updated: 22.03.2026, 06:35

106 mingdan ortiq oʻzbekistonlik Rossiyada qonuniy asosda ishga joylashtirilgan

Oʻzbekiston fuqarolarining Rossiyadagi bandligi haqida berilgan maʼlumotga koʻra, joriy yil boshidan buyon 106 mingdan ortiq oʻzbekistonlik fuqaro Rossiyada qonuniy tarzda ishga joylashtirilgan.

Ulashish:

106 mingdan ortiq oʻzbekistonlik Rossiyada qonuniy asosda ishga joylashtirilgan

Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev Toshkentda boʻlib oʻtgan “MDH doirasida yagona mehnat bozorini shakllantirish kontekstida migratsiya siyosatini takomillashtirish” mavzusidagi davra suhbatida maʼlum qildi.

Musayevning taʼkidlashicha:

“Faqatgina shu yilning oʻzida 320 ta rossiyalik ish beruvchi tomonidan 150 mingdan ortiq ish oʻrni boʻyicha takliflar kelib tushgan. Ulardan 106 mingdan ziyod fuqaromiz tashkil etilgan tarzda ishga joʻnatilgan”.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, hozirga qadar Rossiya bilan 97 ta hamkorlik kelishuvi imzolangan boʻlib, ular asosan qurilish, kommunal xoʻjalik va transport sohalariga tegishli.

Shuningdek, 50 mingdan ziyod oʻzbekistonliklar “Lukoyl”, “Gazprom”, “Rusal”, “KamAZ”, “AvtoVAZ” kabi yirik strategik korxonalar hamda Tataristondagi “Alabuga” iqtisodiy zonasi va yirik logistika kompaniyalarida mehnat qilmoqda.

RIA Novosti xabariga koʻra, 2024 yilda Rossiyada tashkil etilgan mehnat migratsiyasi 2023 yilga nisbatan 4,2 barobarga oʻsib, 123,7 ming nafarga yetgan. Bu esa joriy yildagi umumiy migratsiyaning 76,5 foizini tashkil etgan.

Biroq, umumiy hisobda Rossiyadagi oʻzbekistonlik mehnat muhojirlari soni 2023 yilga nisbatan 1,7 barobarga kamayib, taxminan 700 ming nafarni tashkil etmoqda.

Oʻzbekiston

07.10.2025, 13:43

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Rossiyada migrantlarni ishdan boʻshatish tartibi soddalashtirildi

Rossiyada 1 martdan boshlab yangi qonun kuchga kirdi. Unga koʻra, agar muayyan mintaqa migrantlarni ishga jalb etishga cheklov yoki kvota joriy etsa, ish beruvchilar xorijiy xodimlarni ishdan boʻshatish huquqiga ega boʻladi. 

Jahon

02.03.2026, 13:46

Rossiyada yangi tartib joriy etildi: yana migrantlar ziyoniga

Rossiya Ichki ishlar vazirligi xorijliklarning mamlakatdan chiqib, keyin qayta kirish orqali migratsiya maqomini yangilash amaliyotiga chek qoʻydi. Endi ularga bolalarni bogʻcha yoki taʼlim muassasalariga joylashtirish, transport vositasini boshqarish va yana bir qator taqiqlar qoʻyildi.

Siyosat

05.11.2025, 12:51

«Biz ularni erkalatib yubordik» — Sergey Mixeyev Markaziy Osiyo davlatlari haqida

Vladimir Solovyov boshlovchiligidagi «Vecher s Vladimirom Solovyovыm» koʻrsatuvida ishtirok etgan siyosatshunos Sergey Mixeyev mintaqadagi suveren davlatlarning tashqi siyosatini tanqid qildi.

Jahon

28.01.2026, 13:19

Rossiyada hindistonlik mehnat muhojirlari soni keskin oshdi — maoshlar neftdan tushgan rupiyalarda toʻlanadi

Ularga taklif etilayotgan oylik maosh 475–950 yevroni tashkil etmoqda, ayrim hollarda esa 100 ming rublgacha yetadi. Yashash joyi, ovqat va rus tili kurslari ham taʼminlanmoqda.

Jahon

17.01.2026, 09:47

Prezidentdan keskin talab: elchilar “kabinet diplomatiyasi”ni toʻxtatadi

Prezident elchilarni rasmiy ish uslubidan voz kechib, xorijda ishlayotgan va oʻqiyotgan fuqarolar oldiga bevosita borib, ularning muammolari bilan joyida shugʻullanishga chaqirdi.

Oʻzbekiston

15.01.2026, 18:49

Xalqaro huquqqa ham, xalqaro tartibga ham tupurdik - Vladimir Solovyov nima demoqchi?

«Oʻyin tugadi. Biz xalqaro huquqqa ham, xalqaro tartibga ham tupurdik», — rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyov Markaziy Osiyoni Rossiyaning navbatdagi «maxsus operatsiya» nuqtasiga aylantirishga chaqirdi.

Siyosat

13.01.2026, 09:49

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45