2030 yilga borib, Oʻzbekistonda mutlaq kambagʻallikka toʻliq barham berish imkoniyati bor

Namangan shahrida 17 sentabr kuni “Kambagʻallikdan farovonlik sari” III xalqaro forumi boshlandi. Anjumanning ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq soʻzladi. 

Ulashish:

Shavkat Mirziyoyev dunyoda kuzatilayotgan geosiyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy beqarorlik, iqlim oʻzgarishlari taʼsirida global iqtisodiy oʻsish sekinlashgani, oqibatda kambagʻal aholi soni oshganiga eʼtibor qaratdi. Bu holat barcha davlatlar, xalqaro tashkilotlar, umuman, dunyo hamjamiyati oldiga yangi va dolzarb vazifalarni qoʻyayotgani taʼkidlandi.

Shunday murakkab davrda Oʻzbekistonda kambagʻallikka qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Barcha saʼy-harakatlar har bir inson, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarga oʻz salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun sharoit yaratish va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi.

Yangilangan Konstitutsiyamizda pensiyalar, nafaqalar va ijtimoiy yordam miqdori eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlmasligi belgilab qoʻyildi.

Izchil islohotlar tufayli 7,5 million aholi kambagʻallikdan chiqarilib, 2024 yilda bu koʻrsatkich 8,9 foizga tushirildi. Yil yakunigacha kambagʻallik darajasini 6 foizgacha kamaytirish maqsad qilingan.

Oʻtgan davrda Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2 karra oʻsgani bunda muhim omil boʻldi. Shu yil yakuni bilan aholi jon boshiga daromad 3,5 ming dollarga yetishi kutilmoqda. 

Yangi tashabbus va tajribalarni sinovdan oʻtkazib, dunyodagi ijobiy yutuqlarni oʻrganib, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha Yangi Oʻzbekiston modeli yaratildi.

Avvalo, manzilli ijtimoiy daftarlar joriy etilib, barcha ehtiyojmand oilalar qamrab olindi. Pandemiya davrida bepul dori-darmon, ijtimoiy nafaqalar uchun jami 8 milliard dollarlik mablagʻ va imtiyozlar berildi. Natijada 5 million 200 ming nafar odamning “kambagʻallik qopqoni”ga tushib qolishi hamda iqtisodiy retsessiyaning oldi olindi.

Jamiyatning eng quyi boʻgʻinigacha tushib, “mahallabay” ishlash tizimi yoʻlga qoʻyildi. Har bir xonadon, har bir oila bilan individual reja asosida ishlab, daromadini oshirish uchun yetarli resurs ajratildi.

Mahallalarni obod qilish, odamlar hayotini yaxshilash va tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga har yili 2,5-3 milliard dollar yoʻnaltirilmoqda.

Qishloq aholisini daromadli qilish uchun 235 ming gektar paxta va gʻalla maydoni qisqartirilib, odamlarga 30-50 sotixdan ajratib berildi. Bu 800 ming insonning daromadini oshirishda muhim qadam boʻldi.

– Bunday keng koʻlamli saʼy-harakatlarimiz hisobiga Oʻzbekiston 2030 yilga qadar kambagʻallikni 2 karra qisqartirish boʻyicha olgan majburiyatini barvaqt bajarishga harakat qilyapti. Shularni inobatga olib, bugun yangi, yanada yuqori marrani belgilab olishga tayyormiz. 2030 yilga borib, xalqaro mezonlarga koʻra, Oʻzbekistonda mutlaq kambagʻallikka toʻliq barham berishga barcha imkoniyatimiz bor va biz buni, albatta, uddalaymiz, – dedi Prezidentimiz.

Davlat rahbari “Kambagʻallikdan – farovonlik sari” dasturining mazmun-mohiyatiga ham toʻxtaldi. Bu dastur yettita ustuvor yoʻnalishni qamrab olgan.

Eng avvalo, kambagʻal aholini shunchaki ishga joylashtirish emas, balki doimiy ish oʻrinlarini koʻpaytirib, odamlar barqaror daromad manbasiga ega boʻlishi uchun sharoit yaratilmoqda.

