updated: 22.03.2026, 16:39

AQSh Netanyahuning “Gʻazoni toʻliq egallash rejasi” borasida sukut saqlamoqda

AQSh Davlat departamenti Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning Gʻazo sektorini toʻliq okkupatsiya qilish bilan bogʻliq yangi rejalar tayyorlayotgani haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi.

Jahon

06.08.2025, 14:42

Ulashish:

AQSh Netanyahuning “Gʻazoni toʻliq egallash rejasi” borasida sukut saqlamoqda

Davlat departamentidagi matbuot anjumanida idoraning rasmiy vakili Temmi Bryus Isroil rejalari va ularning AQSh siyosatiga mosligi haqidagi savollarga javob berishdan tiyildi.

«Isroil rejalari va hozirgi xabarlarga kelsak, men sizlarni Isroil hukumatiga murojaat qilishga chorlayman. Biz xorijiy hukumatlarning bayonotlarini izohlamaymiz», — dedi Bryus.

Jurnalist tomonidan berilgan Isroilning Gʻazoda harbiy harakatlarni yanada kuchaytirigi AQSh prezidenti Donald Trampning urushni tugatishga qaratilgan bayonotlariga zid emasmi, degan savolga Bryus shunday javob berdi:

«Men Isroil rejalari haqida gapirmayman. Hozir turli xabarlar tarqalmoqda. Men boshqa hukumatlarning harakatlarini muhokama qilmayman. Ayta oladigan yagona narsa shuki, Tramp maʼmuriyati bu masalada juda jiddiy ishlamoqda. U (Tramp) urushni tugatishni istaydi».

Bundan avval Isroilning davlat telekanali boʻlmish KAN oʻz manbalariga tayanib, Netanyahu Gʻazoni toʻliq egallash rejasini maʼqullayotganini xabar qilgandi. Ammo kanal maʼlumotiga koʻra, Isroil qurolli kuchlari (SAXAL) bosh shtabi rahbari Eyal Zamir bunday rejaga qarshi chiqqan.

Bunga javoban Netanyahu ofisi Zamirga shunday mazmunda javob qaytargan:

«Agar Gʻazoni toʻliq okkupatsiya qilish rejasi sizga mos kelmasa, isteʼfoga chiqishingiz kerak».

Jahon

06.08.2025, 14:42

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Donald Tramp: “Erdoʻgʻan juda toʻgʻri ish qildi”

AQSh prezidenti Donald Tramp Gʻazoda otashkesim jarayonida Turkiyaning katta hissasi boʻlganini taʼkidladi. 

Jahon

10.10.2025, 18:04

AQSh bir qator Yevropa davlatlarining Falastinni tan olish qarorini qoʻllab-quvvatlamadi

AQSh bir qator Yevropa davlatlarining Falastinni tan olish qarorini qoʻllab-quvvatlamadi

Chorshanba kuni AQSh maʼmuriyati Norvegiya, Irlandiya va Ispaniyaning Falastinni tan olish qarorini tanqid qilib, Falastin davlatchiligiga “bir tomonlama tan olish” orqali erishib boʻlmasligini taʼkidladi.

Siyosat

23.05.2024, 11:12

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?

Bugungi asosiy savol — oʻz hududlariga raketa va dronlar tushayotgan bir sharoitda, arab davlatlari Eronga qarshi ochiq urushga kirishadimi yoki neytral pozitsiyani saqlab qoladimi?

Jahon

05.03.2026, 17:25

AQSh xodimlariga Isroilni tark etishga ruxsat berildi

27 fevral kuni AQSh Davlat departamenti xavfsizlik xatarlari ortishi tufayli Isroildagi favqulodda boʻlmagan xodimlari va ularning oilalariga mamlakatni tark etishga ruxsat berdi.

Jahon

28.02.2026, 10:03

Gʻazo yana xavf ostida: Isroil yordam tashkilotlari faoliyatini cheklamoqchi

Isroil hukumati 1 mart kuni urushdan vayron boʻlgan Gʻazo, bosib olingan Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi 37 ta yordam guruhi faoliyatini taqiqlashini aytdi.

Jahon

26.02.2026, 10:29

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45