Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda

Sönggi 15 yilda Özbekistonda qayd etilgan nikohlar soni qariyb 9 foizga kamaydi, ajralişlar soni 2,6 baravardan köproq oşdi. Mamlakat aholisi esa şu davrda 34 foizga köpaygan

Ulashish:

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda

Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2010-yilda Özbekistonda 292 286 ta nikoh va 17 794 ta ajraliş qayd etilgan. 2025-yilga kelib nikohlar soni 267 126 taga tuşgan, ajralişlar soni esa 46 914 taga yetgan.

2026-yil yanvar–sentyabr oylarida mamlakatda 172 mingta nikoh va 36,8 mingta ajraliş qayd etilgan. 2025-yilning şu davriga nisbatan nikohlar soni kamaygan, ajralişlar soni esa oşgan.

 

Nikohlar sönggi yillarda kamaydi

2018-yilda mamlakatda 311 379 ta nikoh qayd etilib, eng yuqori körsatkiçiga erişilgan. Şundan keyin nikohlar soni ayrim yillarda ösiş kuzatilganiga qaramay, umumiy hisobda pasayib borgan.

2020-yilda 296 751 ta nikoh qayd etilgan. 2021-yilda bu körsatkiç 305 211 taga kötarilgan, biroq keyingi yillarda yana kamaygan. 2025-yilda 267 126 ta nikoh qayd etildi. Bu 2024-yilga nisbatan 1,7 foiz, 2018-yildagi eng yuqori körsatkiçga nisbatan esa 14,2 foiz kam.

Umuman, 2010-yil bilan taqqoslaganda, 2025-yilda qayd etilgan nikohlar soni 25 160 taga yoki 8,6 foizga kamaygan.

2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 172 mingta nikoh qayd etildi. 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida bu körsatkiç 177 017 tani taşkil etgan. Demak, bir xil davrlarni taqqoslaganda, nikohlar soni qariyb 2,8 foizga ozaygan.

 

Aholi köpaymoqda, nikohlar esa aksincha...

Nikohlar sonidagi özgarişni baholaşda aholi ösişini ham hisobga oliş muhim.

Mamlakatning doimiy aholisi 2010-yilda 28 million kişini taşkil etgan. 2020-yilda bu körsatkiç 33,9 millionga, 2023-yilda 36 millionga, 2025-yilda esa 37,5 million kişiga yetgan. 2026-yil 1-oktabr holatiga köra, aholi soni 39,5 million kişidan ortiq.

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi

Şunday qilib, 2010-yildan 2025-yilgaça Özbekiston aholisi qariyb 34 foizga köpaygan. Şu davrda qayd etilgan nikohlar soni esa 8,6 foizga kamaydi.

Aholi soniga nisbatan hisoblaganda, 2010-yilda har 1 000 kişiga taxminan 10,4 ta nikoh töğri kelgan bölsa, 2025-yilda bu körsatkiç 7,1 taga tuşgan. Demak, aholi soni ösib borayotganiga qaramay, nikohlarning umumiy soni ham, aholi soniga nisbati ham kamaydi.

 

Ajralişlar soni 2,6 baravar  oşdi

Ajralişlar dinamikasi nikohlarnikidan farq qiladi. 2010-yilda 17 794 ta ajraliş qayd etilgan bölsa, 2015-yilda bu raqam 29 647 taga, 2018-yilda esa 32 326 taga yetgan.

2021-yildan boşlab ajralişlar soni oşişni boşladi. Öşa yili 39 349 ta ajraliş kuzatilgan. 2022-yilda bu körsatkiç 48 733 taga kötarildi, 2023-yilda esa 49 198 taga yetib, 2010–2025-yillar oraliğidagi eng yuqori natijani qayd etdi.

2024-yilda ajralişlar soni 45 135 tani, 2025-yilda esa 46 914 tani taşkil etdi.

2010-yil bilan taqqoslaganda, 2025-yilda ajralişlar soni 2,6 baravardan köproq oşgan.

2026-yil yanvar–sentyabr oylarida 36,8 mingta ajraliş qayd etilgan. 2025-yilning şu davrida bu körsatkiç qariyb 35,4 mingta bölgan. Şunday qilib, joriy yilning dastlabki töqqiz oyida ajralişlar soni taxminan 4 foizga ösgan.

 

Har 100 ta nikohga neçta ajraliş töğri keladi?

2010-yilda har 100 ta qayd etilgan nikohga taxminan 6,1 ta ajraliş töğri kelgan. 2015-yilda bu körsatkiç 10,3 taga, 2020-yilda 9,5 taga yetgan. 2023-yilda 17,3 tani, 2025-yilda esa 17,6 tani taşkil etgan.

2026-yilning dastlabki töqqiz oyida har 100 ta nikohga qariyb 21,4 ta ajraliş töğri kelgan.

 

Hududlar böyiça vaziyat (2025)

2025-yilda eng köp nikoh Samarqand viloyatida qayd etilgan — 31 730 ta. Keyingi örinlarda Qaşqadaryo viloyati (28 915 ta) va Farğona viloyati (28 896 ta) turadi.

Ajralişlar soni böyiça esa Toşkent şahri birinçi örinda: 2025-yilda poytaxtda 6 112 ta ajraliş qayd etilgan. Andijon viloyatida bu raqam 4 981 tani, Farğona viloyatida 4 893 tani, Samarqand viloyatida esa 4 802 tani taşkil etgan.

Albatta hududlardagi nikoh va ajralişlar sonini bevosita taqqoslaşda aholi soni va hududlarning demografik holat muhim.

