Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 18:07

Gʻazo yana xavf ostida: Isroil yordam tashkilotlari faoliyatini cheklamoqchi

Isroil hukumati 1 mart kuni urushdan vayron boʻlgan Gʻazo, bosib olingan Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi 37 ta yordam guruhi faoliyatini taqiqlashini aytdi.

Jahon

26.02.2026, 10:29

Ulashish:

Gʻazo yana xavf ostida: Isroil yordam tashkilotlari faoliyatini cheklamoqchi

Bu harakat falastinliklar uchun halokatli boʻlishi mumkin.

“Al-Jazira” nashri ushbu buyruqni toʻxtatishini soʻrab 17 ta xalqaro yordam guruhi Isroil Oliy sudiga murojaat qilganini maʼlum qildi. Ular Isroil farmoyishi toʻliq sud tartibida koʻrib chiqilgunga qadar taqiqni vaqtinchalik toʻxtatib turishni soʻragan.

Oxfam xayriya tashkilotining 24 fevralda eʼlon  qilgan bayonotiga koʻra, Gʻazo va bosib olingan Falastin hududining qolgan qismida yordam operatsiyalarini majburiy yopish harakati shanba kuniyoq boshlanishi mumkin.

“Bu holatning taʼsiri zudlik bilan namoyon boʻlib, nafaqat alohida tashkilotlar, balki butun gumanitar tizimga keng yoyiladi”, — deya ogohlantirdi Oxfam.

Bayonot davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishiga qoʻyilgan cheklovlar hamda aholi zich yashaydigan hududlarga qayta zarbalar berila boshlanganligi tufayli oilalar hamon tashqi yordamga muhtoj boʻlib qolayotgani aytilgan.

Isroil hukumati 2025 yil 30 dekabr kuni “Chegara bilmas shifokorlar” (fransuzcha qisqartmasi – MSF), “Oxfam”, Norvegiya qochqinlar Kengashi va CARE kabi gumanitar tashkilotlarning Isroildagi faoliyat muddati tugagani eʼlon qilgandi. Tashkilotlarni yangilash va falastinlik xodimlarning shaxsiy maʼlumotlari aks etgan roʻyxatlarni taqdim etish uchun 60 kun muhlat berilgan.

Shunga muvofiq, tashkilotlar falastinlik xodimlari haqida maʼlumot bermasa, 1 martdan boshlab faoliyatini toʻxtatishi kerak boʻladi.

Tashkilotlarning Isroil buyruqlariga rioya etolmasligiga bir qancha sabablar bor:

  • falastinlik xodimlarning maʼlumotlarini oshkor qilish ularning hayotini xavf ostiga qoʻyadi;
  • gumanitar betaraflik tamoyiliga putur yetadi;
  • Yevropaning maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligi buzilishi mumkin.

Sudga yuborilgan iltimosnomada ham gumanitar tashkilotlarni mojaro ishtirokchisi uchun axborot yigʻish vositachisiga aylantirish betaraflik tamoyiliga mutlaqo zid ekanligi aytilgan.

Yordam guruhlari oʻzlarining qoʻshma bayonotida ularning faoliyatini toʻxtatish yuz minglab muhtoj odamlar uchun “gumanitar inqiroz va tuzatib boʻlmas talafot”ga olib kelishini aytdi.

Isroilning ikki yildan koʻproq davom etgan urushi salmoqli hududni vayron qildi. Natijada Gʻazodagi 2 milliondan ortiq aholi oziq-ovqat, suv, sogʻliqni saqlash, boshpana va boshqa zarur ehtiyojlar uchun yordam tashkilotlariga tayanmoqda.

Murojaatchilarning aytishicha, ular Isroil rasmiylariga xodimlar roʻyxatini topshirish oʻrniga boshqa muqobil variantlarni, jumladan, “donorlar tomonidan tekshiriladigan audit tizimlari”ni taklif qilishgan.

2023 yil 7 oktabrda Isroilning Gʻazodagi genotsid urushi boshlangan. BMT maʼlumotiga koʻra, shundan beri Gʻazo sektorida Isroil hujumlari oqibatida 133 nafar nodavlat notijorat tashkilotlar xodimi, shuningdek, 15 ta MSF xodimi halok boʻlgan.

Bundan tashqari, 2025 yilda dunyo miqyosida jurnalistlarning oʻlimi rekord darajaga yetdi. Xususan, Isroil mudofaa kuchlarining harakati natijasida 86 nafar jurnalist bevaqt halok boʻlgan.

