Yaponiya Oʻzbekistonda quriladigan aeroportga 1 mlrd dollar investitsiya kiritadi
Yaponiyaning mashhur Nikkei Asia jurnali va elektron nashrida Yaponiyaning Sojitz kompaniyasi Oʻzbekistonda yangi aeroport qurish loyihasiga sarmoya kiritishiga bagʻishlangan maqola eʼlon qilindi.
Iqtisodiyot
07.10.2025, 16:46
Ulashish:

Unda qayd etilishicha, Sojitz kompaniyasi bu yil Oʻzbekiston poytaxtida Toshkent shahrida yangi xalqaro aeroport qurishni boshlaydi. Mazkur loyiha kompaniyaning 1 milliard dollarlik infratuzilma investitsiyalari doirasida amalga oshiriladi.
Toshkentdagi aeroport Saudiya Arabistonining Vision Invest kompaniyasi bilan davlat-xususiy sheriklik asosida quriladi. Sojitz loyihaga bir necha oʻn milliard iyena, yaʼni yuzlab million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Shu kunga qadar kompaniya Yaponiyaning Kumamoto va Okinava prefekturalarida hamda Palau orollaridagi xalqaro aeroportlar loyihalarida ishtirok etgan.
"Oʻzbekiston yangi aeroport loyihasini 2025 yil avgust oyida tasdiqladi. Loyihaga koʻra, 2028 yilda ochilishi rejalashtirilgan bu aeroport yiliga 20 million yoʻlovchini qabul qilishi va soatiga 40dan ortiq uchish-qoʻnish harakatlarini amalga oshirishi mumkin. Bu uni Markaziy Osiyoning eng yirik aeroportiga aylantiradi", – deb yozilgan maqolada.
Sojitz shuningdek, Oʻzbekistonda boshqa infratuzilma loyihalarida ham ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Ular Samarqandda Ronesans International turk kompaniyasi bilan hamkorlikda 800 oʻrinli yirik kasalxona, 1 gigavatt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi va 1,6 GVt quvvatga ega issiqlik elektrostansiyasini qurishni rejalashtirmoqda.
Nashrda maʼlum qilinganidek, Oʻzbekiston 37 million aholisi bilan mintaqada eng katta davlat sanaladi va ichki umumiy mahsulotning yillik oʻsishi 6 foizdan yuqori. Chet el investitsiyalari uchun soliq imtiyozlari va boshqa ragʻbatlar mavjud, korporativ soliq stavkasi esa 15 foiz.
"2024 yil oktabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 54 ta yapon kompaniyasi faoliyat yuritadi, bu 2019 yil koʻrsatkichidan ikki barobar koʻp. Sojitz kompaniyasi iyun oyida Toshkentda ilk bor rasmiy ofisini ochdi", – deyilgan nashrda.
Nashrda maʼlum qilinishicha, Yaponiya boshqa kompaniyalari ham Oʻzbekistonda infratuzilma sohasida faoliyat yuritmoqda. "Masalan, Toyota Tsusho oʻz boʻlinmasi Eurus Energy Holdings orqali 500 megavattlik shamol elektr stansiyasi loyihasi uchun maydonni oʻrganmoqda va NEC bilan hamkorlikda data markazlari qurish boʻyicha shartnoma imzoladi. Marubeni BAA kompaniyasi bilan hamkorlikda chiqindi suvlarni tozalash zavodini qurmoqda", – deyilgan manbada.
Nikkei Asia nashrida eʼlon qilingan maqolada "Oʻzbekiston Yaponiya Iqtisodiyot, cavdo va canoat vazirligi bilan mineral resurslar, ayniqsa strategik ahamiyatga ega boʻlgan minerallarni qazib olish hamkorligini kengaytirish boʻyicha muzokara olib bormoqda", – deya Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov fikrlaridan iqtibos keltirilgan.
Iqtisodiyot
07.10.2025, 16:46
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda
Jahon
12.03.2026, 11:38

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Meksika JCh–2026 oʻyinlarini oʻtkaza olmasligi mumkin
Jahon
24.02.2026, 10:39

Oʻzbekistonning davlat qarzi 46,85 mlrd dollarni tashkil etdi
Iqtisodiyot
23.02.2026, 08:10

«Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston – Tojikiston» yoʻnalishi boʻylab ilk yuk poyezdi yoʻlga chiqdi
Iqtisodiyot
20.02.2026, 10:10
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
