updated: 22.03.2026, 18:01

Soʻz elchixonaga: Bunday urushlarning barchasiga AQSh va Isroil aybdor

Joriy yilning 13 iyun kuni Isroil Eronga qarshi "Koʻtarilayotgan sher" nomli harbiy operatsiyasini boshlagan edi. Shundan soʻng Yaqin Sharqda Isroil-Eron urushi avj oldi. Bu urushga AQShning qoʻshilishi esa mavjud muammolarni yanada chigallashtirdi.

Ulashish:

Kecha, 24 iyun kuni Eron Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi mamlakat pozitsiyasini bildirish uchun oʻzbekistonlik jurnalistlar bilan matbuot anjumani uyushtirildi.

 

Jurnalistlar bilan Eron Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi muvaqqat ishlari boʻyicha masʼul vakili Husayn Parvarish suhbatlashdi. Elchixona rasmiysi mavjud real vaziyatdagi Oʻzbekiston pozitsiyasi va Eronni qoʻllab-quvvatlagan Oʻzbekiston xalqiga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. 

"Keyingi 10-12 kun davomida biz mana shu, birinchidan, sionistik rejim rejimning bosh vaziri rahbarligida va bevosita Amerika Qoʻshma Shtatlari hamda boshqa uning ittifoqchilari qoʻllab-quvvatlovida amalga oshirilgan judayam yirik tajovuzning xalqaro huquq, qonun-qoidalari va normalarini, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining qoʻpol ravishda buzilish holatlarining guvohi boʻldik", — dedi Husayn Parvarish.

 

Unga koʻra, Eron uranni boyitish va sanksiyalardan chiqish boʻyicha muzokaralar olib borayotgan bir vaqtda AQSh Eronning Fordo, Isfaxon va Natanz hududlarini bombardimon qilgan.

 

Elchixona rasmiysining aytishicha, Isroilning bu xatti-harakati xalqaro qonun-qoidalarga zid. Jumladan, BMT Nizomining 2-moddasi toʻrtinchi bandiga qarshi keladigan bir xatti-harakat hisoblanadi.

Foto: Paradigma.uz. Eron Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi muvaqqat ishlari boʻyicha masʼul vakili Husayn Parvarish.

"Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 51-moddasiga asosan, yaʼni ushbu moddada, barcha mustaqil davlatlarning oʻz-oʻzini mudofaa qilish, oʻzini-oʻzini himoya qilish huquqi aniq-tiniq belgilab qoʻyilgan. Mana shu moddaga asoslangan holda, Eron oʻzining barcha harbiy qudratidan foydalangan holda, oʻzini ushbu tajovuzdan himoya qilishga kirishdi", — dedi u.

 

Bundan tashqari, Isroil raketalari, Isroil aviatsiyasi Eron Islom Respublikasi hududini nishonga olayotgan, uni bombardimon qilayotgan bir holatda ham, Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi boshchiligidagi vakillar Jeneva shahrida Yevropaning uchta davlati bilan bevosita Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat boʻyicha masʼul shaxsi va Islom hamkorlik tashkilotining tegishli masʼullari ishtirokida muzokaralar olib borayotgan payti Amerika Qoʻshma Shtatlari Eronga hujumni amalga oshirdi va hujum davomida Eron Islom Respublikasining Fordo, Natanz va Isfaxon shaharlarida joylashgan yadro energetikasi inshootlariga zarbalar berildi.

Foto: Paradigma.uz. Eron Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi muvaqqat ishlari boʻyicha masʼul vakili Husayn Parvarish.

 

Elchixona rasmiysiga koʻra, Eron hech qachon yadro qurolini qoʻlga kiritishga harakat qilmagan. Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanyni mamlakatning yadro quroliga ega boʻlishi boʻyicha taqiq qoʻygan.

 

"Eron Islom Respublikasi oʻsha yadro qurollarini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnomaning bir aʼzosi sifatida tinch maqsadlardagi yadro energetikasidan foydalanish, jumladan tibbiyotda, qishloq xoʻjaligida, ilm-fan, ishlab chiqarish va sanoatning turli yoʻnalishlarida, yadro energetikasidan foydalanishga boʻlgan huquqini oʻzida saqlab qoladi va hech qachon ushbu huquqidan voz kechishni rejalashtirmayapti", — dedi u.

Husayn Parvarishga koʻra, Isroil Eron yadro quroliga ega boʻlishga harakat qilmayotganini yaxshi biladi. Isroil  oʻzlarining Nildan Furotgacha degan bir gʻoyasini amalga oshirish uchun aynan mana shu Eron yadro qurolini qoʻlga kiritishga harakat qilyapti degan bahona bilan Eronga qarshi hujum qilmoqda.