Faol investitsiya siyosati tufayli shu yilning oʻzida 35 milliard dollar sarmoya evaziga 9 mingdan ortiq yangi korxona, 300 mingga yaqin yuqori daromadli ish oʻrni tashkil etilmoqda.

Davlat biznesga sharoit yaratib beryapti, tadbirkorlar esa oʻziga ijtimoiy masʼuliyat olib, ehtiyojmand aholini ishli va daromadli qilishda koʻmakchi boʻlmoqda. Shunday samarali hamkorlik tufayli joriy yilning oʻzida 270 mingdan ziyod kambagʻal oila aʼzosi doimiy ishli boʻlgan.

Ikkinchidan, sifatli taʼlim inson kapitalini rivojlantirish, uzoq muddatli istiqbolda kambagʻallikni qisqartirishning asosiy “drayveri” boʻlib qoladi.

Xususan, kambagʻal oila bolalarini maktabgacha taʼlim bilan toʻliq qamrab olish uchun barcha sharoit yaratiladi. Bunday oilalar farzandlari uchun xorijiy til va kasb-hunar oʻrganishga ketadigan xarajatlarning 80 foizi qoplab beriladi.

Soʻnggi besh yilda 800 mingdan ziyod aholi zamonaviy kasblarga oʻqitilib, yuqori daromadli ishlarga joylashtirilgan. Endi Kasbga tayyorlash xalqaro markazlari tashkil etilib, ularning bitiruvchilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar berish yoʻlga qoʻyiladi.

Uchinchidan, xotin-qizlarni jamiyatning faol aʼzosiga aylantirish alohida eʼtiborda boʻladi. Shu bois, talaba qizlarga foizsiz kredit ajratish, magistraturada bepul taʼlim olish imkoniyati yaratildi. Bugun talabalarning 53 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda. shu yilning oʻzida 1 million 700 ming ayol ishli boʻlgan.

Buni davom ettirib, “Raqamli avlod qizlari” dasturi doirasida 50 ming nafar qizlar axborot texnologiyalari, fintex va sunʼiy intellektga oʻqitiladi.

Joriy yil ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash uchun 1,5 milliard dollar ajratildi. Kelasi yili yana 2 million ayolni doimiy daromadli qilish choralari koʻriladi.

Toʻrtinchidan, inson salomatligi muhofaza qilinib, uning imkoniyatlari toʻlaqonli yuzaga chiqarilmoqda. Jumladan, 140 ming kambagʻal oilaga shifokor biriktirilib, ular yiliga bir marta toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda.

Endi kafolatlangan tibbiy xizmatlar koʻpaytirilib, kambagʻal oilalarning bunga sarf qiladigan xarajati 2 karra qisqartiriladi. Bunda ularga bepul dori va kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi taqdim etiladi.

Beshinchidan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan manzilli ishlash yoʻlga qoʻyildi. Mazkur tizim tubdan isloh qilinib, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi. Har bir tuman va shaharda 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlarni “bir darcha” tamoyili asosida koʻrsatadigan “Inson” markazlari ochildi. Har bir mahallada ijtimoiy xodim aholi bilan proaktiv ishlamoqda.

Shu yilning oʻzida 2 million 700 ming aholiga ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatildi. Ayniqsa, kambagʻal oilalarning parvarishga muhtoj aʼzolariga yangi ijtimoiy xizmatlar yoʻlga qoʻyilgani 50 ming nafar mehnatga layoqatli aholi uchun ishlash imkonini yaratdi.

Ijtimoiy xizmatlar sifati va qamrovini oshirish maqsadida Jahon banki bilan 100 million dollarlik loyiha boshlandi. Imkoniyati cheklangan bolalarni maktab va kasbiy taʼlim bilan qamrab olish uchun alohida dasturlar amalga oshirilmoqda.

