Instagram’da prezidentni haqorat qilgan yigitga hukm oʻqildi
Instagram’da Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni haqoratlab izoh qoldirgan ohangarolik 18 yoshli yigitga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi va qoʻshimcha cheklovlar tayinladi.
Oʻzbekiston
10.10.2025, 11:15
Ulashish:

Фото: Ситуативное
18 sentabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Ohangaron shahar sudi Oʻzbekiston prezidentini haqorat qilgan fuqaroga nisbatan sud hukmi oʻqildi, deya xabar bermoqda hukmni oʻrganib chiqqan Gazeta.
Sud hujjatida taʼkidlanishicha, Ohangaron shahrida yashovchi 18 yoshli sudlanuvchi oʻziga tegishli Instagram profili orqali Oʻzbekistonning birinchi va amaldagi prezidentlari tasvirlangan fotosurat ostida Shavkat Mirziyoyevga nisbatan haqoratomuz mazmundagi izoh qoldirgan.
Sud-siyosatshunoslik lingvistik ekspertizasi xulosasiga koʻra, izohda prezidentga qarshi qaratilgan, uning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi, obroʻsizlantiruvchi fikrlar, gʻoyalar va soʻzlar mavjudligi aniqlangan.
Nima uchun bunday izoh qoldirgani va maqsadi nima boʻlgani haqidagi savolga sudlanuvchi hech qanday maqsad boʻlmagani, izohni oʻylamasdan yozganini aytdi.
U aybiga toʻliq iqrorlik bildirdi.
Sud ayblanuvchini Jinoyat kodeksining 158-moddasining 3-qismi (Oʻzbekiston prezidentini internetdan foydalangan holda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish) bilan aybli deb topib, unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.
Shuningdek, uning zimmasiga quyidagi qoʻshimcha cheklovlar yuklatildi:
- Alkogolli ichimliklar isteʼmol qiladigan va koʻngilochar joylar (kafe, bar, restoranlar)ga bormaslik;
- ommaviy tadbirlar (namoyishlar, mitinglar)da ishtirok etmaslik;
- jinoyat sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar bilan aloqa oʻrnatmaslik;
- mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz, yashash joyini oʻzgartirmaslik hamda Toshkent viloyat hududidan tashqariga chiqmaslik.
Maʼlumot uchun, 2021 yildagi oʻzgartishlarga koʻra, Internetdagi biror blog, ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifa yoki biror bir xabar ostidagi izohda prezidentga haqorat yoki tuhmatni ifoda etadigan maʼlumotni aks ettirish (matn, surat, audio, video kabi shakllarda) toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Endilikda kodeksning 158-moddasi 3-qismiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentini internetda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish:
- 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki –
- 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud –
- 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻzbekiston
10.10.2025, 11:15
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi
Jahon
10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi
Oʻzbekiston
10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti
Oʻzbekiston
10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Jahon
10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak
Jahon
10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi
Iqtisodiyot
10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda
Oʻzbekiston
09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi
Oʻzbekiston
08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg
Iqtisodiyot
08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin
Madaniy
08.03.2026, 07:37
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56

