Shavkat Mirziyoyev Jahon banki bilan sheriklikning ustuvor yoʻnalishlarini qayd etdi
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 sentabr kuni Namangan shahrida Jahon bankining global direktori Luis Felipe Lopes-Kalvani qabul qildi.
Oʻzbekiston
18.09.2025, 10:15
Ulashish:

Muzokaralar avvalida yuqori martabali mehmon Oʻzbekiston rahbariga Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banganing salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda "Kambagʻallikdan farovonlik sari" xalqaro forumi muvaffaqiyatli tashkil etilgani bilan tabrikladi.
Jahon banki bilan strategik sheriklikni, eng avvalo, Barqaror rivojlanishning birinchi maqsadi boʻlmish kambagʻallikka qarshi kurashish sohasida yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Ushbu global moliyaviy institut bilan amaliy hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Mamlakat dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston bankning makromintaqadagi yetakchi hamkorlaridan biridir. Loyihalar portfeli 14 milliard dollardan oshdi.
Jahon bankining faol koʻmagida kambagʻallik darajasini aniqlash metodologiyasi ishlab chiqildi. Ayni paytda Oʻzbekistonda kambagʻallik va tenglik koʻrsatkichlari birgalikda diagnostika qilinmoqda.
"Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirish doirasida xotin-qizlar va yoshlar uchun ish oʻrinlari yaratish, shahar va qishloqlarning ijtimoiy infratuzilmasini modernizatsiya qilish, turizmni rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan qoʻshma loyiha tayyorlash taklif qilindi.
Xususiy sektor loyihalarini ilgari surish, oʻrta muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish, aholini roʻyxatga olish va boshqa ustuvor yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekiston
18.09.2025, 10:15
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Ramazon saxovati: arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etiladi
Madaniy
13.02.2026, 17:31

Endi tank, samolyot va askarlar soniga tayanib gʻalabaga erishib boʻlmaydi — Prezident
Oʻzbekiston
13.01.2026, 17:15

Prezident maktabga qor kechib borayotgan oʻquvchi bilan uchrashdi
Jahon
18.12.2025, 13:14

Afgʻonistonda Jahon banki faoliyati qayta tiklandi — «Tolibon»
Jahon
24.11.2025, 09:16

"Bugun dunyoda 1 milliard 100 million aholi kambagʻallikda umr kechirmoqda" - Mirziyoyev sammitda global muammolarga toʻxtaldi
Jahon
04.11.2025, 15:41

Serbiya prezidenti Oʻzbekistonga keldi
Siyosat
28.10.2025, 11:33
Mashhur yangiliklar

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00
So‘nggi yangiliklar

Chiqindilarni olib ketish xizmatida yangi toʻlov tizimi joriy etildi
Iqtisodiyot
22.02.2026, 14:36

Mubashshir Ahmad «Sangorod»ga oʻtkazildi
Oʻzbekiston
22.02.2026, 11:17

Xitoyning sunʼiy intellekt dasturlari senzura bosimi ostidami?
Fan-texnologiya
22.02.2026, 09:08

Oksford bilan hamkorlik: Yangi Oʻzbekiston universiteti xalqaro maydonga chiqmoqda
Ta'lim
21.02.2026, 14:12

Texnikum oʻquvchilariga ham stipendiya toʻlanadi
Ta'lim
21.02.2026, 13:49

Britaniya qirolining ukasi qoʻlga olindi
Jahon
21.02.2026, 13:28

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Rossiya OAVlari Mirziyoyev samolyotini “AQSh harbiy samalyoti” deb talqin qildi
Oʻzbekiston
21.02.2026, 10:19

Oʻzbekistonda 4 ming km magistral yoʻl avtobanga aylantiriladi
Oʻzbekiston
21.02.2026, 10:07

Gʻazo uchun qaysi davlat qanday yordam beradi?
Jahon
21.02.2026, 07:37

Yevropa razvedkasi: aslida Rossiya tinchlik kelishuvini istamaydi
Jahon
20.02.2026, 16:29
Mashhur yangiliklar

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00
