updated: 22.03.2026, 14:29

Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olishning ikkinchi bosqichi boshlanadi

Oʻzbekistonda aholini va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning ikkinchi bosqichi 4 fevraldan 28 fevralgacha oʻtkaziladi. Bu bosqich onlayn roʻyxatdan oʻta olmagan yoki anketa toʻldirishda xatolarga yoʻl qoʻygan fuqarolar uchun tashkil etilmoqda.

Ulashish:

Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olishning ikkinchi bosqichi boshlanadi

Bu bosqichda mahalla vakillari aholi uylarini aylanib chiqib, maʼlumotlarni planshetlar orqali elektron tizimga kiritadi.

Roʻyxatga olish jarayoniga 55 mingdan ortiq maxsus oʻqitilgan xodim jalb qilingan. Har bir mahalla vakilida shaxsini tasdiqlovchi beydj boʻladi. Beydjdagi QR-kodni skaner qilish orqali uning haqiqiyligini tekshirish mumkin.

Fuqarolarda savollar tugʻilgan taqdirda 1851 qisqa raqamli call-markazga murojaat qilishlari mumkin.

Maʼlumotlarga koʻra, barcha shaxsiy maʼlumotlar himoyalangan boʻlib, faqat statistik maqsadlarda foydalaniladi.

Eslatib oʻtamiz, aholini roʻyxatga olishning birinchi bosqichi 15–31 yanvar kunlari census.stat.uz portali orqali oʻtkazilgan. Ushbu davrda 30 milliondan ortiq fuqaro onlayn roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, bu mamlakatdagi xoʻjaliklarning 82,3 foizini tashkil etgan.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →