Afgʻoniston Yaqin Sharq geosiyosiy shaxmat taxtasida

2025 yilning 13 iyunidan 24 iyunigacha davom etgan Isroil va Eron oʻrtasidagi "12 kunlik urush" Yaqin Sharqdagi chalkash geosiyosiy vaziyatni, mintaqaviy yetakchilik uchun shiddatli raqobatni va mintaqa davlatlari uchun aniq bir tomonni tanlashning muhimligini yaqqol namoyon etdi. Yaqin Sharq oʻziga xos va shaxmat taxtasidagi har bir dona nozik ahamiyatga ega boʻlib, kutilmagan yurishlar va manyovrlarga tayyor turish lozim.

Afghanistan on the Geopolitical Chessboard of the Middle East

Xalqaro hamjamiyat eʼtibori mintaqaning bevosita aktorlariga, Gʻazo, Liviya va Suriyaga qaratilgan ushbu xavfli inqiroz sharoitida, mintaqaga nisbatan chetda joylashgan boʻlishiga qaramay, mazkur jarayonlarga tobora koʻproq aralashib borayotgan Afgʻonistonga ham eʼtibor qaratish oʻrinlidir. Isroil va Eron oʻz taʼsir doiralarini ham mafkuraviy, ham strategik jihatdan kengaytirishga intilmoqda. Shu nuqtai nazardan, Janubiy va Markaziy Osiyo, jumladan Afgʻoniston, ayniqsa Eron uchun geosiyosiy raqobatning asosiy maydoniga aylanib bormoqda.

Natijada, Afgʻonistonning geografik va diplomatik oʻrni yana ham strategik ahamiyat kasb etishi mumkin, chunki mintaqaviy kuchlar Eronning sharqdagi taʼsirini muvozanatlashtirishga intilmoqda. Bu raqobat sarmoyalar, savdo yoʻllari, ommaviy axborot vositalari va gumanitar tashabbuslarida namoyon boʻlishi mumkin. Ayni paytda, Afgʻonistonning betarafligi va ichki siyosati hal qiluvchi ahamiyatga ega – ayniqsa, tashqi kuchlar uni bufer hudud yoki keng mintaqaviy kurashning strategik yoʻlagi sifatida koʻrayotgan bir vaqtda.

 

Manfaatlarga asoslangan munosabatlar

 

Dastlab Eron 2021 yilda Kobulda hokimiyatga kelgan Tolibon hukumati bilan rasmiy aloqalar oʻrnatishdan tiyildi. Biroq, keyinchalik u Afgʻoniston bilan bir qator masalalar – xavfsizlik, migratsiya, suv resurslari va terrorizmga qarshi kurash boʻyicha amaliy hamkorlikka oʻtishga majbur boʻldi.

 

Birinchidan, Eronning Suriya, Livan va Falastindagi proksi guruhlarining kuchsizlanishi yoki yoʻq qilinishi Eronni yangi strategik ittifoqchilar, jumladan Afgʻonistonni izlashga majbur etdi. Afgʻoniston Suriya kabi strategik ahamiyatga ega boʻlmasa-da, Isroil bilan yangi mojaro yuz bergan taqdirda koʻngilli harbiy kuchlar yetkazib berish imkoniyatiga ega. Shu bois Eron afgʻon shialarini, xususan "Fotimiyun brigadasi" jangchilarini qayta jalb qilishga harakat qildi. Biroq Tolibon buni qatʼiyan rad etib, oʻz hududida uchinchi davlatlarga harbiy harakatlar oʻtkazish va jangchilarni yollashga ruxsat berish Afgʻoniston suverenitetiga tahdid solishini taʼkidladi. Boshqa tomondan, Tehron bilan yaqinlashuvni Kobulning Yaqin Sharqdagi yetakchi kuchlardan birini de-fakto tan olishga intilishi sifatida baholash mumkin. Bu esa Afgʻoniston tashqi siyosati va diplomatiyasida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. 2023 yil 7 oktabr kuni Gʻazo sektorida Isroil va HAMAS jangarilari oʻrtasida boshlangan urush Yaqin Sharqdagi geosiyosiy jarayonlarni yanada tezlashtirdi. Eron oʻzini "Islom qalqoni" sifatida koʻrsatib, butun urush davomida HAMASni qoʻllab-quvvatladi. Shu bilan birga, Afgʻoniston Eron bilan birdamligini bildirdi va Falastin xalqini qoʻllab-quvvatladi. 