 

Shuningdek, u AQSh prezidenti Donald Tramp ham Eronning harbiy qudratini toʻliq hisobga olmay turib Eron Islom Respublikasiga hujum qilgan va keyinchalik Eronning harbiy qudrati ular oʻylaganchalik zaif emasligini bilishgani haqida soʻz ochdi.

 

"Mana shu sharoitda Yevropa davlatlarining, demak, ushbu mojaroga nisbatan tutgan pozitsiyasi oʻta ham mantiqsiz, chunki bular hujumga uchrab turgan Eron Islom Respublikasidan oʻzini tutib turishni soʻrashyapti. Hatto buni eshitishning oʻzi judayam kulgili gap. Eron Islom Respublikasi bundan buyon mana shu mojaro bilan bogʻliq ravishda dunyoning qaysi nuqtasida, qanaqa shaklda, qanaqa koʻrinishda boʻlishidan qatʼi nazar, amalga yuz beradigan barcha hodisalar uchun, barcha javobgarlikni Amerika Qoʻshma Shtatlari va sionistik rejim yelkasiga yuklaydi",  — dedi Eron Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi muvaqqat ishlari boʻyicha masʼul vakili Husayn Parvarish.

 

 

Mavzuga oid yangiliklar

Eron yadro dasturini himoya qila oldimi?

Eron yadro dasturini himoya qila oldimi?

Isroil Erondagi bir qancha yer usti nishonlarini jiddiy shikastladi, AQSh esa yer ostidagi yadro inshootlarini vayron qilganini daʼvo qilmoqda. Sunʼiy yoʻldosh tasvirlari raketalar nishonga tekkanligini koʻrsatadi, biroq vayron qilingan hududlar va yadro obʼektlarini tasdiqlovchi mustaqil dalillar hozircha yoʻq.

Jahon

25.06.2025, 11:07

Isroil erta tongda Eronning Qum shahriga hujum qildi

Isroil erta tongda Eronning Qum shahriga hujum qildi

Bugun, 21 iyun kuni Isroil Eronning markaziy Qum shahrida turar-joy binosiga uyushtirilgan zarba oqibatida toʻrt kishi yaralangan, ikki kishi halok boʻlgan. Bu haqda CNN xabar berdi.

Jahon

21.06.2025, 10:59

AQSh maxfiy xizmatlari Eronning atom bombasini yaratish boʻyicha hali qaror qabul qilmaganini aytmoqda — NYT

AQSh maxfiy xizmatlari Eronning atom bombasini yaratish boʻyicha hali qaror qabul qilmaganini aytmoqda — NYT

Agar AQSh Eronning uranni boyitishning asosiy markazlariga hujum qilsa yoki Isroil Eronnning oliy rahbarini oʻldirsa, Eron yadro qurolini ishlab chiqarishga oʻtishi ehtimoli oshadi. Bu haqda "The New York”Times" yozmoqda.

Jahon

20.06.2025, 13:21

G7 Fully Supports Israel – Media Reports

G7 toʻliq Isroilni qoʻllab-quvvatlaydi — OAV

Kecha, 16 iyun kuni G7 (Katta Yettilik) davlatlari birgalikda Isroilni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini hamda Eronni Yaqin Sharqdagi beqarorlik manbai sifatida koʻrishini maʼlum qildi. Shuningdek, G7 davlatlari ikki mamlakat oʻrtasidagi mojaroni yumshatishga chaqirdi. Bu haqda "Reuters" axborot agentligi maʼlum qildi.

Jahon

17.06.2025, 14:44

Isroil Eronga qarshi zabar berdi. Eron ham Isroilga qarshi dronlar orqali hujum qildi. AQSh kim tomonda?

Bugun, 13 iyunga oʻtar kechasi Isroil harbiy-havo kuchlari Eronga "Koʻtarilayotgan sarslon" nomli harbiy operatsiyasini amalga oshirdi. Operatsiya oqibatida Eronning uchta katta uning elita Inqilobiy Gvardiyasi korpusi rahbari va sobiq milliy xavfsizlik boshligʻi halok boʻldi.

Jahon

13.06.2025, 14:43

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg

Maʼlum qilinishicha, mojaroning dastlabki bosqichida AQSh qanotli raketalar orqali tezkor zarbalar bergan. Biroq ikki haftadan soʻng vaziyat murakkablasha boshlagan.

Jahon

11.03.2026, 16:58

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45