Yaponiya tashqi ishlar vaziri Samarqandga keldi

Bugun, 26-avgust kuni Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takeshi Ivaya boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Samarqandga keldi. Vazirni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari B.Usmonov va Samarqand viloyati hokimlik vakillari kutib oldi. Bu haqda UzA xabar qildi.

Ulashish:

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Samarqandga keldi

Foto: UzA/Alisher Isroilov

Nashrning yozishicha, Yaponiyalik diplomat dastlab “SamAvto” zavodida boʻlib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Mazkur korxonada 2007 yildan buyon "ISUZU Motors Ltd" kompaniyasi va "Itochu" korporatsiyasi bilan hamkorlikda “ISUZU” shassisi asosida avtobuslar va yuk mashinalari, maxsus texnikalar ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy, xalqaro standartlarga javob beradigan mazkur texnika vositalari ichki bozor bilan birga xorijga eksport qilinadi.

 

Shundan soʻng delegatsiya Samarqand tumanidagi “Bobur agro innovatsiya” fermer xoʻjaligida boʻldi. Bu yerda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) koʻmagida ushbu davlatdan keltirilgan olma navlari parvarishlanmoqda. 

 

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Samarqanddagi tarixiy-madaniy yodgorliklarda ham boʻlib, xalqimizning boy tarixi va madaniyati, ajdodlarimizning bunyodkorlik salohiyati haqida maʼlumotlarga ega boʻldi.

Mavzuga oid yangiliklar

Mirziyoyev YuNESKOning 43-sessiyasida qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

30 oktabr kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan YuNESKOning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha 43-sessiyasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz chiqishida taʼlim, fan, madaniyat va inson salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi.

Siyosat

31.10.2025, 10:13

Samarqandga kirish 15 kunga yopiladi

YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi oʻtkazilishi munosabati bilan 30 oktabrdan 14 noyabrga qadar Samarqandga kirish yoʻllari yopiladi. 

Oʻzbekiston

21.10.2025, 12:42

Samarqandda kumushning noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida kumush qimmatbaho metall qotishmasini noqonuniy ravishda sotishga uringan shaxslar qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

16.10.2025, 15:06

Samarqandda qimorga mukkasidan ketgan shaxs aka va ukasining qiynogʻidan soʻng vafot etdi

Aka-uka onlayn qimorga mukkasidan ketgan oʻrtancha oʻgʻilni bu yoʻldan qaytarish maqsadida daraxtga bogʻlab qoʻyib, kaltaklashgan. Oqibatda ogʻir tan jarohati olgan 29 yoshli yigit vafot etgan. «Odamlardan, bankdan qarz olib, onlayn qimorga tikib yuborardi. Odamlar uyga qarzlarini soʻrab kelardi, akasi va ukasi toʻlardi», degan oʻgʻillarning otasi sudda.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 15:52

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qamoqqa olindi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassisi yerning unumdorligiga zarar yetkazilganligi aniqlangan fuqaroga nisbatan chora koʻrmaslik evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilgan.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 14:19

Samarqanddagi xorijiy korxona tabiatga 7 milliard soʻm zarar yetkazdi

Samarqanddagi xorijiy korxona tabiatga 7 milliard soʻm zarar yetkazdi

Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi 11,3 gektar maydondagi lyossimon jinslarni noqonuniy qazib olayotgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar qildi.

Oʻzbekiston

09.10.2025, 15:09

So‘nggi yangiliklar

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi

Shahar chorrahalari yagona sunʼiy intellektli tizimga ulanib, transport oqimini samarali tartibga solish va tirbandliklarni kamaytirish imkoni paydo boʻladi. 

Oʻzbekiston

13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi

JIB Mirobod tumani sudi sudyasi M. Axmedov Abduraxmon Tashanovga nisbatan Respublika Harbiy prokurori tomonidan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish materiallarini rad etdi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 16:56

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan yangi yoʻl oʻtkazgichning bir qismi oʻpirilib tushdi. Hodisa kuchli yomgʻirdan soʻng sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 14:48

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi

Eron tomonidan Isroildagi qurilish obʼektiga berilgan raketa zarbasi oqibatida ikki ishchi - 62 yoshli oʻzbekistonlik Rustam Gʻulomov va 40 yoshli ozarbayjonlik Amid Murtuzov halok boʻldi. 

Jahon

12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

“Crocus City Hall” terakti: sud 15 nafar ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi

Moskvadagi “Crocus City Hall” konsert zalida sodir etilgan terakt boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi. Jinoyat ishi sudda yetti oy davomida koʻrib chiqildi. 

Jahon

12.03.2026, 10:56

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46