AQSh sogʻligʻi yomon boʻlgan shaxslarga viza berishni toʻxtatadi
AQSh hukumati ayrim kasalliklarga chalingan xorijlik fuqarolarga viza berishni cheklash haqidagi yangi siyosatni joriy etishni rejalashtirmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, yangi tartibga binoan semizlik, diabet, saraton va yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan shaxslar «ijtimoiy yuk» («public charge») deb baholanishi mumkin va ularning viza olish ehtimoli keskin pasayadi.
Jahon
10.11.2025, 09:44
Ulashish:

Bu haqda Telegram’dagi «Caucasian Bureau» kanali va qator xalqaro OAV xabar berdi.
«Ijtimoiy yuk» tamoyili AQSh immigratsiya qonunchiligida 1882 yildan beri mavjud boʻlib, oʻzini taʼminlay olmaydigan yoki davlat yordamiga muhtoj boʻlishi mumkin boʻlgan shaxslarga viza berilmasligini nazarda tutadi. Yangi siyosat shu qoida doirasini kengaytirib, sogʻliq bilan bogʻliq omillarni ham asosiy baholash mezoni sifatida kiritmoqda.
Xabarlarga koʻra, AQSh Davlat departamenti va Sogʻliqni saqlash departamenti immigratsiya hamda nodavlat vizalarni koʻrib chiqishda sogʻliq holatini asosiy omil sifatida baholash toʻgʻrisida yangi koʻrsatma ishlab chiqmoqda. Shu bilan, konsullik xodimlari viza arizasi berilgan shaxsning sogʻligʻi davlat yordamiga muhtoj boʻlishi ehtimolini baholaydi va bu holat rad etish uchun asos boʻlishi mumkin.
«San Francisco Chronicle» va «ABC News» nashrlarining yozishicha, ushbu siyosat Donal Tramp maʼmuriyati tomonidan taklif qilingan boʻlib, uning asosiy maqsadi — immigratsiya tizimini qatʼiylashtirish va davlat xarajatlarini qisqartirish hisoblanadi. «Times of India» nashri esa bu siyosatni «AQSh semizlik va sogʻliq holatlarini viza rad etish asosiga aylantirmoqda» deya baholagan.
Biroq inson huquqlari tashkilotlari bu qarorni tanqid qilib, uni diskriminatsion va axloqiy jihatdan ziddiyatli deb atadi. Mutaxassislar fikricha, bunday siyosat sogʻligʻi yomon boʻlgan odamlarning davlat yordamidan qoʻrqib davolanishdan voz kechishiga sabab boʻlishi mumkin.
Hozircha siyosatning aniq amalga kirish sanasi haqida rasmiy maʼlumot berilmagan. Ammo mutaxassislar fikricha, agar yangi qoidalar kuchga kirsa, AQSh vizasiga murojaat qiluvchilardan toʻliq tibbiy maʼlumotnoma va moliyaviy kafolat hujjatlari talab qilinishi mumkin.
Mavzuga oid yangiliklar

«Green Card» lotereyasi dasturi toʻxtatildi
Jahon
19.12.2025, 15:51

AQSh 19 davlat uchun viza berishni vaqtincha toʻxtatdi
Jahon
04.12.2025, 09:23

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?
Jahon
05.03.2026, 17:25

AQSh xodimlariga Isroilni tark etishga ruxsat berildi
Jahon
28.02.2026, 10:03

Gʻazo yana xavf ostida: Isroil yordam tashkilotlari faoliyatini cheklamoqchi
Jahon
26.02.2026, 10:29
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
