AQSh siyosatiga norozilik bildigan 17 mingga yaqin muxlis JCh–2026 chiptalarini bekor qildi
2026 yil futbol boʻyicha Jahon chempionati arafasida minglab muxlislar avval xarid qilingan chiptalaridan voz kechmoqda.
Jahon
15.01.2026, 12:31
Ulashish:

Musobaqa 2026 yil 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Meksika va Kanadada oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlsa-da, chiptalarni bekor qilish sabablari sportga emas, balki siyosiy omillarga bogʻliq ekani aytilmoqda.
Soʻnggi kunlarda taxminan 16 800–17 000 nafar muxlis Jahon chempionati oʻyinlari uchun olingan chiptalarini qaytargan. Ular bu qarorni AQShning tashqi siyosati, xususan Venesuela va migrantlarga nisbatan olib borilayotgan siyosatdan norozilik bilan izohlamoqda. Kuzatuvchilar mazkur holatni turnirga bormaslik orqali amalga oshirilayotgan ramziy boykot sifatida baholamoqda.
Muxlislar noroziligining asosiy sabablari sifatida AQShning ayrim xalqaro siyosiy qarorlari, mamlakatdagi xavfsizlik va immigratsiya siyosati, shuningdek, faollar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan boykot chaqiriqlari keltirilmoqda. Ayniqsa, AQSh Migratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) faoliyati bilan bogʻliq holatlar muxlislar orasida xavotirni kuchaytirgan.
FIFA mazkur vaziyat yuzasidan tashkilot rahbariyati ishtirokida favqulodda yigʻilish oʻtkazishni rejalashtirgan. Unda chiptalarning ommaviy ravishda bekor qilinishi, turnir nufuziga ehtimoliy taʼsirlar hamda muxlislar xavfsizligi masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda. Biroq FIFA hozircha rasmiy bayonot bermadi, faqat vaziyatni barqarorlashtirish choralari koʻrib chiqilayotganini maʼlum qildi.
Shu bilan birga, chiptalardan ommaviy voz kechish ikkillamchi bozorga ham taʼsir koʻrsatmoqda. Taklif oshgani sabab chipta narxlari pasaya boshlagan. FIFA qoidalariga koʻra, chiptani osonlikcha qaytarish imkoniyati cheklangani uchun ayrim muxlislar ularni qayta sotuvga chiqarishga majbur boʻlmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?
Jahon
05.03.2026, 17:25

AQSh xodimlariga Isroilni tark etishga ruxsat berildi
Jahon
28.02.2026, 10:03

Jeffri Epshteyn ishi: asosiy voqealar va yangi oshkoralik
Jahon
05.02.2026, 09:29

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

AQSh JSSTdan rasman chiqdi
Jahon
23.01.2026, 18:10
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi
Madaniy
17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