 

Xulosa

2010–2025-yillar statistikasi Özbekistonda nikohlar va ajralişlar soni qarama-qarşi yönalişda özgarganini körsatadi. Şu davrda mamlakat aholisi qariyb 34 foizga köpaygan bir paytda nikohlar soni 8,6 foizga kamaygan, ajralişlar soni esa oşgan. Har 1 000 kişiga töğri keladigan nikohlar soni 10,4 tadan 7,1 tagaça tuşgan, ajralişlar esa 0,64 tadan 1,25 tagaça kötarilgan.

2026-yilning dastlabki töqqiz oyi bu tendensiyaning davom etayotganini körsatadi: ötgan yilning şu davriga nisbatan nikohlar soni qariyb 2,8 foizga kamaygan, ajralişlar soni esa taxminan 4 foizga oşgan.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin

Özbekistonda 27-oktyabrdan Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş imkoniyati paydo böldi. Ammo hozirça HUMO va Uzcard röyxatga kiritilmagan.

Oʻzbekiston

27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama

AQŞda Kongress ustidan nazoratni belgilaydigan 3-noyabr kungi saylovlar arafasida sobiq prezident Barak Obama demokratlar kampaniyasiga qöşilib, Tramp siyosatini masxara qildi.

Jahon

26.10.2026, 15:54

AI tasvir

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?

Abdurahmon Taşanov mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etdi, biroq söz erkinligi, sud-tergov tizimi va blogerlarga nisbatan jinoiy işler yuzasidan xavotir bildirdi.

Oʻzbekiston

26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi

Islom moliyasiga muvofiqlashtirish kengashi (IFCB) Iman Invest bilan hamkorlikni to‘xtatib, kompaniyada bir necha million dollarlik kamomad yuzaga kelgani va shariat mezonlariga zid operatsiyalar aniqlanganini bildirdi. Iman Invest rahbariyati esa ayblovlarni rad etib, Mahmud Usmon bilan kelishmovchilik uning oylik to‘lovlarini kamaytirish va kompaniya aksiyalaridan ulush berishni rad etish ortidan boshlanganini da’vo qilmoqda.

Oʻzbekiston

26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi

Bundan 10 yillar oldin dunyoning eng maşhur futbolçilarini öz safiga çorlagan Xitoy futboli qanday qilib moliyaviy inqirozga yuz tutdi?

Sport

26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?

Kredit olish ilinjida firma ochish yoki ERI kalitini vositachiga ishonib topshirish yillar davom etadigan moliyaviy va huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Vositachi pulni olib ketadi, javobgarlik esa sizning zimmangizda qoladi.

Iqtisodiyot

24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi

 Namanganda 35 tonna asal bir joyga jamlandi. “Afsonalar vodiysi” bogʻida V Xalqaro asal festivali oçildi. 

Oʻzbekiston

24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?

Saudiya Arabistoni o‘n yildan ortiq vaqtdan beri Yamandagi husiylarga qarshi kurashib keladi, biroq amerikancha qurollar va katta harbiy byudjet g‘alabani ta’minlay olmadi. Yaqinda tuzilgan Makka bitimi urush taqdirini o‘zgartira oladimi? 

Siyosat

24.10.2026, 11:06

Rasm SIda yaratilgan

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?

Nasiya savdosi Özbekistonda tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Biroq mahsulotni oyma-oy tölaş har doim ham arzon yoki foydali tanlov degani emas. 

Iqtisodiyot

24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi

Yevropaning 10 davlatida suratga olingan filmlar Toşkent va Urgançda tomoşabinlarga taqdim etiladi. Festival dasturida animatsiyadan tortib, psixologik dramalargaça bölgan turli janrdagi kartinalar bor.

Madaniy

23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp

AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Yevropadan yuz ögirişi mumkinligini yana bir bor ta’kidladi. Biroq uşbu qaror amalda qanday qadamlarni anglatişini aniq tuşuntirmadi.

Siyosat

23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor

Ukraina, Rossiya va AQSh vakillari muzokara guruhlari darajasida uçraşişi mumkin. Uçraşuv sanasi hozirça aniq emas. Ukraina öt oçişni töxtatiş, energetika sohasidagi sulh va gumanitar taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyor.

Siyosat

22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış

Qozoğistonda harbiy islohot doirasida muddatli harbiy xizmatni ikki bosqiçda taşkil etiş va uçuvisiz tizimlar qöşinlarini şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Endi harbiy xizmatçilar xavfsizligini ta’minlaş va ularning huquqlarini himoya qiliş çoralari kuçaytiriladi.

Jahon

22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi

Fransiyadagi voqealar musulmonlar va immigratsiyaga qarshi siyosiy ritorikani yana kun tartibiga olib chiqdi. Tramp Makronni chegaralarni yopishga chaqirgan bo‘lsa, Netanyahu Fransiyani keskin tanqid qildi.

Jahon

21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?

Samarqanddagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 12 milliard dollarlik kelishuvlar tuzildi. Ammo bu kelishuvlarning qanchasi amalda bajarilishi hozircha noma’lum.

Iqtisodiyot

21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi.

Ta'lim

21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?

Qozog‘istonda rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. Jambil viloyati politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ijrochi mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan.

Madaniy

21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi

Abyei mintaqasidagi bozor yaqinida yoqilg'i omboriga dron zarbasi berilib, yong'in kelib chiqqan. BMT hujumlarni qoraladi.

Jahon

21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi

Nima sababdan ular Novosibirsk viloyatidan chiqarib yuborildi?

Oʻzbekiston

21.10.2026, 10:58

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →