Namanganda 8 yoshli bola yuk mashinasi urishi oqibatida halok boʻldi

Joriy yilning 22 sentabr kuni Namangan viloyatida 40 yoshli yuk mashinasi  haydovchisi velosipeddagi 8 yoshli bolani urib yubordi. Bu haqda "Bu kun" dasturida xabar berildi

Dasturga koʻra, YTH viloyatning Uychi tumani "Objuvoz" mahallasida soat 12:30 lar atrofida yuz bergan. Mazkur mahallaning Diyor koʻchasi boʻylab GAZ-53 rusumli yuk mashinasida harakatlanib kelayotgan haydovchi oʻzidan oldinda harakatlanayotgan 8 yoshli velosipedchini payqamay qolishi oqibatida uni urib yuborgan. 

Buning oqibatida bola bosh miya yopiq shikastlanishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Biroq unga koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.  

"Yosh bola yoʻl chetida velosiped haydab ketayotganini koʻrdim. Ammo u birdan katta yoʻlga chiqib kelishini oʻylamagandim. Tormoz berishga ulgurmadim. Barchadan yoʻl harakati qoidalariga amal qilishni soʻrab qolardim",  deydi haydovchi.

"Gazeta.uz" nashriga koʻra, yuqoridagi holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam oʻlimiga sabab boʻlgan Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.  

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 5 oktabr kuni Samarqand viloyati Narpay tumanida ham "Damas" mashinasi yoʻlda harakatlanib ketayotganda yoʻlning belgilanmagan joyidan yugurib chiqqan ayolni urib yuborgandi. Oqibatda ogʻir tan jarohatlari olgan ayol tuman shifoxonasida vafot etgan edi

Oʻzbekiston

19.10.2024, 11:05

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev “Kambagʻallikdan farovonlik sari” mavzusidagi III xalqaro forumning ochilish marosimida nutq soʻzladi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namanganda oʻtkazilgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” mavzusidagi III xalqaro forumning ochilish marosimida nutq soʻzlab, bugungi kunda dunyoda 800 milliondan oshiq aholi kambagʻallikda yashayotganini taʼkidladi.

Oʻzbekiston

18.09.2025, 11:02

2030 yilga borib, Oʻzbekistonda mutlaq kambagʻallikka toʻliq barham berish imkoniyati bor

Namangan shahrida 17 sentabr kuni “Kambagʻallikdan farovonlik sari” III xalqaro forumi boshlandi. Anjumanning ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq soʻzladi. 

Oʻzbekiston

17.09.2025, 15:38

Namanganda natijadorlikni yanada oshirish vazifalari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 sentabr kuni Uychi tumanida Namangan viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Oʻzbekiston

17.09.2025, 10:48

Norin daryosida “birinchi milliy GES” ishga tushirildi

Oʻtgan yili 25 mart kuni davlat rahbari Namangan viloyatida yangi elektr stansiyalari qurilishini boshlab bergan edi. Kuni kecha ulardan biri – Norin GESlar kaskadining dastlabki bosqichi ishga tushdi.

Oʻzbekiston

17.09.2025, 10:39

Shoʻrariq mahallasi oʻzgaradi: atrofdagi 5 ta mahalla uchun markazga aylanadi

Namangan viloyatiga tashrifi chogʻida Shavkat Mirziyoyev Norin tumanidagi Shoʻrariq mahallasiga kirdi. Mahallaning sharoiti ogʻir. Ichki yoʻllar taʼmirtalab, koʻcha chiroqlari va lotoklar yoʻq. Bu yerda 5 mingdan ziyod aholi yashaydi. 62 ta kambagʻal oila, 118 nafar ishsiz bor, 157 odam migratsiyada.