 

Ikkinchidan, Eron Afgʻoniston bilan iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga intildi. U Xaf-Hirot temir yoʻli va Chobahor porti kabi infratuzilma loyihalariga sarmoya kiritdi. Xaf-Hirot temir yoʻl liniyasi Eronning ustuvor loyihalaridan biridir: u nafaqat byudjet daromadlarini oshiradi va Eron va Afgʻoniston oʻrtasidagi transport xarajatlarini kamaytiradi, balki mintaqada barqarorlik, xavfsizlik, ish oʻrinlari yaratish va umumiy iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga ham hissa qoʻshadi.

 

Chobahor porti Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afgʻonistonni Hind okeani bilan bogʻlovchi, Sharq va Gʻarb, Janub va Shimolni tutashtiruvchi tranzit yoʻl sifatida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. "Tolibon"ning 2016 yilda Hindiston va Afgʻonistonning sobiq hukumati tomonidan boshlab qoʻyilgan Chobahor-Zahidon temir yoʻli loyihasini davom ettirishga tayyorligi, shuningdek, 35 million dollar miqdorida sarmoya kiritishni vaʼda qilishi Pokistonga qaramlikdan xalos boʻlish istagini koʻrsatmoqda. Biroq, 2025 yilda AQSh prezidenti Donald Trampning Eronga qarshi qoʻllagan "maksimal bosim" siyosati tufayli Chobahor porti sanksiyalar taʼsiriga uchradi. Loyihaning istiqboli hamon noaniq. Umuman olganda, Eron-Afgʻoniston munosabatlarini gʻoyaviy ziddiyatlarni chetga surib, oʻzaro iqtisodiy va siyosiy manfaatlar asosiga qurilgan, deb taʼriflash mumkin.

 

Josuslar oʻyini

 

Bir qator Rossiya manbalarining xabar berishicha, 2025 yilning iyun oyida Eron-Isroil mojarosining kuchayishi Eron va Afgʻoniston oʻrtasidagi munosabatlarning yangi qirralarini ochib berdi. Eng tashvishli voqealardan biri Isroil maxfiy xizmati "Mossad" bilan bogʻliq katta josuslik tarmogʻining fosh etilishi boʻldi. Maʼlum qilinishicha, Tehronda Eron hududida buzgʻunchilik faoliyatini amalga oshirish uchun yollangan afgʻon fuqarolari guruhi qoʻlga olingan. Ularning aksariyati Qandahorlik pushtunlar ekanligi aniqlandi. Bu holat Eron hukumatini tashvishga soldi va Eron-Isroil inqirozi sharoitida "Tolibon" rejimining betarafligi shubha uygʻotdi.

Foto: Reporter

 

Xuddi shu manbalarga koʻra, Isroil maxfiy xizmati Afgʻoniston hududidan, ayniqsa Hirot viloyati va Shindand shahridan, Eronga dronlar va portlovchi moddalarni yetkazib berish uchun oʻtish yoʻli sifatida foydalangan boʻlishi mumkin. Agar bu maʼlumot oʻz tasdigʻini topsa, bu Isroil maxfiy xizmatining Eron hududiga chuqur kirib borish imkoniyatiga ega ekanligini va afgʻon muhojirlaridan buzgʻunchilik operatsiyalarida foydalanish mumkinligini koʻrsatishi mumkin.

 

Bunday voqealar Eron va Afgʻoniston oʻrtasidagi pragmatik hamkorlikka barham berishi va ularning tashqi siyosiy mavqelarining beqarorlashuviga olib kelishi mumkin. Bunga yaqqol misol - Erondan afgʻon qochqinlarining ommaviy chiqarib yuborilishini koʻrishimiz mumkin.  Xalqaro migratsiya tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, 2025 yil 1 iyundan 27 iyungacha taxminan 233 ming kishi mamlakatdan chiqarib yuborilgan. Bu Afgʻonistonning savdo yoʻllari va iqtisodiy markazlarida tirbandlik, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining sezilarli darajada susayishiga sabab boʻldi.

