“Transport vazirligi turizm rivojiga yetarli darajada hissa qoʻshmayapti” – Alisher Qodirov
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbariga koʻra, turistik shaharlarga xohlagan paytda samolyotda keta olish imkoni yoʻq, chunki har kunlik reys mavjud emas.
Oʻzbekiston
09.09.2025, 10:07
Ulashish:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yigʻilishida fraksiya aʼzolari dastlab davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2025 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosini muhokama qildilar.
Deputatlar partiya dasturiy vazifalaridan kelib chiqqan holda taʼlim-tarbiya, darsliklar, madaniy meros va turizm masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar. Jumladan, taʼlimga ajratilgan mablagʻlar yetarlicha oʻzlashtirilmagani masalasi koʻtarildi. Masalan, joriy oʻquv yili boshlanganiga qaramay, darsliklar uchun ajratilgan mablagʻning atigi 75 foizi oʻzlashtirilgan. Bu esa umumtaʼlim maktablarida darsliklar bilan bogʻliq muammolarni yuzaga keltirishi shubhasiz.
Bundan tashqari, bogʻchalarni kitob va qoʻllanmalar bilan taʼminlash masalasiga toʻxtalib oʻtildi. Qayd etilganidek, mamlakatimizda yetti mingga yaqin davlat bogʻchalari bor. Ammo ular uchun chop etilayotgan kitoblar nusxasi 1000 nusxadan oshmayapti. Fraksiya aʼzolari bolalarda kitob oʻqish koʻnikmasi bogʻchadan boshlanishini taʼkidlab, bu borada vazirlik bolalarbop kitob va didaktik qoʻllanmalarni nashr etish va MTTlarga yetkazib berishi zarurligini qayd etdilar.
Shuningdek, fraksiya rahbari Alisher Qodirov Transport vazirligi mutasaddilariga "Uzbekistan Airways" AJ aviakompaniyasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish, chiptalarni bemalol sotib olish imkonini yaratish, turizm rivojiga hissa qoʻshish borasida qanday choralar koʻrilayotgani haqida izoh soʻradi:
— Qachon samolyot va poyezdlarimizga bemalol chipta sotib olish imkoni boʻladi? Samolyotlar soni qachon koʻpaytiriladi? Yurtimizning tarixiy va turistik shaharlariga sayyohlar kelyapti, ammo buning uchun infratuzilma yetarli emas. Turistik shaharlarimizga xohlagan paytda samolyotda keta olish imkoni yoʻq, chunki har kunlik reys mavjud emas. Yoʻlovchi oqimi koʻp, ammo sharoit yetarli emas. Transport vazirligi turizm rivojiga yetarli darajada hissa qoʻshmayapti. Bu borada uzoq yilga moʻljallangan strategiyasi ham mavjudligiga shubhamiz bor.
Bundan tashqari, ayrim turistik obʼektlarga olib boradigan transport yoʻllarining ahvoli abgor holatda. Masalan, koʻp ming yillik tarixga ega Sarmishsoyga boradigan yoʻl achinarli. Bu kabi muammolarni bartaraf etish turizm imkoniyatlarimizni yanada oshiradi. Buning uchun Turizm qoʻmitasi ham tashabbuskor boʻlishi lozim, — dedi fraksiya rahbari.
Shuningdek, yigʻilishda Madaniy meros agentligiga ajratilgan mablagʻlarning 59 foizi oʻzlashtirilgani, muzeylar moddiy-texnik bazasini yaxshilash uchun oʻzlashtirilgan mablagʻ esa atigi 18 foizni tashkil qilgani aytilib, agentlik vakillaridan izoh soʻraldi.
Muhokamalarda koʻtarilgan barcha savollar boʻyicha tegishli mutasaddilarning javoblari tinglandi. Byudjet ijrosida samaradorlikni taʼminlash, sohalardagi muammolarni hal etishda mablagʻlardan maqsadli foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Oʻzbekiston
09.09.2025, 10:07
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Yangi yil bayrami munosabati bilan chegirmalar joriy etiladi
Madaniy
23.12.2025, 09:09

Turizm uchun olib kirilgan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar bojdan ozod etiladi
Iqtisodiyot
21.11.2025, 17:44

Toshkent 2026 yilda Osiyoning sayyohlik uchun eng yaxshi manzillari roʻyxatiga kiritildi
Oʻzbekiston
06.11.2025, 09:26

Toshkentga 9 oyda xorijdan qancha sayyoh keldi?
Oʻzbekiston
17.10.2025, 18:25

Shohimardonga vertolyot qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Iqtisodiyot
19.08.2025, 10:29

Oʻzbekiston boʻylab gastronomik sayohatlarni rejalashtirish uchun raqamli yechim taklif etildi
Fan-texnologiya
17.08.2025, 18:23
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 16:56

“Crocus City Hall” terakti: sud 15 nafar ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
Jahon
12.03.2026, 15:15

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 14:48

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi
Jahon
12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda
Jahon
12.03.2026, 11:38

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?
Jahon
12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda
Iqtisodiyot
12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg
Jahon
11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi
Fan-texnologiya
11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi
Jahon
11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi
Jahon
11.03.2026, 11:48
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
