Roppa-rosa 2 yil muqaddam – 2023 yilning 7 oktabr kuni HAMAS Isroil harbiy bazalariga keng koʻlamli hujumlarni amalga oshirdi. Mazkur hujum Isroilning Gʻazo sektorida mislsiz qatliomni amalga oshirishiga sabab boʻldi. Oʻn minglab falastinliklar, shu jumladan, bolalar va ayollar qurbon boʻldi, jarohatlandi, uysiz, oziq-ovqatsiz, tibbiy yordamsiz qoldi. Gʻazoliklar butun insoniyat koʻz oʻngida raqamlarga, statistik maʼlumotlarga va tarixga aylanib bormoqda...