Bolalar maydonchasi oʻrniga "dom" qurilmoqda
Fargʻona shahrining Mustaqillik koʻchasida joylashgan bolalar maydonchasiga tadbirkor "dom" qurmoqchi. Bunga qarshi chiqqan mahalliy aholiga dastlab pul taklif qilingan soʻngra, "obonchi" ayollar hamda begonalar tomonidan qoʻrqitilib ularga bosim qilinib kelinmoqda.
Oʻzbekiston
16.05.2025, 17:10
Ulashish:

Foto: Kun.uz
Eng qiziq joyi shundagi qurilish boshlangan maydonda qoʻshni domning kanalizatsiya va gaz tarmogʻi joylashgan.
Mahalliy aholi Anvarjon Qodirovning aytishicha, qilinayotgan mazkur ishlar qurilish talabiga umuman javob bermaydi. "Dom" tagidan esa kotlovan qazishga tushgan, ularning dardini eshitadigan tashkilot yoʻq.
Garchi mazkur qurilish joyiga Prokuror yordamchisi kelib aholiga hammasini hal qilamiz, deyishiga qaramasdan hech nima oʻzgarmagan. Quruvchilar yana bilganini qilishmoqda.
"Quruvchilar kelib, qoʻlimizda hujjatimiz bor, qarorimiz joyida deydi. Kadastr boshliqlari ham negadir quruvchi tomonda. Qarshilik qilsak bizga pul taklif qilishyapti", degan Anvarjon Qodirov.
Boshqa bir fuqaro Luiza Kapadezining aytishicha, mahalliy aholining qarshilik qilganini koʻrib quruvchi "obonchi"larni ularga qarshi harakatga keltirgan. Mahalla, prokuratura, arxitektura barcha tashkilotlarning quruvchiga gapi oʻtmayapti.
Fuqaro Syuzanna Xolmirzayevaning aytishicha, quruvchi koʻcha ayollarini olib kelib, qayerda ishlashlarini surishtirib, ularga nisbatan tahdidga oʻtishgan.
Pul olmadilaringizmi, endi boshqachasiga gaplashamiz, deya. Qayerda ishlaysan, nima qilishni bilamiz, har qadamingni oʻylab bosinglar deyishdi. Qoʻlimizdan hech narsa kelmayapti. Boshimiz qotgan, degan Syuzanna Xolmirzayeva.
Mahalliy aholi Raʼno Shokirovaning aytishicha, fuqarolar tadbirkorga bolalarimiz qayerda oʻynaydi deb savol berishsa, tadbirkor bu yerda oʻynatma bolangni, men uy quraman deb javob bergan.
"Asfaltlarimizni buzib oʻtib ketishdi. Endi qayta qilishimiz kerak. Bizga birortasi kelib yordam bermaydi. Mahalla fondimiz bor, shundan qayta asfalt qilamiz-da endi. Tadbirkor kelib, shu yerga uy qurmoqchi.
Mana bugun kelib qurilishini boshlashdi, kotlovan qazishni boshlaganda uylarimiz "zirillab" ketdi. Domning yonida kanalizatsiya bor, ustini kovlab tashlashdi. U yerdan gaz quvuri ham oʻtgan. Gazni ham, kanalizatsiyani ham hisobga olmayapti. Bolalar qayerda oʻynashadi endi desak, bu yerda oʻynatma bolangni, uy quraman-da deyapti.
Hokimiyatdan kelgan vakillarga tushuntirdik, quruvchiga tushuntirdik, lekin ular biz tanimaydigan, umuman boshqa koʻchadagi koʻcha bolalarini, barzangi ayollarini olib kelib, bizga bosim oʻtkazishni boshlashdi. Xohlagan joyingga murojaat qil, biz bu yerga baribir dom quramiz deyapti", degan Raʼno Shokirova.
Mazkur hududga kelgan Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy komunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi Bunyod Xamraliyev ushbu nizoli hudud hozirda oʻrganilayotganligini aytdi.
Unga koʻra, qurilishga oid huquqiy hujjatlar oʻrganilib chiqilgunga qadar dom qurilib boʻlgan. Hozirda rasmiylashtirilgan barcha hujjatlar huquqiy holati qayta oʻrganilib chiqilayotganini maʼlum qildi.
Fargʻona shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Bekzod Mahmudovning maʼlum qilishicha, qurilish nazorat inspeksiyasi tomonidan jamoatchilik ekspertizasidan shaffof holatda oʻtish toʻgʻrisida qayta ogohlantirish xati berilib, qurilish ishlari vaqtincha toʻxtatilgan.
Oʻzbekiston
16.05.2025, 17:10
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Toshkent shahri uchun “Noqonuniy qurilish” maxsus Telegram-boti ishga tushdi
Oʻzbekiston
19.08.2026, 12:03

Fargʻonada noqonuniy saqlanayotgan yuzlab gaz ballonlari topildi
Oʻzbekiston
23.10.2024, 12:20
Mashhur yangiliklar

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
18.09.2026, 15:25
So'nggi yangiliklar

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz
Jahon
14.10.2026, 15:25

Kolumbiya nikohsiz tug‘ilishlar ulushi bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylandi
Jahon
14.10.2026, 15:12

Honda elektromobillarni simsiz quvvatlash tizimini ishlab chiqmoqda
Fan-texnologiya
14.10.2026, 12:28

Qozog‘iston Tengizdagi avariya sababli 6 mln tonna neft qazib ololmadi
Iqtisodiyot
14.10.2026, 12:22

Rossiyada migrantlar uchun majburiy imtihon bekor qilinishi mumkin
Siyosat
13.10.2026, 17:06

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Ozarbayjonda maktab formasi qoidalariga qarshi noroziliklarda 37 kishi hibsga olindi
Jahon
13.10.2026, 11:48

Aholining banklar oldidagi qarzdorligi 10,6% ga oshdi
Iqtisodiyot
13.10.2026, 11:02

O‘zbekistonda XI Yevropa kino festivali bo‘lib o‘tadi
Madaniy
13.10.2026, 10:26

Yangi Toshkent uchun qancha yer maydoni ajratiladi?
Oʻzbekiston
12.10.2026, 17:00

Eng norozi avlod
Madaniy
12.10.2026, 10:05

Banklar kredit qarzi uchun kartadagi barcha pulni yechib ololmaydi
Iqtisodiyot
10.10.2026, 10:48

O‘zbekistonliklar qaysi ijtimoiy tarmoqda, qachon va nima uchun vaqt o‘tkazmoqda?
Oʻzbekiston
09.10.2026, 17:40

O‘zbekiston MDHga raislik qiladi: sammit Buxoroda o‘tkaziladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 17:08

Ar-Riyod aeroportiga uyushtirilgan hujumlarda 3 nafar Qirollik fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon
09.10.2026, 16:12

Paypoqqa yashirilgan 64 ming dollar fosh boʻldi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 14:48

MrBeast Toshkentga keladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 09:32

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

“Men sakkizta urushni to‘xtatdim” – Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ekanini aytdi
Jahon
08.10.2026, 17:49
Mashhur yangiliklar

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
18.09.2026, 15:25
