AQShda boʻron: kamida 7 kishi halok boʻldi, 1 milliondan ortiq aholi chiroqsiz qoldi
AQShda kuzatilayotgan kuchli qishki boʻron oqibatida kamida 7 kishi halok boʻldi, bir milliondan ortiq aholi elektr energiyasidan uzildi.
Jahon
26.01.2026, 12:46
Ulashish:

Mamlakatning sharqiy va janubiy hududlarini qor boʻroni, muzli yomgʻir va oʻta past harorat qamrab olgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Meksika qoʻltigʻi qirgʻoqlaridan tortib mamlakatning shimoli-sharqiy hududlarigacha boʻlgan keng hududda ob-havo keskin yomonlashgan. Shu sababli 10 mingdan ortiq aviareyslar bekor qilingan, bir qator shtatlarda favqulodda holat eʼlon qilindi.
Xususan, Luiziana shtatda ikki kishi qattiq sovuq — gipotermiya oqibatida vafot etgani tasdiqlangan. Nyu-York shahri meri Zohran Mamdani koʻchalardan kamida besh kishining jasadi topilganini maʼlum qildi. Aytilishicha, halok boʻlganlarning aksariyati boshpanasiz shaxslardir.

AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Karolina, Virjiniya, Jorjiya va Luizianani oʻz ichiga olgan 12 ta shtatda federal favqulodda holat rejimini tasdiqladi. U “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻida aholini ehtiyotkorlikka chaqirib, issiq joylarda qolishni soʻradi.
Milliy ob-havo xizmatiga koʻra, Yangi Angliya hududida qor qalinligi 45 santimetrgacha yetishi mumkin. AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi rahbari Kristi Noem aholini yoqilgʻi va oziq-ovqat zaxirasini oldindan tayyorlab qoʻyishga chaqirdi. Mutaxassislar Nyu-York shahrida soʻnggi 8 yil ichidagi eng past harorat qayd etilayotganini taʼkidlamoqda.
Shu bilan birga, Rossiyaning Kamchatka oʻlkasida ham kuchli qor boʻronlari oqibatida ikki kishi halok boʻlib, mintaqada favqulodda holat rejimi joriy etilgan. Ayrim joylarda qor qalinligi binolarning ikkinchi qavatigacha yetib, aholining uylarida qamalib qolishiga sabab boʻlgan.
Rasmiy idoralar vaziyatni nazorat qilishda davom etmoqda.
Jahon
26.01.2026, 12:46
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda
Jahon
12.03.2026, 11:38

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg
Jahon
11.03.2026, 16:58

Zamonaviy urushning xavfli quroli: Navigatsiya buzildi, yuzlab kemalar ortda qoldi
Jahon
07.03.2026, 14:12

Yaqin Sharq alangada: Eronning 6 toʻlqinli zarbalari ortidan keng koʻlamli urush xavfi kuchaydi
Jahon
02.03.2026, 10:18

Ali Xominaiy halok boʻldi: Eronda motam, rasmiy Tehron qasos haqida ogohlantirdi
Jahon
01.03.2026, 08:32
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 16:56

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 14:48

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi
Jahon
12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda
Jahon
12.03.2026, 11:38

“Crocus City Hall” terakti: sud 15 nafar ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
Jahon
12.03.2026, 10:56

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 10:46
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