Oʻzbekiston

17.09.2025, 10:26

Shavkat Mirziyoyev “Fishvel Norin” korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Norin tumanida baliqchilik rivojlangani yana bir yoʻnalishni vujudga keltirdi – korxona yonida zamonaviy restoran ham barpo etildi. Unda baliqdan turli xil taomlar tayyorlanib, mehmonlarga taklif qilinadi.

Iqtisodiyot

17.09.2025, 10:15

So‘nggi yangiliklar

Chiqindilarni olib ketish xizmatida yangi toʻlov tizimi joriy etildi

Endi isteʼmolchilar faqat amalda koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlov qiladi, barcha hisob-kitoblar esa onlayn tizim orqali yuritiladi.

Iqtisodiyot

22.02.2026, 14:36

Mubashshir Ahmad «Sangorod»ga oʻtkazildi

Navoiy viloyatida jazo muddatini oʻtayotgan Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov 20 fevral kuni Toshkent shahriga olib kelindi.

Oʻzbekiston

22.02.2026, 11:17

Xitoyning sunʼiy intellekt dasturlari senzura bosimi ostidami?

Xitoyning sunʼiy intellekt (SI) chat-botlari koʻpincha siyosiy savollarga javob berishdan bosh tortadi yoki rasmiy davlat pozitsiyasini takrorlaydi.

Fan-texnologiya

22.02.2026, 09:08

Oksford bilan hamkorlik: Yangi Oʻzbekiston universiteti xalqaro maydonga chiqmoqda

Yangi Oʻzbekiston universitetida Oksford universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Oxford Hub platformasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ta'lim

21.02.2026, 14:12

Texnikum oʻquvchilariga ham stipendiya toʻlanadi

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab texnikumlarda stipendiya toʻlash amaliyoti joriy etiladi.

Ta'lim

21.02.2026, 13:49

Britaniya qirolining ukasi qoʻlga olindi

Charlz IIIning ukasi - shahzoda Endryu 19 fevral kuni, 66 yoshga toʻlgan kuni qoʻlga olindi. U bir kun hibsda saqlanib, keyinchalik «tergov ostida» sharti bilan ozod etildi. 

Jahon

21.02.2026, 13:28

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi

Oʻzbekistonda oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi)ga ega boʻlgan pedagoglar uchun uy-joy sotib olishda davlat tomonidan ipoteka subsidiyasi ajratiladi. 

Iqtisodiyot

21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi

Saudiya Arabistoni 2026 yilgi Haj mavsumi oldidan Umra ziyoratiga oid muhim cheklov va muddatlarni rasman eʼlon qildi.

Madaniy

21.02.2026, 11:01

Rossiya OAVlari Mirziyoyev samolyotini “AQSh harbiy samalyoti” deb talqin qildi

Rossiyaning ayrim Telegram kanallari va qator yirik OAVlari AQShdan uchib kelgan “nomaʼlum Boeing 787” Rossiya havo hududiga kirgani haqida xabar tarqatdi.

Oʻzbekiston

21.02.2026, 10:19

Oʻzbekistonda 4 ming km magistral yoʻl avtobanga aylantiriladi

Yirik magistral yoʻllarni xalqaro talablarga javob beradigan avtobanlarga aylantirish vazifasi 2026 yilgi davlat dasturiga kiritildi. 

Oʻzbekiston

21.02.2026, 10:07

Gʻazo uchun qaysi davlat qanday yordam beradi?

19 fevral kuni Vashingtonda AQSh Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan Tinchlik kengashining ilk yigʻilishida yetakchilar Gʻazo boʻyicha oʻz yordam takliflarini bildirishdi.

Jahon

21.02.2026, 07:37

Yevropa razvedkasi: aslida Rossiya tinchlik kelishuvini istamaydi

Ikkinchi razvedka boshligʻining aytishicha, aslida Kreml yaqin orada tinchlik kelishuvini xohlamaydi, bunga ehtiyoji ham yoʻq. Uning iqtisodiyoti tanazzul yoqasida emas.

Jahon

20.02.2026, 16:29