Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Si Szinpinning AQSHga rejalashtirilgan tashrifi oldidan Vashington va Pekin SI xavfsizligi va rivojlanishi bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti.
Jahon
15.09.2026, 11:42
Ulashish:

Xitoy rahbari Si Szinpinning AQSHga rejalashtirilgan tashrifi arafasida Vashington va Pekin sun’iy intellekt masalasida yangi muzokaralarni olib bormoqda.
Tomonlar SI xavfsizligi bo‘yicha alohida muloqotni kengroq iqtisodiy muzokaralar bilan integratsiyalash imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda. May oyida ikki davlat rahbarlari SI bo‘yicha hukumatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yishga kelishib olgandi.
South China Morning Post nashrining yozishicha, Pekin AQSH tomonidan o‘rtaga tashlangan SI xavfsizligi talablari sun’iy intellektning salbiy oqibatlarini kamaytirishi bilan birga Xitoyning SI texnologiyasini rivojlantirishiga ham to‘sqinlik qilishidan xavotirda. Shu sabab xavfsizlik masalasi texnologik raqobatga ham bog‘lanib qolmoqda.
Raqobat chiplar bilangina cheklanmagan
Avvallari AQSH va Xitoy o‘rtasidagi texnologik qarama-qarshilik asosan yarimo‘tkazgichlar va ularning eksporti atrofida kechardi. Endilikda sun’iy intellekt markaziy yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda.
SI modellari, ularni o‘qitishda foydalaniladigan manbalar, xavfsizlik standartlari va ilg‘or texnologiyalardan foydalanish imkoniyati ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralarning muhim mavzusiga aylanib ulgurdi.
AQSH ilg‘or SI texnologiyalarining xavfsizligi va ulardan harbiy yoki kiberhujumlarda foydalanmaslik kafolati yo‘qligidan xavotirda.
Vashington yaqinda Xitoyning ayrim SI kompaniyalarini AQSHda yaratilgan modellar xususiyatlarini noqonuniy ravishda ko‘chirishda ayblagan. Pekin esa bu ayblovlarni rad etib, AQSH Xitoyning texnologik rivojlanishini cheklashga urinayotganini bildirgan.
SI xavfsizligi – global masala
Pekin ham SI bilan bog‘liq xatarlar to‘g‘risida tez-tez xavotirli bayonotlar beradi. Xitoy rasmiylari sun’iy intellekt texnologiyasi uchun xalqaro xavfsizlik va boshqaruv mexanizmlarini tatbiq etishga chaqirgan.
AQSH prezidenti Donald Tramp esa SI rivojlanishini ortiqcha tartibga solish AQSHning Xitoy ustidan texnologik ustunligini zaiflashtiradi, degan pozitsiyada. Tramp AQSHning SI sohasidagi peshqadamligini saqlab qolishni ustuvor vazifa sifatida ilgari surmoqda.
Shu sababli Si Szinpin va Donald Tramp o‘rtasidagi rejalashtirilgan uchrashuvda SI masalasi oddiy texnologik mavzudan ko‘ra kengroq geosiyosiy ahamiyat ham kasb etishi shubhasiz.
Tomonlar bir vaqtning o‘zida SI xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik qilish va texnologik ustunlik poygasini davom ettirish muammosiga duch kelmoqda.
Jahon
15.09.2026, 11:42
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Si Szinpin Shimoliy Koreyaga boradi
Jahon
05.06.2026, 11:49

Sun’iy intellekt poygasi: Hindiston Deep Tech uchun $25 milliard yo‘naltirmoqchi
Fan-texnologiya
29.09.2026, 16:13

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz
Jahon
14.10.2026, 15:25

Trampning Eron Los-Anjeles va San-Diyegoni egallashi haqidagi gapi tanqidga uchradi
Siyosat
07.10.2026, 15:25

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»
Jahon
24.09.2026, 10:26
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi
Iqtisodiyot
20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda
Oʻzbekiston
19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 09:41
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