Oltinchidan, hududlarda infratuzilmani yaxshilash, odamlarga yashash uchun qulay sharoit yaratish – koʻp oʻlchovli kambagʻallikni qisqartirishda muhim qadam boʻladi.

Shu maqsadda qariyb 3,5 million aholi yashaydigan sharoiti ogʻir mingta mahallada infratuzilma yaxshilanmoqda. Kelasi yil mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, ish oʻrinlarini koʻpaytirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga yana 400 million dollar ajratiladi. Bunda 32 ta tuman va 328 ta ogʻir mahalla tanlanib, ularni rivojlantirish boʻyicha alohida dastur qabul qilinadi.

Shuningdek, 810 ta mahallada suv, kanalizatsiya, yoʻl, maktab va bogʻcha qurish boʻyicha 1,3 milliard dollarlik loyihalar amalga oshiriladi.

Uy-joyga muhtoj va daromadi past aholiga ipoteka tizimidan foydalanish uchun har yili 200 million dollar subsidiya ajratiladi.

Yettinchidan, davlat xarajatlarining 70 foizdan ortigʻi aynan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun sarflanmoqda.

Shu bilan birga, global miqyosda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun rivojlanayotgan davlatlarga yiliga 4 trillion dollardan ziyod mablagʻ zarur.

Bunday sharoitda xavf-xatarlarni obʼektiv baholash, moliyaviy resurslarni jalb qilish, ularning samaradorligini oshirish boʻyicha “kambagʻallikka qarshi kurashning yangi moliyaviy arxitekturasi”ga ehtiyoj sezilmoqda.

Ushbu masalalarga yechim topish maqsadida 2026 yilda Xiva shahrida xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar va hamkor davlatlar ishtirokida konferensiya oʻtkazilishi aytildi.

Forumda Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad al-Jassir, Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Inmin Yang, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bosh vitse-prezidenti Sachiko Imoto, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Kaxa Imnadze, Jahon bankining kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha global direktori Luis Felipe Lopez-Kalva ishtirok etdi. Umuman, anjumanda 200 ga yaqin xalqaro ekspertlar qatnashdi.

Tadbir doirasidagi sessiyalarda kambagʻallikni qisqartirishda bozor talablari, islom moliyasining imkoniyatlari, biznes inklyuzivligi, inson kapitaliga sarmoya mavzularida innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi.

Forum 18 sentabr kuni yakunlanadi.

Oʻzbekiston

17.09.2025, 15:38

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev “Kambagʻallikdan farovonlik sari” mavzusidagi III xalqaro forumning ochilish marosimida nutq soʻzladi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namanganda oʻtkazilgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” mavzusidagi III xalqaro forumning ochilish marosimida nutq soʻzlab, bugungi kunda dunyoda 800 milliondan oshiq aholi kambagʻallikda yashayotganini taʼkidladi.

Oʻzbekiston

18.09.2025, 11:02

Namanganda natijadorlikni yanada oshirish vazifalari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 sentabr kuni Uychi tumanida Namangan viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Oʻzbekiston

17.09.2025, 10:48

Norin daryosida “birinchi milliy GES” ishga tushirildi

Oʻtgan yili 25 mart kuni davlat rahbari Namangan viloyatida yangi elektr stansiyalari qurilishini boshlab bergan edi. Kuni kecha ulardan biri – Norin GESlar kaskadining dastlabki bosqichi ishga tushdi.

Oʻzbekiston

17.09.2025, 10:39

Shoʻrariq mahallasi oʻzgaradi: atrofdagi 5 ta mahalla uchun markazga aylanadi

Namangan viloyatiga tashrifi chogʻida Shavkat Mirziyoyev Norin tumanidagi Shoʻrariq mahallasiga kirdi. Mahallaning sharoiti ogʻir. Ichki yoʻllar taʼmirtalab, koʻcha chiroqlari va lotoklar yoʻq. Bu yerda 5 mingdan ziyod aholi yashaydi. 62 ta kambagʻal oila, 118 nafar ishsiz bor, 157 odam migratsiyada.