Muallif: Isomiddin Jumanazarov

Mavzuga oid yangiliklar

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

Gʻazodagi urushda 500 dan ortiq Markaziy Osiyo fuqarolari ishtirok etgan

Gʻazo sektoridagi urushda 50 mingdan ortiq xorijlik ishtirok etgan. Ularning 500 dan ortigʻini Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari tashkil etadi. 

Jahon

23.02.2026, 09:15

Isroil Gʻazoda majburiy evakuatsiyani boshladi

Isroil armiyasi oktabr oyida eʼlon qilingan sulhdan beri birinchi marta Gʻazo sektori janubida falastinlik oilalarni majburiy koʻchirishga buyruq berdi.

Jahon

22.01.2026, 12:35

Isroil Gʻazoga zarba berdi, Tramp otashkesim bekor boʻlmaganini maʼlum qildi

Isroil armiyasi HAMAS isroillik asirlarning jasadlarini topshirmaganini bahona qilib, Gʻazo sektoriga kuchli aviazarbalar berdi. Hujumlar natijasida kamida 33 nafar falastinlik, jumladan ayollar va bolalar halok boʻldi. Bayt-Laxiya, al-Burayj, Nusayrat va Xan Yunis hududlaridagi uylar hamda maktablar zarar koʻrdi.

Jahon

29.10.2025, 11:13

Gʻazo SSV: Isroil topshirgan 30 nafar falastinlik jasadida qiynoq belgilari bor

Otashkesim va asirlar almashinuvi kelishuvi doirasida Isroil tomonidan yana 30 nafar falastinlik mahbus jasadi qaytarildi. 

Jahon

23.10.2025, 12:24

Isroil Gʻazoga 153 tonna bomba tashlaganini Netanyahu tan oldi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu amalga oshirilgan havo hujumlari orqali otashkesimni buzganini tan oldi va Isroil armiyasi Gʻazo sektoriga soʻnggi hujumlar paytida 153 tonna bomba tashlaganini maʼlum qildi.

Jahon

22.10.2025, 10:05

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida

Sudanda har daqiqada uchta chaqaloq bolalar uchun mos bo‘lmagan sharoitlarda dunyoga kelmoqda. 

Jahon

14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi

BMTning Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan e’lon qilingan prognozlarga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi urush tufayli 162 mamlakatda o‘n millionlab odamlarni qashshoqlikka yuz tutishi mumkin.

Jahon

13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi

Qirg‘iziston parlamenti qo‘mitalar faoliyatini elektron shaklga o‘tkazish hamda qonun loyihalarini tahlil qilishda sun’iy intellektdan foydalanishga mo‘ljallangan “e-Kenesh” raqamli platformasini joriy qilmoqda. 

Jahon

13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi

Birgina ilmiy ixtiro Yevropani ocharchilikdan qutqardi, shu bilan birga urush maydonida halokat quroliga aylandi. Klara va Gaber hikoyasi ilmning ikki jihatini ochib beradi. Bu — fan va axloq to‘qnashuvi.

Fan-texnologiya

11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda

Lotereyada 100 yevrolik chipta evaziga million dollarlik Pikasso asari taklif etilmoqda. Bu orqali Altsgeymer tadqiqoti uchun mablag‘ yig‘ish maqsad qilingan.

Madaniy

11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti

Mamlakat rasmiylari Rossiya-Ukraina urushini misol keltirib, MDHning asosiy qadriyatlariga, xususan, hududiy yaxlitlikni tan olish va chegaralar daxlsizligiga ortiq amal qilinmayotganini ta’kidlashmoqda. Moldovaning MDHdan chiqishi sobiq sovet davlatlari endilikda yagona markaz atrofida birlashmayotganidan dalolat beradi.

Siyosat

11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz

Ukraina frontda orttirgan tajribasini Yaqin Sharqqa taqdim etmoqda — dronlarga qarshi texnologiyalar bo‘yicha uch davlat bilan muzokaralar ketyapti.

Jahon

10.04.2026, 12:32

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda

Eron mojarosi tranzitni qimmatlashtirib, Markaziy Osiyoda transport tizimlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Mintaqaning bunga munosabati Markaziy Osiyodan tashqari Rossiya, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Turkiya va AQSHga ham ta'sir qiladi.

Jahon

07.04.2026, 15:41

7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni

Butunjahon salomatlik kuni 1950-yildan beri har yili 7-aprelda global salomatlikning dolzarb masalalari haqida xabardorlikni oshirish va odamlarni o‘z sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishga undash maqsadida nishonlanadi. Tadbirning 2026-yilgi shiori – “Salomatlik yo‘lida birgamiz. Ilm-fanni qo‘llab-quvvatlang!”.

