Shoʻrariq mahallasi oʻzgaradi: atrofdagi 5 ta mahalla uchun markazga aylanadi
Namangan viloyatiga tashrifi chogʻida Shavkat Mirziyoyev Norin tumanidagi Shoʻrariq mahallasiga kirdi. Mahallaning sharoiti ogʻir. Ichki yoʻllar taʼmirtalab, koʻcha chiroqlari va lotoklar yoʻq. Bu yerda 5 mingdan ziyod aholi yashaydi. 62 ta kambagʻal oila, 118 nafar ishsiz bor, 157 odam migratsiyada.
Oʻzbekiston
17.09.2025, 10:26
Ulashish:

Prezident hududdagi muammolar boʻyicha aholi fikrlarini eshitdi.
– Endi bu mahallani tubdan oʻzgartirib, “Yangi Oʻzbekiston” nafasini olib kiramiz. Koʻchalar obod qilinib, qiyofasi yangilanadi. Odamlarning yashashi, sayr qilib, bolalari bilan dam olishi uchun munosib sharoitlar boʻladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mutasaddilarga mahallani namunaga aylantirish boʻyicha koʻrsatma berildi. Jumladan, unga shahar muhitini olib kirish va tadbirkorlik uchun sharoitlarni yaxshilash boʻyicha master-reja ishlab chiqiladi. U asosida joylar tayyor loyiha va infratuzilma bilan tashabbuskorlarga taklif etiladi. Natijada mahallaning salohiyati oshib, atrofdagi 5 ta mahalla uchun markazga aylanadi.
Zamonaviy mahalla guzari va sayilgoh barpo etiladi, bolalar va sport maydonchalari, kutubxona, kasb va til oʻrgatish markazi, bank shoxobchasi tashkil qilinadi. Maktab va bogʻchalar davlat investitsiya dasturi doirasida kapital taʼmirlanadi. Koʻchalar asfaltlanib, manzarali va mevali daraxtlar, gul koʻchatlari ekiladi. Eskirgan va hosildorligi past bogʻlar toʻliq yangilanadi. Ijtimoiy shartnoma asosida odamlar oʻz uylarini tartibga keltiradi.
Umuman, butun mamlakatda quyi tizimda ishlarni “jonlantirish” boʻyicha qaror ishlab chiqilayotgani aytildi. Tuman va mahallalarga yangicha qiyofa olib kirish uchun byudjetdan jami 5 trillion soʻm ajratiladi. Jumladan, Namanganda Kosonsoy va Norin tumanlariga 100 milliard soʻmdan, qolgan tumanlarning ikkitadan “ogʻir” mahallasiga esa 5 milliard soʻmdan yoʻnaltirilib, ularni mehnatda namunali, hayoti farovon, tadbirkorlikda yetakchi hududga aylantirish choralari koʻriladi.
Oʻzbekiston
17.09.2025, 10:26
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev “Kambagʻallikdan farovonlik sari” mavzusidagi III xalqaro forumning ochilish marosimida nutq soʻzladi
Oʻzbekiston
18.09.2025, 11:02

2030 yilga borib, Oʻzbekistonda mutlaq kambagʻallikka toʻliq barham berish imkoniyati bor
Oʻzbekiston
17.09.2025, 15:38

Namanganda natijadorlikni yanada oshirish vazifalari belgilandi
Oʻzbekiston
17.09.2025, 10:48

Norin daryosida “birinchi milliy GES” ishga tushirildi
Oʻzbekiston
17.09.2025, 10:39

Shavkat Mirziyoyev “Fishvel Norin” korxonasi faoliyati bilan tanishdi
Iqtisodiyot
17.09.2025, 10:15

Prezident Namanganda tashkil etilgan parvarish markazi bilan tanishdi
Oʻzbekiston
16.09.2025, 16:59
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi
Jahon
10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi
Oʻzbekiston
10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti
Oʻzbekiston
10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Jahon
10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak
Jahon
10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi
Iqtisodiyot
10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda
Oʻzbekiston
09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi
Oʻzbekiston
08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg
Iqtisodiyot
08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin
Madaniy
08.03.2026, 07:37
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
