Toshkent xalqaro aeroportida yangi ikki qatorli avtomobillar uchun yoʻlak tashkil etiladi
Birinchi qator faqat turistik avtobuslar va aeroportning rasmiy taksilari, ikkinchisi esa boshqa transportlar uchun boʻladi. Terminal yaqinidagi avtoturargoh sigʻimi kengayadi.
Oʻzbekiston
19.09.2025, 16:27
Ulashish:

Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish terminali va unga tutash hududni rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda. Oʻzgarishlar, birinchi navbatda, yoʻlovchilar va ularni kutib oluvchilar uchun yanada qulay sharoit yaratish, shuningdek, taksi xizmatlari koʻrsatishni tartibga solishga qaratilgan.
Loyihada bino fasadini kengaytirish bilan bir qatorda, qoʻshimcha avtomobillar uchun yoʻl qurish ham koʻzda tutilgan. Birinchi qatordagi (hozirda mavjud) yoʻl faqat turistik avtobuslar va aeroportning rasmiy taksilari kirishi uchun moʻljallangan. Bu yoʻlak faqat premium segmentidagi avtomobillar uchun emas. Bir nechta litsenziyalangan taksi operatorlari kimoshdi savdosi orqali taksi xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega boʻladi. Ular oʻz navbatida yoʻlovchilarga turli narx toifalarida - byudjet, komfort va biznes-klassgacha taksi xizmatlarini taqdim etishi koʻzda tutilgan. Ushbu yondashuv taksi xizmatlari uchun adolatli muhitni yaratishga yordam beradi va yoʻlovchilar uchun sayohatlarni arzonlashtiradi.
Ikkinchi qatordagi avtomobil yoʻlagi esa kutib oluvchilar va taksi agregatorlari avtomobillari uchun ochiq boʻladi. Tirbandliklar oldini olish uchun vaqt chegarasi joriy etiladi: yoʻlakda 10 daqiqadan koʻproq vaqt davomida toʻxtash mumkin boʻlmaydi. Nazoratni amalga oshirish uchun yoʻlakka Ichki ishlar vazirligi tizimi bilan integratsiyalashgan videokuzatuv kameralari oʻrnatiladi. Bu kameralar yoʻlakda turish muddatining oshib ketishini qayd etadi va qoidabuzarga avtomatik ravishda jarima yuboradi. Uchib ketish terminalidagi avtomobillar yoʻlagi ham xuddi shunday tizimda ishlaydi.
"Uchib kelish hududidagi bugungi vaziyatni qoniqarli deb boʻlmaydi: istalgancha tashlab ketilgan avtomobillar, noqonuniy tashuvchilar va doimiy tirbandlik yoʻlovchilar va ularni kutib oluvchilar uchun jiddiy noqulayliklar tugʻdirmoqda. Biz buni tan olamiz va oʻz navbatida vaziyatni yaxshilash uchun barcha choralarni koʻrmoqdamiz. Biz, tartibni tiklash, transport oqimini nazorat qilish va xizmat koʻrsatish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz. Mazkur oʻzgarishlar aeroportning poytaxt aholisi uchun ham, xorijlik mehmonlar uchun ham qulay va xavfsiz boʻlishiga olib keladi”, - deya izoh berdi Uzbekistan Airports kompaniyasi matbuot xizmati.
Rekonstruksiya ishlari aeroport faoliyati toʻxtatilmasdan amalga oshirilayotgani sababli jarayon ikki bosqichga boʻlingan. Birinchi bosqichda joriy yilning oktabr oyi oxiriga qadar avtomobillar yoʻlagi va 330 ta avtomobilga moʻljallangan, jumladan, tez quvvatlantirish shoxobchalari joylashgan avtoturargoh foydalanishga topshiriladi. Ikkinchi bosqichda uchib ketish hamda uchib kelish terminallarini birlashtirish va qurilish texnikasi kirishi uchun qoldirilgan yoʻlak hisobiga kirish yoʻllarini kengaytirish va uzaytirish rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston
19.09.2025, 16:27
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Yangi Toshkent xalqaro aeroportiga metro yoʻli quriladi
Oʻzbekiston
21.10.2025, 13:39

Janubiy Koreya kompaniyasi Toshkentdagi yangi aeroport qurilishida qatnashadi
Oʻzbekiston
17.10.2025, 13:25

Oʻzbekiston yirik aviatsiya xabiga aylanishni maqsad qilgan
Oʻzbekiston
16.10.2025, 10:27

Yaponiya Oʻzbekistonda quriladigan aeroportga 1 mlrd dollar investitsiya kiritadi
Iqtisodiyot
07.10.2025, 16:46

Tayvandagi aeroport eng samimiy aeroport deb topildi
Jahon
06.10.2025, 16:40

Oʻzbekiston havo hududi endilikda UZ kodi bilan belgilanadi
Iqtisodiyot
03.10.2025, 12:08
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