Oʻzbekiston

17.09.2025, 10:26

Shavkat Mirziyoyev “Fishvel Norin” korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Norin tumanida baliqchilik rivojlangani yana bir yoʻnalishni vujudga keltirdi – korxona yonida zamonaviy restoran ham barpo etildi. Unda baliqdan turli xil taomlar tayyorlanib, mehmonlarga taklif qilinadi.

Iqtisodiyot

17.09.2025, 10:15

Prezident Namanganda tashkil etilgan parvarish markazi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan “Firdavs” kunduzgi parvarish markazini borib koʻrdi.

Oʻzbekiston

16.09.2025, 16:59

So‘nggi yangiliklar

Avtokredit, subsidiya va chegirmalar: elektromobillar qoʻllab-quvvatlanadi

Oʻzbekistonda elektr transportga oʻtishni ragʻbatlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi. 

Iqtisodiyot

18.02.2026, 17:21

Issiq suv hisoblagichini “orqaga qaytarish” taklifi: tizimli muammo bormi?

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi issiqlik va issiq suv uchun toʻlovlar endi shaxsiy onlayn-kabinetda alohida koʻrsatilishini maʼlum qildi. Rasman - shaffoflikka qadam. Ammo amaliyotda bir qator savolli holatlar kuzatilmoqda.

Oʻzbekiston

18.02.2026, 12:41

Fargʻonada fuqarolar murojaati ijobiy hal etildi

Maktabga borishda Toshkent–Fargʻona magistral yoʻlida piyodalar uchun yoʻlak yoʻqligi va bolalar uchun xavfsiz yoʻl talabi koʻtarildi.

Oʻzbekiston

18.02.2026, 10:29

Eron biz bilan bitim tuzmoqchi — Donald Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga Eron bilan muzokaralarda bilvosita ishtirok etishini va bu juda muhimligini bildirdi.

Jahon

18.02.2026, 09:16

Ramazonga sovgʻa: ehtiyojmandlarga 1 mln soʻmgacha yordam

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Ramazon oyi munosabati bilan ehtiyojmand aholi uchun qator ijtimoiy yordam choralari belgilandi.

Oʻzbekiston

18.02.2026, 08:55

Qamchibek Tashiyev vaqtincha chet elga joʻnab ketdi

Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev isteʼfosidan soʻng mamlakatni tark etdi. 

Jahon

18.02.2026, 08:36

Sankt-Peterburgdagi bayramga qarindoshini yuborgan mansabdorlarga chora koʻrildi

Sakkiz nafar oʻquvchi va ikki nafar oʻqituvchining festivalga borib-kelishi uchun mahalliy byudjetdan 95 million soʻm mablagʻ ajratilgan.

Iqtisodiyot

18.02.2026, 08:04

Kuniga 3 marta tish yuvish 50 dan ortiq kasallik xavfini kamaytiradi

Mutaxassislar taʼkidlashicha, ogʻiz boʻshligʻi salomatligi umumiy sogʻliqqa bevosita taʼsir koʻrsatadi. 

Madaniy

17.02.2026, 17:10

Janubiy Koreyada Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida sammit oʻtkaziladi

Janubiy Koreya va Markaziy Osiyoning besh davlati — Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston hamda Qirgʻiziston oʻrtasidagi ilk sammit 16–17 sentabr kunlari boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

Jahon

17.02.2026, 14:20

Qurilish sohasida 10 ta yirik korxona 1,4 trln soʻm soliq qarziga ega

Oʻzbekistonda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan 1 800 dan ortiq korxonaning jami soliq qarzdorligi 3,1 trillion soʻmga yetgan.

Iqtisodiyot

17.02.2026, 11:02

Oʻzbekistonda pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi joriy etilishi kutilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosini joriy etish va xotin-qizlar hamda bolalarga qarshi zoʻravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni qoʻllab-quvvatladi.

Oʻzbekiston

17.02.2026, 10:27

Xilola Umarova lavozimidan ozod etildi

Xilola Uktamovna Umarova Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Oʻzbekiston

17.02.2026, 09:18