Jahon

07.04.2026, 10:23

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi

Nizomga ko‘ra, oliy ta’lim bakalavriat va magistratura bosqichlari orqali amalga oshiriladi.  Bakalavriat ta’limi kamida 3-yil davom etadi. Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni ta’lim olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

Ta'lim

06.04.2026, 17:35

Magnus Karlsen: Sindarovning natijasini hech kim kutmagandi

Javohir Sindarov rekord natija bilan yetakchilik qilmoqda va shaxmat olamida tarixiy start ko‘rsatdi. Garri Kasparov va Magnus Karlsen ham uning o‘yinini alohida e’tirof etishdi.

Sport

06.04.2026, 13:50

Afg‘oniston Markaziy Osiyo bilan savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi

2026‑yil 5‑aprel kuni Kobulda “Tolibon” tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy mezbonligida Afg‘oniston – Markaziy Osiyo muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyo davlatlarining yuqori martabali vakillari ishtirok etdi. Bu 2021-yildan beri Kobulda “Tolibon” mezbonligida o‘tkazilgan ilk uchrashuvdir. 

Jahon

06.04.2026, 12:12

iPhone 17 Pro Max yordamida koinotdan olingan Yerning yangi surati. Unda Afrikaning ba’zi qismlari, shahar chiroqlari va terminator chizig‘i bo‘ylab yorqin shu’la aks etgan.

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi

NASAning Artemis II ekipaji fazo bo‘ylab Oy tomon parvoz qilayotib olgan bir qator suratlarni e’lon qildi. 

Fan-texnologiya

06.04.2026, 10:49

Inson neyronlari va kompyuter chipi birlashtirilmoqda

Dunyo bo‘ylab kompaniyalar sun’iy intellekt  modellarini ta’minlash uchun katta-katta ma’lumot markazlarini qurishga intilayotgan bir paytda, ba’zi tadqiqotchilar tirik inson hujayralarini kompyuter tizimlarida qo‘llash imkoniyatini o‘rganmoqda. Avvallari oylar yoki yillar davom etadigan maxsus laboratoriya ishlarini integratsiyalashgan platforma yordamida bir necha soat yoki kun ichida bajarish mumkin. 

Fan-texnologiya

04.04.2026, 15:48

Hormuzdagi vaziyat: 670 ta kema kutib turibdi

So‘nggi 48 soatda Hormuz bo‘g‘ozining g‘arbiy tomonida 670 ta yuk kemasi to‘xtab qoldi. BAA, Gretsiya, Xitoy va boshqa Osiyo davlatlari katta zarar ko‘rmoqda. Bo‘g‘ozdan o‘tishga uringanlar ham mavjud.

Iqtisodiyot

03.04.2026, 17:17

Apple va Samsung: Jahon smartfon bozorining yetakchilari

Apple smartfon ishlab chiqaruvchilar orasida birinchi o‘rinda turibdi. Dunyodagi barcha faol telefonlarning chorak qismini iPhone tashkil etadi. Ya’ni, dunyodagi har to‘rtinchi smartfon egasi iPhone’dan foydalanadi.Samsung esa bozorning sal kam 20 foiziga egalik qilmoqda.

Iqtisodiyot

03.04.2026, 12:37

50 yildan so‘ng insoniyat yana Oyga parvoz qildi

NASA 2026‑yil 1‑aprelda Oyga ekipaj jo‘natdi. Unda ayol va qora tanli astronavt ham bor.

Fan-texnologiya

02.04.2026, 17:01

Amudaryo suvida Afg‘onistonning ulushi bormi?

Joriy yilning 25-26 – mart kunlari “Toshkent suv haftaligi” forumi bo‘lib o‘tdi va unda Tolibon vakili ma’ruza qildi. Dunyoning 19 davlatidan 80 ga yaqin ma’ruzachi va 1200 dan ortiq vakil ishtirok etgan forumda Afg‘onistonning 2028-yilda Qo‘shtepa kanalini qurib bitkazish rejasi ham muhokama qilindi.

Oʻzbekiston

02.04.2026, 11:24

Bitta bilet – bir nechta manzil: “Uzbekistan Airways” qiziqarli shartnoma imzoladi

Air India va  Uzbekistan Airways rasman kod-sher bitimini imzoladi.

Oʻzbekiston

01.04.2026, 16:01

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi

Dunyoda yadroviy qurolga ega davlatlar soni 10 taga yetgan. Dastlab himoya vositasi sifatida yaratilgan ushbu qurol bugun insoniyat uchun eng katta global tahdidlardan biriga aylangan.Ushbu maqolada yadroviy qurolga ega davlatlar, ularning qanday shakllangani va yadrosiz hududlar haqida batafsil ma’lumot beramiz.

Fan-texnologiya

01.04.2026, 10:04

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →