Kredit rasmiylashtirish bilan bogʻliq firibgarlik 42 foizga oshdi — Ombudsman
2024 yilda kredit rasmiylashtirishga oid firibgarlik holatlari 42 foizga oshgani aniqlandi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) xabar berdi.
Oʻzbekiston
28.01.2025, 11:18
Ulashish:

Kredit rasmiylashtirish bilan bogʻliq firibgarlik 42 foizga oshdi — Ombudsman
Unga koʻra, Ombudsmanga fuqarolardan iqtisodiy huquqqa oid 6 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 9 foizi firibgarlik holatlari bilan bogʻliq boʻlgan.
Fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari asosida turli tijorat banklaridan kredit ajratish holatlari sezilarli darajada koʻpaygan. 2023 yilda shunday murojaatlar soni 110 tani tashkil qilgan boʻlsa, 2024 yilda bu raqam 42 foizga oshgan.
Murojaatlarning 60 foizida oʻzini "Click" kompaniyasi yoki Markaziy bank xodimi sifatida tanishtirgan shaxslar fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlaridan foydalangan holda, onlayn kreditlar rasmiylashtirgan. Ayrim holatlarda esa bir shaxs nomiga 5-6 ta tijorat banklaridan kreditlar olingan.
"Ushbu murojaatlar yuzasidan Ichki ishlar organlari tergovchilari tomonidan tijorat banklariga ushbu fuqarolar kredit mablagʻlaridan oʻzlari foydalanmaganligi hamda fuqaroviy daʼvogar deb topilganligi, shuningdek, aybdor shaxslar topilguniga qadar kredit qarzdorligi hamda unga foizlar hisoblashni toʻxtatib turish yuzasidan topshiriqlar yuborilgan", deyiladi Ombudsman tomonidan berilgan xabarda.
Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, 2024 yilda firibgarlik yoʻli bilan fuqarolar nomiga onlayn kredit ajratish orqali 463 ta holatda qariyb 15 mlrd soʻm miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.
Bir narsani yodda tutish zarurki, axborot texnologiyalar rivojlangan sari, yangidan-yangi aldov va firib berish usullari ham oʻylab topilmoqda. Axborot xavfsizligini taʼminlash va firibgarlik holatlaridan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarga rioya qilish tavsiya etiladi:
— Pasport maʼlumotlari, bank kartalari raqami va PIN-kod kabi shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga oshkor qilmang.
— Shaxsiy maʼlumotlaringizni ijtimoiy tarmoqlarda yoki nomaʼlum shaxslarga yuborishdan saqlaning.
—Telefonga kelgan tasdiqlov kodlari, parollar yoki bank ilovalariga kirish maʼlumotlarini hech kimga aytmang.
— Ijtimoiy tarmoqlar yoki elektron pochta orqali kelgan notanish fayllar, hujjatlar yoki havolalarni yuklab olmang. Ular virus yoki zararli dastur boʻlishi mumkin.
— Notanish raqamlar, xususan chet el raqamlaridan kelgan qoʻngʻiroqlar va videoqoʻngʻiroqlarga javob bermang.
— Agar kimdir oʻzini bank xodimi yoki boshqa tashkilot vakili sifatida tanishtirsa, ularning shaxsini tasdiqlash uchun rasmiy kanallar orqali maʼlumot oling.
Oʻzbekiston
28.01.2025, 11:18
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Varshavada inson huquqlari bo'yicha yirik xalqaro konferensiya o'tkazilmoqda
Jahon
07.10.2026, 17:42

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38

O‘tgan yili 124 nafardan ortiq ekologiya himoyachisi o‘ldirilgan
Jahon
18.09.2026, 15:10
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi
Oʻzbekiston
22.09.2026, 11:18

Shaxmatchilarga beriladigan mukofotlar oshiriladi
Iqtisodiyot
23.09.2026, 11:52
So'nggi yangiliklar

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi
Iqtisodiyot
20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda
Oʻzbekiston
19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 09:41

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?
Iqtisodiyot
17.10.2026, 15:32

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12

Netanyaxu oʻrnini kim egallaydi?
Siyosat
17.10.2026, 10:37

Ikkinchi jahon urushida Germaniya nega yengildi?
Madaniy
16.10.2026, 15:13

"Green Card 2027" rasman ochiladi
Jahon
15.10.2026, 17:54

Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sekinlashadi: O‘zbekistonda holat qanday?
Iqtisodiyot
15.10.2026, 17:15

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi
Oʻzbekiston
22.09.2026, 11:18

Shaxmatchilarga beriladigan mukofotlar oshiriladi
Iqtisodiyot
23.09.2026, 11:52
