AQSh 19 davlat fuqarolariga berilgan grin-kartalarni qayta tekshiradi
Tramp maʼmuriyati AQShga 19 davlatdan koʻchib kelgan fuqarolarga berilgan grin-kartalarni toʻliq qayta koʻrib chiqishini maʼlum qildi. Bu qaror Oq uy yaqinida Milliy gvardiya harbiylariga qilingan qurolli hujumdan keyin qabul qilindi. Afgʻoniston fuqarosi hujumni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Jahon
28.11.2025, 11:20
Ulashish:

AQSh fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) rahbari Jozef Edlouning aytishicha, prezident unga «tashvish uygʻotuvchi barcha davlatlardan kelgan har bir chet ellikning grin-kartasini tubdan va sinchiklab qayta tekshirish» vazifasini yuklatgan.
Immigratsiya xizmati tekshiriladigan mamlakatlar roʻyxati Trampning iyun oyidagi farmoniga asoslanishini aytdi. Ushbu farmonda AQShga 12 ta Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari (Afgʻoniston, Myanma, Chad, Kongo, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan, Yaman) fuqarolarining kirishi taqiqlangan, yana yetti davlat (Burundi, Kuba, Laos, Serra-Leone, Togo, Turkmaniston va Venesuela) fuqarolari uchun cheklovlar joriy etilgan edi.
Grin-kartalarni qayta tekshirish haqidagi bayonot Vashingtonda ikki nafar Milliy gvardiya xizmatchisiga qilingan oʻq otishdan keyin berildi. Jarohat olgan harbiylardan biri — Sara Bekstrom shifoxonada vafot etdi.
Gumonlanuvchi Raxmonullo Lakanval AQShga 2021 yilda amerikalik qoʻshinlarni Afgʻonistondan chiqarishdan keyin afgʻonlarga berilgan maxsus muhofaza dasturi orqali kelgan.
Jahon
28.11.2025, 11:20
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Oy borib omon qaytmayotgan oʻgʻlonlar...
Oʻzbekiston
17.11.2025, 17:41

Ramazon oyi 2026 yil 19 fevraldan boshlanishi kutilmoqda
Madaniy
11.11.2025, 09:23

Tolibon Oʻzbeksiton chegarasida nima qurmoqda?
Jahon
06.11.2025, 12:11

Isitish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha baʼzaviy meʼyor 5 barobarga oshiriladi
Oʻzbekiston
30.10.2025, 17:05

Yangi aeroport qurilishi uchun aholi uylari buziladimi?
Oʻzbekiston
30.10.2025, 12:33

Isitish tizimi qachon yoqiladi va harorat qanday boʻlishi kerak?
Oʻzbekiston
29.10.2025, 14:57
So‘nggi yangiliklar

Elektron sigaretalarni oʻtkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
Oʻzbekiston
28.11.2025, 10:01

Hongkongda yongʻin qurbonlari kamida 94 nafarga yetdi, oʻt oʻchiruvchilar ikkinchi kun ham yongʻin bilan kurashmoqda
Jahon
28.11.2025, 09:49

Ekoreydlar natijasida chiqindi yoqayotgan korxonalar aniqlandi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 16:20

Moskva viloyatidagi masjidda OMON reyd oʻtkazdi
Jahon
27.11.2025, 14:24

Toshkent IES boʻyicha video haqiqatga toʻgʻri kelmaydi — Energetika vazirligi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 11:41

Aliment toʻlovchilar chet davlatga chiqishi mumkin boʻladi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 09:55

Oʻzbek—fransuz universiteti tashkil etiladi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 09:38

Gateway cherkovi asoschisi 12 yoshli qizga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qilganini tan oldi
Jahon
26.11.2025, 12:22

Qaddofiyning yoʻqolgan boyliklari qayerda? 14 yillik qidiruv va hanuz ochilmagan sirlar
Jahon
26.11.2025, 10:42

Eron–Turkiya Janubiy Yoʻlagi Markaziy Osiyo uchun nega muhim?
Iqtisodiyot
26.11.2025, 09:23

Saudiya Arabistoni ikki yangi alkogol doʻkonini ochadi — Reuters
Jahon
26.11.2025, 08:26
Mashhur yangiliklar

Oy borib omon qaytmayotgan oʻgʻlonlar...
Oʻzbekiston
17.11.2025, 17:41

Ramazon oyi 2026 yil 19 fevraldan boshlanishi kutilmoqda
Madaniy
11.11.2025, 09:23

Tolibon Oʻzbeksiton chegarasida nima qurmoqda?
Jahon
06.11.2025, 12:11

Isitish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha baʼzaviy meʼyor 5 barobarga oshiriladi
Oʻzbekiston
30.10.2025, 17:05

Yangi aeroport qurilishi uchun aholi uylari buziladimi?
Oʻzbekiston
30.10.2025, 12:33

Isitish tizimi qachon yoqiladi va harorat qanday boʻlishi kerak?
Oʻzbekiston
29.10.2025, 14:57
