Oʻzbekiston yirik aviatsiya xabiga aylanishni maqsad qilgan
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport loyihasi taqdimoti bilan tanishdi hamda mazkur ulkan majmua qurilishi boshlanishiga bagʻishlangan marosimda ishtirok etdi.
Oʻzbekiston
16.10.2025, 10:27
Ulashish:

Izchil taraqqiy etib, ulkan megapolisga aylanayotgan Toshkent shahriga dunyoning turli mintaqalaridan sayyohlaru tadbirkorlar, investoru davlat arboblarining tashrifi koʻpayib bormoqda. Aniq raqamlarda aytadigan boʻlsak, Oʻzbekiston dunyoga keng ochilganidan soʻng xorijiy sayyohlar soni 3 milliondan 10 millionga oshdi. 2030 yilga borib, 15 millionga yetadi.
Yaxshi qoʻshnichilik aloqalarining tiklangani, chegaralarning ochilgani natijasida odamlar uchun mintaqamiz boʻylab bemalol harakat qilish imkoniyati yaratildi.
Davlat rahbari tashabbusi bilan bunyod etilayotgan Yangi Toshkent shahri ham qulay joylashuvi, investitsion jozibadorligi, yashash uchun barcha shart-sharoitlarga egaligi bois, gʻoyat gavjum maskanlardan biri boʻlishi kutilmoqda.
Shunga muvofiq, transport infratuzilmasining barcha yoʻnalishlari mutanosib rivojlantirilmoqda. Ayniqsa, aviatsiya sohasida yangi ekotizimni shakllantirish boʻyicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, hududlardagi 7 ta xalqaro aeroport zamon talablari asosida rekonstruksiya qilinyapti.
Moʻynoq, Qoʻqon, Zomin, Shahrisabz, Sariosiyo va Soʻx tumanlarida yangi aeroportlar barpo etilib, ularning soni 18 taga yetkazildi.
Eng muhimi, sohada raqobat muhiti yaratilgani sababli 15 ta yangi aviakompaniya paydo boʻldi. Ularning aviaparkidagi havo kemalari soni 26 tadan 105 taga yetdi.
Hozirda Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Koreya, Xitoy, Hindiston, Malayziya, Turkiya, Rossiya, Polsha kabi davlatlarning 51 ta aviakompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda.
Davlat rahbari oʻz nutqida kelgusida ham transport infratuzilmasi jadal rivojlantirilishini taʼkidladi.
Jumladan, kelgusi besh yilda aviaparkdagi havo kemalari 180 taga, yoʻnalishlar 230 taga, mahalliy va xalqaro aviaqatnovlar soni esa yiliga 200 mingga yetkaziladi. Aeroport infratuzilmasini xususiy sheriklik asosida rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar izchil davom ettiriladi.
– Ushbu islohotlarimizning pirovard natijasida Oʻzbekistonni Sharq va Gʻarb, Janub va Shimolni bogʻlovchi yirik aviatsiya xabiga aylantirishni maqsad qilganmiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yangi xalqaro aeroport qurilishi bunga katta zamin boʻlishi qayd etildi.
Tahlillarga koʻra soʻnggi sakkiz yilda poytaxtga avia yoʻlovchilar oqimi 3 karra oshib, yiliga 9 millionga yetdi. 2040 yilga borib, 24 milliondan oshadi. Lekin yiliga 11 million odamga xizmat koʻrsatadigan hozirgi aeroport shahar hududida joylashgani uchun uni kengaytirishning imkoniyati yoʻq. Shu bois, sohadagi yetakchi xorijiy ekspertlar va jamoatchilik vakillari bilan muhokama qilinib, Oʻrta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridagi 1 ming 300 gektar maydonda yangi xalqaro aeroport barpo etilmoqda.
Saudiya Arabistonining “Vision Invest”, Yaponiyaning “Sojitz” va Koreyaning “Incheon” kompaniyalari ishtirokidagi xalqaro konsorsium bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyiha 4 bosqichdan iborat boʻlib, birinchi bosqichda 2,5 milliard dollar evaziga aerovokzal hamda aerodrom quriladi. Bu bilan terminallar orqali yiliga 20 million nafar yoʻlovchi va 129 ming tonna yuk oʻtkazish, soatiga 30 ta uchish-qoʻnish operatsiyalarini bajarish, 14 ta teleskopik traplardan foydalanish hamda bir vaqtning oʻzida 62 ta havo kemasini saqlash imkoniyati yaratiladi.
Ushbu aeroport aviatsiya xizmatlari sifatini oshirish, parvozlar xavfsizligini taʼminlash, texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining talablariga toʻliq javob beradi.
Eng ilgʻor aeronavigatsiya va parvozlar xavfsizligini taʼminlash tizimlari oʻrnatilib, har qanday ob-havo sharoitida samolyotlarni qabul qilish mumkin boʻladi.
Yana bir muhim jihati, bu loyiha “yashil” standart tamoyillariga javob beradigan mintaqadagi birinchi aeroport boʻladi. Terminallarda 46 ming kvadrat metrlik “Duty free” zonasi tashkil etiladi.
Yangi aeroportni qurish orqali multimodal transport bogʻlamasi tashkil etiladi. Ushbu hudud Toshkent – Samarqand, Toshkent – Andijon, Toshkent – Boʻstonliq pullik avtomobil yoʻllariga ulanadi. Bu yerda zamonaviy temir yoʻl stansiyasi qurilib, tezyurar poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Poytaxt va Yangi Toshkent markazlari shattl transport xizmatlari orqali bogʻlanadi.
Eng asosiysi, yangi aeroport iqtisodiy jihatdan ham davlat uchun jozibador boʻlib, bu loyiha mamlakatimizga 27 milliard dollardan ortiq daromad keltiradi. Yurtimizda xizmat koʻrsatish, ishlab chiqarish, turizm sohalarining yanada rivojlanishiga, yangi ish oʻrinlarining ochilishiga hissa qoʻshadi.
Davlat rahbari tadbirda ishtirok etayotgan xorijiy hamkorlar, moliya tashkilotlari, turistik kompaniyalar vakillariga minnatdorlik izhor etdi. Yangi aeroportning barpo qilinishida qatnashadigan barcha mutaxassislar, muhandislar va qurilish jamoasiga yuksak ishonch bildirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi Toshkent xalqaro aeroporti poydevoriga kapsula qoʻyib, qurilishini boshlab berdi.
Oʻzbekiston
16.10.2025, 10:27
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni
Oʻzbekiston
04.03.2026, 06:16

