YaTTlar hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun yangi huquqiy tartib yaratiladi

Endi tadbirkorlar oʻzining 1 milliardgacha boʻlgan aylanma mablagʻidan bor-yoʻgʻi bir foiz miqdorida soliq toʻlashi belgilab berildi.

Ulashish:

Joriy yil 12 avgust kuni prezidentning “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

Yashirin iqtisodiyot ulushini sezilarli darajada qisqartirish, soliq solish bazasini kengaytirish, jismoniy shaxslar uchun qonuniy faoliyatning jozibadorligini oshirish yoʻlida qabul qilingan mazkur qaror xususida OʻzA muxbiri Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Umidbek SAFAROVning fikrlarini yozib oldi.

– Tadbirkorlik qilmoqchi boʻlgan har qanday shaxs uchun yangi davr boshlandi, – deya fikrini boshladi U. Safarov. – Maʼlumki, prezidentning 12 avgustda “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi va unda yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun 2026 yilning 1 yanvaridan yangi huquqiy tartib yaratiladi. 

Xoʻsh, buning mohiyati qanday, yangi huquqiy tartib deganda nimani tushunish mumkin? Bu shuni anglatadiki, endi tadbirkorlar oʻzining 1 milliardgacha boʻlgan aylanma mablagʻidan bor-yoʻgʻi bir foiz miqdorida soliq toʻlashi belgilab berildi. Buni esa maxsus platforma orqali amalga oshirish mumkin, yaʼni, masalan mobil ilova yaratilib, u orqali Face-ID bilan roʻyxatdan oʻtiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs yoʻnalishini belgilab turib, tadbirkorga aylanish mumkin. 

Qulaylik tomoni shundaki, tadbirkorda ortiqcha javobgarliklar boʻlmaydi. Yaʼni, soliq hisobotlarini tadbirkorning oʻzi topshirmaydi. Mazkur qaror orqali soliq hisobotlarini tadbirkor uchun platforma egalari topshiradi va javobgarlikni oladi. 

Tadbirkordan esa platforma orqali mahsulot sotayotganda QR-kod orqali roʻyxatdan oʻtkazish soʻraladi, xolos. Bu orqali platforma siz uchun hisoblashni boshlaydi. Tadbirkorlar endi mana shunday imkoniyatlardan foydalanadigan kunlarga ham yetdi. 

Bundan tashqari, bilamiz, elektron “koshelyok”lar bor. Bunda yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtilgach, yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs bankka borib, hisob-kitob ochishga hojat yoʻq. Oʻsha platformada sizga elektron "koshelyok" ochiladi. Uning bankdagi hisob raqamingiz bilan huquqiy maqomi bir xil boʻladi. Bunda tadbirkor mablagʻni elektron "koshelyok"ka tushirishi va istagan joyga oʻtkazishi yoki naqd shaklda olishi mumkin.

Bu platforma yana qanday qulaylik yaratadi, degan savol tugʻiladigan boʻlsa, aytish mumkinki, turli shartnomalarni, hisob raqam qogʻozlari va dalolatnomalarni ham shu orqali shakllantirish mumkin. Qarorda belgilanganidek, bular imzolangan qogʻozlarga tenglashtirilgan hujjat hisoblanadi.

Yana bir qulaylik esa tadbirkor ishchilarni Face-ID orqali rasmiylashtirib qabul qilish imkoniga ega boʻladi. Ularga toʻlanadigan maoshni istasa kunligini kunda berishi ham mumkin. Bunda ishchi-xizmatchilardan olinadigan daromad soligʻini ham platformaning oʻzi tashkil qiladi. 

Iqtisodiyot

03.09.2025, 16:39

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26