AQSh Gʻazoni egallaydi — Tramp

Kecha, 4 fevral kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Oq uyda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan boʻlgan uchrashuvida Amerika Gʻazo sektoridagi aholini boshqa yerga koʻchirishini, odamlardan boʻshagan hududni egallab, sektorning iqtisodiy holatini yaxshilashini maʼlum qildi. Bu haqda "Associated Press"ga tayangan holda "Deutsche Welle" nashri xabar berdi.

Jahon

05.02.2025, 12:57

Ulashish:

AQSh Gʻazoni egallaydi — Tramp

AQSh Gʻazoni egallaydi — Tramp

Trampning soʻzlariga koʻra, AQSh Gʻazo sektori ustidan nazorat qilib, u yerda portlamay qolgan bomba va boshqa qurollardan demontaj qiladi. 

"Agar kerak boʻlsa, biz uning ustidan nazorat qilamiz, uni rivojlantiramiz, minglab ish oʻrinlarini yaratamiz. Bu butun Yaqin Sharq faxrlanadigan narsa boʻladi. U yer Yaqin Sharq "riviera"sining uyi boʻladi. Men buni koʻp oylar davomida juda diqqat bilan oʻrganib chiqdim", deya aytgan Tramp.

Isroil Bosh vaziri Netanyaxu esa bu soʻzlarni ijobiy qabul qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, Tramp "qutidan tashqarida, yangi gʻoyalar bilan oʻylaydi" va doim "anʼanaviy fikrlashni buzishga tayyorligini namoyish etadi". 

Trampning bu taklifi allaqachon AQSh siyosatchilarining tanqidiga sabab boʻldi. Demokrat senator Kris Myorfi Prezident Tramp "aqldan ozganini" aytib chiqdi.

"U butunlay aqldan ozgan. AQShning Gʻazoga bostirib kirishi minglab amerikalik askarlarning oʻlimiga va oʻnlab yillar davomida Yaqin Sharqdagi urushga olib keladi. Bu hazilga oʻxshaydi", deb yozgan parlament aʼzosi X'dagi oʻzining sahifasida.

Tramp tarafdori — Janubiy Karolina shtatidan respublikachi senator Lindsi Grem ham bu yangilikka shubha bilan qaramoqda.

"Keling, arab doʻstlarimiz bu haqda nima deyishlarini koʻrib chiqaylik. Oʻylaymanki, janubiy karolinaliklarning aksariyati amerikaliklarni Gʻazoni qoʻlga olish uchun yuborishdan xursand emas. Menimcha, bu muammoli boʻlishi mumkin", deya fikr bildirgan u. 

Jahon

05.02.2025, 12:57

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

“Oʻzbekiston Gʻazoda maktab va shifoxonalar qurishga tayyor” — Mirziyoyev

Vashingtonda oʻtgan “Tinchlik kengashi” sammitida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqadagi gumanitar inqirozni bartaraf etish va vayron boʻlgan infratuzilmani tiklash yuzasidan muhim bayonot bilan chiqdi.

Oʻzbekiston

20.02.2026, 08:09

Gʻazo uchun qaysi davlat qanday yordam beradi?

19 fevral kuni Vashingtonda AQSh Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan Tinchlik kengashining ilk yigʻilishida yetakchilar Gʻazo boʻyicha oʻz yordam takliflarini bildirishdi.

Jahon

21.02.2026, 07:37

Gʻazo uchun 5 mlrd dollardan ortiq mablagʻ ajratiladi

AQSh prezidenti Donald Tramp «Tinchlik kengashi»ga aʼzo davlatlar Gʻazoni tiklash va gumanitar yordam uchun 5 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratishini maʼlum qildi.

Jahon

16.02.2026, 09:10

Tramp Grenlandiya boʻyicha daʼvolarini kuchaytirdi

Tramp 21 yanvar kuni Shveysariyada boʻlib oʻtadigan forumda ishtirok etib, Grenlandiya bilan bogʻliq masalani bir qator “manfaatdor tomonlar” bilan muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Jahon

21.01.2026, 08:36

Venesuela muxolifatchisi Trampga Nobel mukofoti medalini sovgʻa qildi

15 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado bilan uchrashdi. Uchrashuvda Machado tinchlik boʻyicha Nobel mukofotining oltin medalini Trampga ramziy sovgʻa sifatida topshirdi.