Foto: The Hindu

 

Biroq, Eron-Afgʻoniston munosabatlarida kuchayib borayotgan ishonchsizlik va keskinlik har ikki tomon uchun ham muammolar keltirib chiqaradi. AQSh sanksiyalari tufayli Eron oʻz infratuzilmasidan toʻliq foydalana olmayapti va oʻzini Transafgʻon yoʻlagiga qayta yoʻnaltirishga majbur boʻlmoqda. Afgʻoniston uchun Eron logistikasi ham neft va gaz taʼminoti, ham asosiy tranzit markaziga aylanish istiqboli nuqtai nazaridan strategik ahamiyatga ega. 12 kunlik urush davrida Eron nefti eksportiga qoʻyilgan cheklovlar Afgʻonistonda yoqilgʻi narxining keskin koʻtarilishiga olib keldi.

 

Hozirgi sharoitda Afgʻoniston bir vaqtning oʻzida yangi imkoniyatlar va jiddiy tahdidlarga duch kelmoqda. Bir tomondan, barqarorlik va betaraflikni saqlab qolish orqali u transmintaqaviy savdo, energetika va diplomatiyada boʻgʻin sifatidagi rolini kuchaytirishi mumkin. Boshqa tomondan, mintaqaviy kuchlar oʻrtasidagi keskinlikning kuchayishi Afgʻonistonni geosiyosiy raqobat va axborot urushlariga tortishi mumkin, bu esa ichki birdamlikka putur yetkazish xavfini tugʻdiradi.

 

Xoʻjabekov Ubaydullo. 

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti / 

Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti

Mavzuga oid yangiliklar

Oq Uy Trampning Gʻazo boʻyicha tinchlik rejasini eʼlon qildi. Tramp Gʻazoni oʻzi boshqarmoqchi

Oq Uy Trampning Gʻazo boʻyicha tinchlik rejasini eʼlon qildi. Tramp Gʻazoni oʻzi boshqarmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp Gʻazodagi urushni toʻxtatishga qaratilgan 20 bandlik tinchlik dasturini eʼlon qildi. Dastur Tramp va Netanyahu bilan uchrashuvidagi jonli efirda muhokama qilindi hamda administratsiyaning RapidResponse47 nomli kanalida eʼlon qilindi.

Jahon

30.09.2025, 15:01

Иран и Афганистан: новая волна депортации

Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda

2025 yil iyun oyida Eron hududidan Afgʻonistonga 256 mingdan ortiq kishi qaytgan. Shu bilan birga, iyul oyida bu raqam yanada oshishi kutilmoqda. Keng koʻlamli deportatsiyalar Afgʻoniston iqtisodiyoti va ijtimoiy tuzilmasiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Siyosat

11.07.2025, 12:20

20 ta musulmon mamlakat Isroilning Eronga tajovuzini qoralab, qoʻshma bayonot qabul qildi

20 ta musulmon mamlakat Isroilning Eronga tajovuzini qoralab, qoʻshma bayonot qabul qildi

Dunyodagi 20 ta musulmon mamlakat Isroilning Eronga tajovuzini qoralash toʻgʻrisida Arab va islom davlatlarining qoʻshma bayonoti qabul qilindi. Unda Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlarini toʻxtatish va muzokaralar yoʻliga qaytish zarurligi tasdiqlandi.

Siyosat

18.06.2025, 12:37

Isroil razvedkasiga ishlagan shaxs Eronda oʻlimga hukm qilindi

Isroil razvedkasiga ishlagan shaxs Eronda oʻlimga hukm qilindi

Eron hukumati Isroil maxfiy xizmati Mossad nomidan josuslik qilishda ayblangan Ismoil Fekri ismli shaxsni oʻlimga hukm qilindi. Bu haqda "Deutsche Welle" nashri xabar qildi.

Jahon

16.06.2025, 16:07

Al-Sharaa Trampning Gʻazo rejasini "jiddiy jinoyat" deya baholadi

Al-Sharaa Trampning Gʻazo rejasini "jiddiy jinoyat" deya baholadi

Suriyaning yangi rahbari Ahmad al-Sharaa 10 fevral kuni efirga uzatilgan bayonotida AQSh Prezidenti Donald Trampning Gʻazodan falastinliklarni koʻchirish va hududni egallab olish rejasini "jiddiy jinoyat" deb atadi va bu reja oxir-oqibat muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanishini bildirdi. Bu haqda "Reuters" axborot agentigi xabar berdi.

