish materiallarida davlat sirlariga oid maʼlumotlar mavjudligi tufayli yopiq tarzda oʻtkazildi.

 

Terakt qanday sodir etilgan?

Tergav maʼlumotlariga koʻra, teraktni amalga oshirganlardan tashqari yana 15 nafar shaxs hujumni tayyorlash jarayonida turli yoʻllar bilan yordam bergan.

Masalan, Umedjon Soliyev guruh faoliyatini muvofiqlashtirib turgan va hujumni amalga oshirganlarga qurol yetkazib bergan. Ayrim ayblanuvchilar terroristlarni avtomat qurollar, oʻq-dorilar va pul bilan taʼminlagan.

Shuningdek, ayrim shaxslar terroristlarga uy ijarasi, transport va aloqa vositalari bilan yordam bergani aniqlangan.

“Crocus” teraktidan keyin nima oʻzgardi?

“Crocus City Hall”dagi teraktdan keyin Rossiyada migratsiya siyosatini yanada kuchaytirish masalasi keng muhokama qilindi.

Ichki ishlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, 2024 yilda Rossiyadan 190 ming nafar xorijiy fuqaro maʼmuriy tartibda chiqarib yuborilgan. Bu koʻrsatkich avvalgi yilga nisbatan sezilarli darajada koʻp boʻlgan.

Shuningdek, Davlat Dumasi noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan bir qator qonun oʻzgarishlarini qabul qildi. Yangi qonunlarga koʻra, noqonuniy migratsiyani tashkil etish yoki bu orqali ogʻir jinoyatlar sodir etish 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mavzuga oid yangiliklar

Moskvadagi Crocus City Hall musiqa zalida sodir etilgan terakt qurbonlari soni 137 kishiga yetdi

Bu haqida Rossiya Tergov qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda."Oʻlganlarning shaxsini aniqlash davom etmoqda. Hozirda 137 nafar jasad topilgan. Ulardan uch nafari bolalar. Joyni oʻrganish davom etmoqda. Hozirgacha oltmish ikkita jasadning shaxsi aniqlangan", — deyiladi xabarda.

Jahon

25.03.2024, 09:19

Toshkentda BYD va Li 9 ishtirokidagi YTH boʻyicha sud qarori bekor qilindi

Apellyatsiya sudi ishni qayta koʻrib, materiallar qoʻshimcha tekshiruv uchun tegishli organga yuborildi. Sudga koʻra, ayrim holatlar yetarlicha toʻliq oʻrganilmagan.

Oʻzbekiston

14.02.2026, 14:19

Toshkentda mast holatda operatsiya qilgan soxta jarrohlarga hukm oʻqildi

Toshkentda tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan er-xotin mast holatda plastik operatsiyalar oʻtkazib, bir necha ayolning sogʻligʻiga ogʻir va qaytarib boʻlmas zarar yetkazgan. Sudda maʼlum boʻlishicha, noqonuniy “klinika” yertoʻlada tashkil etilgan, amaliyotlar esa eng arzon materiallar bilan amalga oshirilgan.

Oʻzbekiston

03.02.2026, 15:36

Moskvada millatchilikka qarshi kurashish jamiyati tuzildi

Ushbu harakatning asosiy maqsadi — jinoyatni millat bilan bogʻlash amaliyotiga barham berish, nafrat va haqoratga qarshi turish va bolalar hamda oilalar xavfsizligini himoya qilishdir.

Jahon

20.12.2025, 08:49

Moskva viloyatidagi masjidda OMON reyd oʻtkazdi

Tekshiruv davomida 16 nafar noqonuniy migrant qoʻlga olingan. Shuningdek, 37 nafar harbiy hisobda turmagan shaxs OMON tomonidan harbiy komissariatga olib ketilgan.

Jahon

27.11.2025, 14:24

Terakt sabab Teylor Sviftning konserti bekor boʻldi

Teylor Sviftning konserti terakt sabab bekor boʻldi

Amerikalik estrada yulduzi Teylor Sviftning Venada boʻlib oʻtadigan uchta konserti terakt sabab bekor qilindi. Terak uyushtirishda gumon qilingan shaxslar qoʻlga olingan. Bu haqda "NBC news" nashri maʼlum qildi.

Madaniy

10.08.2024, 11:15

So‘nggi yangiliklar

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi

Shahar chorrahalari yagona sunʼiy intellektli tizimga ulanib, transport oqimini samarali tartibga solish va tirbandliklarni kamaytirish imkoni paydo boʻladi. 

Oʻzbekiston

13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi

JIB Mirobod tumani sudi sudyasi M. Axmedov Abduraxmon Tashanovga nisbatan Respublika Harbiy prokurori tomonidan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish materiallarini rad etdi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 16:56

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan yangi yoʻl oʻtkazgichning bir qismi oʻpirilib tushdi. Hodisa kuchli yomgʻirdan soʻng sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 14:48

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi

Eron tomonidan Isroildagi qurilish obʼektiga berilgan raketa zarbasi oqibatida ikki ishchi - 62 yoshli oʻzbekistonlik Rustam Gʻulomov va 40 yoshli ozarbayjonlik Amid Murtuzov halok boʻldi. 

Jahon

12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?

Eron Ekspertlar kengashi 8 mart kuni Seyid Mojtabo Husayniy Xomanaiyni mamlakatning yangi Oliy rahnamosi etib sayladi.

Jahon

12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda

BAAning Masdar kompaniyasi 2026 yil yanvar oyida Oʻzbekistonda quvvati 1 GVt boʻlgan uzluksiz (24/7) toza energiya loyihasini oʻrganish boʻyicha memorandum imzoladi.

Iqtisodiyot

12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg

Maʼlum qilinishicha, mojaroning dastlabki bosqichida AQSh qanotli raketalar orqali tezkor zarbalar bergan. Biroq ikki haftadan soʻng vaziyat murakkablasha boshlagan.

Jahon

11.03.2026, 16:58