Jahon

16.01.2026, 09:35

AQSh tarixidagi eng uzoq — 43 kunlik shatdaun yakunlandi

AQSh tarixidagi eng uzoq davom etgan — 43 kunlik hukumat faoliyatining toʻxtashi (shatdaun) yakunlandi. Prezident Donald Tramp byudjetni imzoladi, hujjat avval Senat, soʻngra Palata vakillari tomonidan maʼqullandi. Shatdaun mamlakatga $1,5 trln atrofida iqtisodiy zarar keltirgan.

Jahon

13.11.2025, 11:59

So‘nggi yangiliklar

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda

Baxtiyor Shuhratovich Fozilov Eriell Group, Enter Engineering, Saneg va Ferkensco kabi yirik kompaniyalarning asosiy aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.

Oʻzbekiston

09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov

Hurmuz boʻgʻozida yuzaga kelgan keskin vaziyat global savdo va energetika bozorlariga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirda Fors koʻrfazi hududida 250 ga yaqin kema toʻxtab qolgani dunyo taʼminot zanjirlari va neft narxlariga bosimni kuchaytirmoqda.

Iqtisodiyot

09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda jazo oʻtayotgan ayollarga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarosining TikTok tarmogʻiga joylagan videosi hamda uning politsiya tomonidan ushlangani haqida turli xabarlar tarqaldi. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg

Gʻarbiy Osiyodagi beqarorlik kuchayib, Eronning AQSh va Isroil zarbalariga javob qaytarishi logistika muammolarini keltirib chiqardi.

Iqtisodiyot

08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin

Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumaniga Andijondan kelin boʻlib tushgan Nasibaxon Ibrohimova kelinlik sepiga odatdagidek turli maishiy buyumlar emas, balki 800 ta ilmiy va badiiy kitob qoʻshib olib keldi.

Madaniy

08.03.2026, 07:37

Vengriya konfiskovala ukrainskiye millionы i zoloto: diplomaticheskiy skandal mejdu Kiyevom i Budapeshtom.

Vengriya zaderjala sem ukrainsev i dva bronirovannыx avtomobilya s millionami yevro i 9 kg zolota, otkrыv rassledovaniye po otmыvaniyu deneg. Kiyev obvinyayet Orbana v politicheski motivirovannoy provokatsii, Zelenskiy prigrozil premeru, vыzыvaya shok i napryajeniye v Vengrii. 

Iqtisodiyot

07.03.2026, 14:42

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.

1–5 martda Yaqin Sharqdan Oʻzbekistonga 9 361 nafar, Qozogʻistondan esa 4 700dan ortiq fuqaro evakuatsiya qilindi. Evakuatsiya aviareyslar va nazorat yoʻllari orqali tizimli va bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirilmoqda. 

Siyosat

07.03.2026, 14:19

Zamonaviy urushning xavfli quroli: Navigatsiya buzildi, yuzlab kemalar ortda qoldi

AQSh va Isroilning Eronga hujumlaridan soʻng Hurmuz boʻgʻozi va boshqa mintaqalarda elektron signallarni buzish holatlari aniqlandi. 

Jahon

07.03.2026, 14:12

Emirates Airlines

Dubay parvozlari tiklanmoqda: Emirates yaqin kunlarda toʻliq faoliyatga qaytishni rejalashtirmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli toʻxtab qolgan parvozlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Emirates aviakompaniyasi yaqin kunlarda reyslarni toʻliq hajmda qayta yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Aviatsiya xabidagi uzilishlar Dubay iqtisodiyotiga katta moliyaviy yoʻqotishlar keltirgan. 

Jahon

07.03.2026, 13:27

Irina Matviyenko “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nemolchi.uz ijtimoiy loyihasi rahbari Irina Matviyenkoni mamlakatda ijtimoiy himoyani mustahkamlashga qoʻshgan hissasi va faol jamoatchilik ishlari uchun “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirladi.

Oʻzbekiston

07.03.2026, 13:14

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi

Oʻzbekiston Markaziy banki talabi bilan toʻlov tashkilotlari va banklarning mobil ilovalarida kartadan-kartaga (P2P) pul oʻtkazishda “oʻtkazma maqsadini koʻrsatish” tartibi majburiy ravishda joriy etildi.

Iqtisodiyot

07.03.2026, 13:08