Jahon

12.02.2025, 13:55

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi

AQSh rahbari Donald Tramp Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi urush butunlay tugaganini eʼlon qildi. Uning aytishicha, dushanba yoki seshanba kuni asirlar almashinuvi boʻladi. Shuningdek, u Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi tinchlikka erish boʻyichagi Misrdagi imzolash marosimiga ham qatnashish niyati bor ekanini maʼlum qildi.

Jahon

09.10.2025, 23:30

So‘nggi yangiliklar

Rossiyada Oʻzbekistonlik migrant OMONchilar tomonidan kaltaklab oʻldirildi

Rossiyaning Xabarovsk shahrida Oʻzbekiston fuqarosining vafoti yuzasidan mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tomonidan rasmiy nota taqdim etildi.

Jahon

02.01.2026, 15:41

Nega ayrim mamlakatlar baland minoralar qurishdan voz kechyapti?

Bir vaqtlar dunyodagi eng baland minorani qurish davlat qudrati va iqtisodiy salohiyat ramzi hisoblangan. Biroq soʻnggi oʻn yillikda bu yondashuv qayta koʻrib chiqilmoqda.

Jahon

02.01.2026, 10:18

Oʻzbekistonda ilk bor korxonalarga “Halol” belgisi berildi

2025 yil 1 fevralda hukumat halol mahsulotlarni tekshirish va belgilash boʻyicha tartib joriy qildi. 

Iqtisodiyot

31.12.2025, 12:08

Yangi yil anʼanalari: urf-odatlar orqali xalqlarni tanish

Yangi yil — dunyoning barcha burchaklarida nishonlanadigan eng ommaviy bayramlardan biri. Biroq uni qarshi olish usullari har bir xalqda mutlaqo oʻziga xos. 

Madaniy

31.12.2025, 10:32

2025 yil: ijtimoiy tarmoqlar orqali shakllangan kun tartibi va ochiq qolgan savollar

2025 yil Oʻzbekiston jamiyati hayotida ijtimoiy tarmoqlar orqali yuzaga chiqqan voqealar, rezonansli videolar va jamoatchilik bosimi bilan yodda qoldi.

Oʻzbekiston

30.12.2025, 19:13

Toʻliq toʻlash yoki boʻlib toʻlash: uy xaridida qaysi qaror toʻgʻri?

Uy xarid qilish inson hayotidagi eng yirik moliyaviy qarorlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yangi qurilish bozorida toʻlov usulini toʻgʻri tanlash kelajakdagi moliyaviy barqarorlikka bevosita taʼsir qiladi.

Oʻzbekiston

30.12.2025, 10:50

Zelenskiy Tramp bilan uchrashdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun Florida shtatdagi Mar-a-Lago qarorgohiga keldi.

Jahon

29.12.2025, 17:24

Google SI infratuzilmasini kengaytiradi

Google sunʼiy intellekt infratuzilmasini kengaytirish maqsadida toza energiya sohasida faoliyat yurituvchi Intersect Power kompaniyasini taxminan 4,75 milliard dollar evaziga sotib oldi.

Jahon

29.12.2025, 12:34

Atambayev davlat mukofotlaridan mahrum qilindi

Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev barcha davlat mukofotlaridan mahrum etildi. Tegishli farmonni mamlakatning amaldagi prezidenti Sadir Japarov imzoladi.

Jahon

29.12.2025, 11:42

Yangi yil arafasida firibgarlar faollashdi: bitta havola orqali bank kartangizdan ayrilishingiz mumkin

Yangi yil bayramlari arafasida Telegram va ijtimoiy tarmoqlar orqali “yangi yil sovgʻalari” niqobi ostidagi zararli havolalar faol tarqalmoqda.

Oʻzbekiston

29.12.2025, 10:29

174 oila koʻchada qoladimi?

Oilaviy yotoqxonada yashash — huquq yoʻq degani emas. Baʼzilar oilaviy yotoqxonada yashayotgan insonning qadri yoʻq, deb oʻylaydi.

Oʻzbekiston

28.12.2025, 20:24

AQShda Bayden davrida qabul qilingan oʻnlab qonunlar bekor qilindi

AQSh Kongressidagi respublikachilar 2025 yil davomida mamlakatning sobiq prezidenti — Jo Bayden maʼmuriyati davrida qabul qilingan rekord miqdordagi qonun va qarorlarni bekor qildi.

Jahon

28.12.2025, 10:23