BMTning boʻsh zalida Netanyahu Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilish kerkligini aytdi

Isroil Bosh vaziri Netanyahu BMT Assambleyasida nutq soʻzlashga chiqqanida barcha zalni tark etdi. U boʻsh zalda Gʻarbni Falastin mustaqil davlatini tan olayotganini qoralab, Eronga qarshi yangi sanksiyalar paketini joriy qilishni boʻsh zalga taklif qildi. U BMT minbarida turib AQSh lideri Trampni maqtadi.

Jahon

28.09.2025, 14:29

Ulashish:

BMTning boʻsh zalida Netanyahu Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilish kerkligini aytdi

Foto: Taylor Hill/ Getty Images

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu BMT Bosh Assambleyasida soʻzlab, Gʻarb davlatlarining Falastin davlatini tan olish qarorini keskin tanqid qildi. U ayrim davlatlarni “biryoqlama media, radikal islomiy baholash va antisemitizmda toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl tutishda” aybladi.

 

Netanyaxu Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasida soʻzlagan nutqida Isroilning Gʻazodagi qariyb ikki yildan beri davom etayotgan urushiga nisbatan kuchayib borayotgan global tanqidni "Isroilga qarshi siyosiy va huquqiy urush" deya rad etdi. U Gʻarbni "Isroilni qurbon qilish orqali muammodan qutulishga urinishda" aybladi.

 

Fransiya, Britaniya, Kanada, Avstraliya va boshqa Yevropa mamlakatlari Falastin davlatini tan olganidan bir necha kun oʻtib, Netanyahu Falastinning diplomatik harakatlarini "uyatli va sharmandali" deb qoraladi. U Gʻarb rahbarlari "7 oktabr qirgʻinini amalga oshirgan va qoʻllab-quvvatlagan murosasiz mutaassiblarga eng yuqori mukofotni berayotgani"ni taʼkidladi.

 

Netanyaxuning keskin nutqi Bosh Assambleyaning deyarli boʻsh zalida yangradi. Isroilning xalqaro miqyosda tobora yakkalanib qolayotganining belgisi sifatida, u minbarga koʻtarilganda koʻplab delegatsiyalar darhol zaldan chiqib ketishdi. Biroq Netanyaxu ilgari koʻp marta soʻzga chiqqan bu minbarda oʻzini yoʻqotmadi va kechirim soʻramadi. HAMAS, Eron va Gʻarb mamlakatlarini tanqid qilish bilan birga, Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Trampni maqtab, "u Isroil va Amerika umumiy tahdidga duch kelganini boshqa har qanday rahbardan koʻra yaxshiroq tushunishini" aytdi.

 

"Biz mutlaqo aniq fikrli va hushyor boʻlishimiz shart", — dedi Netanyaxu Eronning yadro dasturi haqida gapirar ekan, Tehronga qarshi tezkor sanksiyalar kiritishga chaqirib.

 

"Biz Eronning harbiy yadro quvvatlarini va boyitilgan uran zaxiralarini qayta tiklashiga aslo yoʻl qoʻymasligimiz kerak", — degan u.

 

Biroq Netanyaxuning eng kuchli xabari BMTda emas edi. Aksincha, u Gʻazoda boʻlib, u yerda Isroil harbiylariga oʻz nutqining ovozini qamal qilingan hududga uzatish uchun karnaylar oʻrnatishni buyurgan edi.

 

"Aziz qahramon askarlarimiz, men Bosh vazir Netanyaxu, sizlarga Birlashgan Millatlar Tashkilotidan toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilmoqdaman. Biz sizlarni bir lahza ham unutmadik", deya u garovdagilarga ibroniy va ingliz tillarida xitob qildi, soʻngra HAMASni ogohlantirdi: "Agar qolgan 48 nafar garovdagining barchasini ozod qilmasangiz, Isroil sizlarni izma-iz quvib boradi".

Jahon

28.09.2025, 14:29

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

AQSh oʻnlab BMT va xalqaro tashkilotlardan chiqmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatni BMT hamda xalqaro miqyosdagi 66 ta tashkilotdan chiqarishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.

Jahon

08.01.2026, 15:33

BMT tugatilishi kerakmi?

BMT tugatilishi kerakmi?

Birgina 2025 yilning oʻzida jahonda bir qancha urushlar va harbiy toʻqnashuvlar sodir boʻldi. AMillatlar Tashkiloti hech narsa qila olmadi. Hozirgacha davom etib kelayotgan Isroil mojarosi va Rossiya-Ukraina urushi hali ham tugagani yoʻq. Bu voqealarda ham BMT biror ish qila olmayotgani bugun hech kimga sir emas. Xoʻsh, nega? Bir necha oy oldin BMTni butunlay isloh qilish kerakligi haqida gapirgan mamlakat yetakchilari BMT Assambleyasi nutqida bu haqda har holda gapirmadi. Tashkilot butunlay tugatilib, oʻrniga boshqa tashkilot ochilishi kerakmi yoki u qaytadan isloh qilinishi? Paradigma.uz studiyasida shu haqida siyosatshunos Farhod Tolipov bilan suhbatlashdik.

Siyosat

15.10.2025, 12:24

Suriya prezidenti BMT minbaridan Turkiya va boshqa mamlakatlarga minnatdorlik bildirdi

Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara AQShning Nyu-York shahrida boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida nutq soʻzlab, Turkiya, Qatar, Saudiya Arabistoni qirolligi, barcha arab va islom davlatlari, Amerika Qoʻshma Shtatlari hamda Yevropa Ittifoqiga suriyaliklarga koʻrsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

Jahon

25.09.2025, 13:04

Oʻzbekiston prezidentining AQShga qilgan tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston prezidentining AQShga qilgan tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga tashrifi yakunlandi.

Siyosat

25.09.2025, 09:00

BMTda nutq soʻzlagan va Tramp bilan muzokara oʻtkazgan Shavkat Mirziyoyev yana kimlar bilan uchrashdi?

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida tashkilot Bosh kotibi va bir qator davlat rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Siyosat

24.09.2025, 06:37

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida nutq soʻzladi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida soʻzlagan nutqida bir qator muhim masalalarga toʻxtalib oʻtdi.

Siyosat

24.09.2025, 06:24

So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17