Ramazon saxovati: arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etiladi
Madaniy
13.02.2026, 17:31

Endi tank, samolyot va askarlar soniga tayanib gʻalabaga erishib boʻlmaydi — Prezident
Oʻzbekiston
13.01.2026, 17:15

Prezident maktabga qor kechib borayotgan oʻquvchi bilan uchrashdi
Jahon
18.12.2025, 13:14

"Bugun dunyoda 1 milliard 100 million aholi kambagʻallikda umr kechirmoqda" - Mirziyoyev sammitda global muammolarga toʻxtaldi
Jahon
04.11.2025, 15:41

Serbiya prezidenti Oʻzbekistonga keldi
Siyosat
28.10.2025, 11:33
Mashhur yangiliklar

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37
So'nggi yangiliklar

Qamchibek Tashiyev yana bir lavozimni tark etdi
Jahon
16.04.2026, 17:27

Buxoroda “Leapmotor” avtomobillari ishlab chiqariladi
Oʻzbekiston
16.04.2026, 16:23

Eronga muzlatilgan 100 milliard dollarlik aktivlari zarur
Jahon
16.04.2026, 14:58

BBC 2000 tagacha ish o‘rnini qisqartiradi
Jahon
16.04.2026, 10:14

“Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi noqonuniy bannerlar olib tashlandi
Oʻzbekiston
15.04.2026, 17:16

“Ular iqtisodiyotimizni yuksaltiradi” — Ispaniya immigratsiya siyosatini yumshatmoqda
Jahon
15.04.2026, 16:29

Markaziy Osiyo davlatlari YaIMining 130 foizini iqlim xavflari tufayli yo‘qotishi mumkin
Iqtisodiyot
15.04.2026, 11:46

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring
Oʻzbekiston
14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida
Iqtisodiyot
14.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi
Jahon
13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi
Fan-texnologiya
11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda
Madaniy
11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti
Siyosat
11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz
Jahon
10.04.2026, 12:32

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni
Jahon
07.04.2026, 10:23

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Magnus Karlsen: Sindarovning natijasini hech kim kutmagandi
Sport
06.04.2026, 13:50
Mashhur yangiliklar

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37
