Tramp Eronni soʻzsiz taslim boʻlishga chaqirdi – NYT
AQSh prezidenti Donalʼd Tramp ijtimoiy tarmoqlarda Eronning oliy rahbarini oʻldirish ehtimolini tilga olib, Eronga “soʻzsiz taslim boʻlish”ga chaqirdi. Bu AQShning Isroil bilan birga urushga kirishishi mumkinligidan dalolat beradi. Bu haqda "The New York Times" xabar qildi.
Jahon
18.06.2025, 00:53
Ulashish:

Qayd etilishicha, prezident Donalʼd Tramp 17 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Eronni soʻzsiz taslim boʻlishga chaqirib, Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy oʻldirilishiga ishora qildi. U shuningdek, Isroilning Eronga qilgan harakatlariga nisbatan "biz" degan soʻzdan foydalangan. Tahlilchilarga koʻra, bu AQShning Isroil va Eron oʻrtasidagi urushga qoʻshilishi mumkin;ligiga ochiq ishora.
Avvalroq katta nashrlar Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga oliy rahnamo Xomanaynini oʻldirmaslikni aytgani haqida xabarlarni chop qilgan edi.
Nashrning yozishicha, Trampning Eronga nisbatan bunday bayonotlari Isroilning Oq uyga bosim oʻtkazib, Eronning yadroviy dasturini toʻxtatish uchun AQShdan harbiy aralashuvni soʻrayotgan bir paytda yangradi. Tramp ilgari xorijdagi urushlarga aralashishga qarshi chiqqan va Eron bilan muzokaralar yoʻli orqali kelishuvga erishmoqchi ekanini aytgan edi.
Shuningdek, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQShdan Eronning "Fordo" yadro inshootiga oʻzining eng yirik yerosti bombalarini tashlashni soʻramoqda. "Fordo" yadro markazi yer ostida joylashgan va Isroilda bu darajadagi zarbani amalga oshira oladigan bomba yoki samolyot mavjud emas.
"Biz Xomaneyi aynan qayerda yashirinayotganini bilamiz. Lekin biz uni (hozircha) oʻldirmaymiz", – degan Tramp oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi postida.
Tramp Isroilning havo ustunligini tilga olib, bu ustunlik "amerikalik texnologiyalar" yordamida taʼminlanganini aytib biz hozir Eron ustidan toʻliq havo nazoratiga ega ekanligini maʼlum qilgan. "The New Yokr Times"ga koʻra Tramp "biz" degani u oʻzini Isroilning urush harakatlariga sherik sifatida koʻrsatgan.
Avvalroq Tramp jurnalistlarga "otashkesim emas, undan-da yaxshiroq narsa" istayotganini aytdi — yaʼni "haqiqiy yakun, oddiy otashkesim emas". Air Force One samolyotida bergan izohida u Tehron yadro qurolidan butunlay voz kechmaguncha kelishuv haqida gaplashmoqchi emasligini bildirgan.
"Hozir muzokaralar kayfiyatida emasman", — degan u.
Seshanba kuni Eron poytaxti Tehron va gʻarbiy hududlarida hujumlar sodir boʻldi. Isroil armiyasi vakili, brigada generali Effi Defrin televidenie orqali chiqishida Eron hali ham jiddiy zarar yetkazish quvvatiga ega ekanligini aytgan.
Tehrondan ommaviy qochishlar:
Isroil harbiylari shimoli-sharqiy Tehrondagi katta hududni boʻshatish haqida koʻrsatma bergach, shahardan evakuatsiyalar kuchaydi. Harbiylar bu hududda "harbiy infratuzilma"ni nishonga olishlarini aytishgan.
Eron generali:
Isroil, Eronning eng yirik harbiy qoʻmondoni – general-mayor Ali Shadmani havo hujumida oʻldirilganini bildirdi. U bundan atigi toʻrt kun oldin boshqa bir zarbada halok boʻlgan generaldan oʻrin olgan edi. Eron bu oʻlimni rasman tasdiqlamagan, biroq mamlakat harbiy rahbariyati Isroil zarbalari bilan jiddiy yoʻqotishlarga uchragani aniq.
Natanz yadroviy inshooti:
BMT yadroviy kuzatuv agentligining seshanba kungi sunʼiy yoʻldosh suratlariga koʻra, Isroil zarbalari Natanzdagi yerosti uran boyitish markaziga “bevosita zarba” bergan. Bu jiddiy zarar borligini bildiradi va avvalgi taxminlardan sezilarli darajada kuchliroq oqibatlarni koʻrsatadi.
Internet uzilishi:
Eron boʻylab internet xizmatlari jiddiy buzilishlarga uchramoqda. Mahalliy aholi va tahlilchilarga koʻra, hukumat zarbalar haqida maʼlumotlar tarqalishini cheklash, shuningdek, Isroil tomonidan ehtimoliy kiberhujumlardan ehtiyot boʻlish maqsadida internetni cheklagan boʻlishi mumkin.
Jahon
18.06.2025, 00:53
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda
Siyosat
11.07.2025, 12:20

Afgʻoniston Yaqin Sharq geosiyosiy shaxmat taxtasida
Jahon
01.07.2025, 13:07

Tramp Erondagi vaziyat boʻyicha xabar bergan nashrlarni sudga bermoqchi
Jahon
27.06.2025, 14:37

Soʻz elchixonaga: Bunday urushlarning barchasiga AQSh va Isroil aybdor
Siyosat
25.06.2025, 13:18

Eron yadro dasturini himoya qila oldimi?
Jahon
25.06.2025, 11:07

Isroil erta tongda Eronning Qum shahriga hujum qildi
Jahon
21.06.2025, 10:59
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
