AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi
AQŞ Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) 2026 moliyaviy yilida 483,2 ming kişini mamlakatdan çiqarib yubordi. Hibsga olinganlar soni esa 491 mingdan oşdi.
Jahon
13.11.2026, 14:50
Ulashish:

Demokratlar kelasi yil Kongress nazoratini qölga kiritgaç, migratsiya siyosati va ICE faoliyatini tekşirişni rejalaştirmoqda.
AQŞda Donald Tramp ma’muriyatining migratsiya siyosati doirasida deportatsiya va hibsga olişlar soni mamlakat tarixidagi eng yuqori körsatkiçga yetdi. Bu haqda AQŞ Milliy xavfsizlik vazirligi (DHS) ma’lum qildi.
Vazirlikning çorşanba kuni e’lon qilgan hisobotiga köra, 2026 moliyaviy yili davomida Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) 483 200 kişini AQŞdan deportatsiya qilgan. Şuningdek, migratsiya qonunçiligi buzilişi bilan boğliq 491 mingdan ortiq hibsga oliş holati qayd etilgan.
Deportatsiyalar soni ICEning 23 yillik tarixidagi eng yuqori natija böldi. Bundan avvalgi rekord 2025 yilda qayd etilgan bölib, öşanda 442 640 kişi mamlakatdan çiqarib yuborilgan.
AQŞ içki xavfsizlik vaziri Markveyn Mallinning ta’kidlaşiça, 2026 moliyaviy yili ICE tarixida deportatsiya va hibsga olişlar eng köp amalga oşirilgan davr bölgan. 2026 yil sentyabr oyi esa hibsga olişlar böyiça xizmat tarixidagi eng yuqori körsatkiç qayd etilgan oy böldi.
ICE sentyabr oyida 48 mingdan ortiq kişini hibsga olgan. Avgustda esa bu raqam 50 925 nafarni taşkil etgan edi.
Raqamlar böyiça savollar
Vaşingtondagi Migratsiya tadqiqotlari markazi (CIS) tadqiqot direktori Stiven Kamarota Al Jazeera naşriga bergan intervyusida Tramp ma’muriyati avvalgi prezidentlarga nisbatan migratsiya qonunçiligi ijrosini ança kuçaytirganini aytdi.
Uning fikriça, nazorat çoralarining kuçaytirilişi mamlakatda hujjatsiz muhojirlar soni kamayişiga ham ta’sir körsatgan bölişi mumkin. Jumladan, deportatsiya xavfi sabab ayrim muhojirlar AQŞni öz ixtiyori bilan tark etmoqda.
Biroq Kamarota Milliy xavfsizlik vazirligi e’lon qilgan statistikada aniqlik talab qiladigan jihatlar borligini ta’kidladi. Xususan, deportatsiya qilinganlarning qançasi mamlakat içkarisidagi reydlar davomida uşlangani, qançasi esa çegara yoki aeroportlarda AQŞga kiritilmagani oçiqlanmagan.
Tramp migratsiya siyosati «haddan taşqari qattiq» bölganini tan olgan
AQŞ prezidenti Donald Tramp avvalroq öz ma’muriyatining migratsiya siyosati ayrim hollarda «haddan taşqari qattiq» bölgan bölişi mumkinligini tan olgan edi.
CBS telekanalidagi 60 Minutes dasturiga bergan intervyusida u öz siyosatini himoya qilgan. Tramp jinoyat sodir etgan muhojirlarni mamlakatdan çiqariş böyiça yuqori natijalarga erişganini aytgan. Biroq AQŞga noqonuniy kirgani sababli jazolangan va mamlakatda qonuniy mehnat faoliyati bilan şuğullangan ayrim odamlar ham deportatsiya qilinganini tan olgan.
Reuters/Ipsos söroviga köra, Trampning migratsiya siyosati böyiça jamoatçilik qöllab-quvvatlaşi prezidentlik faoliyati boşidagi 50 foizdan 38 foizga tuşgan.
Demokratlar ICE faoliyatini tekşirmoqçi
Demokratlar kelasi yili Kongressda nazoratni qölga kiritgaç, Tramp ma’muriyatining migratsiya siyosatiga qarşi çoralar körişni rejalaştirmoqda. Ular ICE faoliyatida qöllanilayotgan usullarni tekşiriş va muhojirlar uçun qonuniy maqom oliş imkoniyatlarini kengaytirişni közlamoqda.
Kongress Vakillar palatasining Milliy xavfsizlik qömitasi bölajak rahbari, demokrat Benni Tompson Reuters agentligiga bergan bayonotida ma’muriyatning Milliy xavfsizlik vazirligidan amerikaliklarga qarşi foydalanişi va nazoratdan çiqqan migratsiya siyosati yuzasidan tekşiruv ötkaziş niyatini bildirgan.
Ayrim demokratlar esa ICE faoliyatini tubdan özgartiriş tarafdori ekanini oçiq aytmoqda. Minnesota ştatida senatorlikka saylangan Peggi Flanagan «Biz ICEni parçalab taşlaymiz», deb bayonot bergan.
Uning bu çiqişi Minneapolisda federal migratsiya agentlari iştirokida ikki nafar AQŞ fuqarosi halok bölgan voqealar ortidan yangradi. Aleks Pretti va Rene Nikol Gudning otib öldirilişi tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, xalqaro miqyosda ham tanqidlarga sabab bölgan.
Jahon
13.11.2026, 14:50
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Yevropa Ittifoqi migratsiya masalasida Tolibon bilan muzokara o‘tkazmoqchi
Jahon
12.06.2026, 11:37

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04
So'nggi yangiliklar

Toşkentda avtomobillarni evakuatsiya qiliş tartibi özgardimi?
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:32

Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasi joriy etildi
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:12

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04
