Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida narkotik moddalar savdosiga chek qoʻyildi
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda internet tarmogʻi orqali sintetik narkotiklar savdosi bilan shugʻullanuvchi jinoiy guruhning faol aʼzosi qoʻlga olindi.
Oʻzbekiston
29.08.2025, 12:25
Ulashish:

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati odimlari tomonidan Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, internet tarmogʻi orqali sintetik narkotiklar savdosi bilan shugʻullanuvchi jinoiy guruhning faol aʼzosi qoʻlga olindi.
Xususan, oldindan kuzatuvga olingan, Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, 2002 y.t. shaxs oʻzining “Spark” rusumli avtomashinasida narkoguruh tashkilotchilari tomonidan berilgan topshiriqqa koʻra, Toshkent tumaniga borib, muqaddam narkokurʼerlar tomonidan dala maydonidagi xufiya joyga yashirib qoʻyilgan 4 kg 300 gr “alfa-PVP” moddasini qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Taʼkidlash lozimki, mazkur shaxs Toshkent shahridagi xususiy oliy taʼlim muassasasining 3-kurs talabasi hisoblanadi.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Hozirda, tergov harakatlari doirasida uning jinoiy sheriklarini aniqlash va tergovga jalb qilish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Respublika miqyosida oʻtkazilayotgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” profilaktik tadbirlari doirasida Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida istiqomat qiluvchi, 2001 y.t. fuqaro oʻz akasining nomida boʻlgan, paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalikning 20 sotix yer maydonida juda koʻp miqdorda giyohvandlik vositalari yetishtirish bilan shugʻullanayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot olindi.
Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur yer maydonidan jami 247 tup kannabis oʻsimligi va 27 kg 708 gr marixuana ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda Oʻrtachirchiq tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Boʻka-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan, Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanida yashovchi, 1970 y.t., sobiq ichki ishlar xodimi boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina toʻxtatildi.
Avtotransport vositasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, unda – 1975 y.t. Qozogʻiston Respublikasi fuqarosi va Boʻka tumanida yashovchi, 1989 y.t. shaxs ketayotganligi maʼlum boʻlib, mashinaning orqa oʻrindigʻi ortida 979 gr “gashish” moddasi borligi aniqlandi.
Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy sheriklari boʻlgan Bekobod tumanida yashovchi, 1989 y.t. va 2001 y.t. 2 nafar fuqaro ushlanib, ulardan ham 437 gr “gashish” moddasi olindi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa Yangiobod MFYda istiqomat qiluvchi, 1988 y.t., muqaddam sudlangan shaxs va “Birlik” mahallasida yashovchi, 1996 y.t. fuqaro qoʻlga olinib, ulardan 976 gr marixuana olindi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʻzbekiston
29.08.2025, 12:25
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

"Pikovit" - Pivovit nomi bilan chiqarilgan. Namanganda qalbaki dori vositalari fosh etildi
Siyosat
01.11.2025, 11:31

DXX: Toshkent viloyatida prokuratura xodimlari 25 ming dollar bilan ushlandi
Oʻzbekiston
09.10.2025, 13:21

Toshkentda soxta DXX va PA xodimi 3,5 yilga qamaldi
Oʻzbekiston
07.10.2025, 15:43

Tojikistondan olib kelingan 66 kg narkotik moddalar toʻxtatib qolindi
Oʻzbekiston
24.09.2025, 11:01

Samarqand viloyatida narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi
Oʻzbekiston
10.09.2025, 10:02

DXXga ishga kiritishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Oʻzbekiston
06.09.2025, 21:30
Mashhur yangiliklar

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
