Davlat xaridlarining elektron tizimi tashkil etiladi

Eng yaxshi takliflar va arizalar tanlash natijalari boʻyicha shartnomalar davlat xaridlari elektron tizimida avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Ulashish:

Vazirlar Mahkamasining "Davlat xaridlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish hamda davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 476-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilarni belgilaydigan Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:

davlat xaridlari elektron tizimini tashkil etish tartibi;

davlat xaridlari subʼektlarini davlat xaridlari elektron tizimida roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari;

davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari tomonidan qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash va dastlabki monitoringni oʻtkazish choralari.

Belgilanishicha 2025 yil 15 avgustdan boshlab:

eng yaxshi takliflar va arizalar tanlash natijalari boʻyicha shartnomalar davlat xaridlari elektron tizimida avtomatik tarzda shakllantiriladi, jismoniy shaxslar bilan tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomalar bundan mustasno;

davlat xaridlarida elektron raqamli imzodan foydalangan holda qoʻlda yoziladigan shaklda tuziladigan shartnomalar elektron shaklda tuziladi, xorijiy yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalar bundan mustasno;

maxsus axborot portalida davlat xaridlari masalalari boʻyicha izohlar, takliflar va shikoyatlarni qoldirish uchun qayta aloqa tartibi joriy etiladi;

jamoatchilik muhokamasiga chiqarilgan bayonnomalar va tuziladigan shartnomalar yuzasidan kelib tushgan eʼtirozlar boʻyicha davlat buyurtmachilari tomonidan ularni koʻrib chiqish natijalari haqidagi maʼlumotlar (qabul qilingan tegishli qarorlar) davlat xaridlari sohasida nazorat qiluvchi organlar uchun ochilgan shaxsiy kabinetlarda aks ettiriladi.

Davlat xaridlarini amalga oshirishda ularning hajmini qismlarga boʻlib tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

 

Iqtisodiyot

04.08.2025, 19:14

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Axsikentda yiliga kamida 1 million sayyohni jalb etish imkonini beradi turistik obʼektlar quriladi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Axsikentda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Madaniy

05.08.2025, 20:24

Toshkentda ofisdan 560 ming dollarni oʻmarib ketgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida oʻgʻrilik jinoyati sodir etildi. Gumonlanuvchilar ofisdan 560 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni oʻgʻirlab chiqib ketgan.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 19:17

Ikki viloyatda maishiy chiqindidan elektr energiyasi olinadigan zavodlar qurilishi boshlandi

Samarqand viloyatidagi loyihada 150 mln AQSh dollari, Andijon viloyatidagi loyihada esa 140 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilmoqda.

Iqtisodiyot

05.08.2025, 18:11

Samarqandda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

Ishlab chiqarish loyihalariga jami 1,1 mlrd AQSh dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi.

Iqtisodiyot

05.08.2025, 17:05

Bolalarning haqoratlanishi va oʻldirilishiga kim aybdor?

Bolalarning haqoratlanishi va oʻldirilishiga kim aybdor?

Dunyodagi deyarli har uchinchi oʻquvchi yil davomida kamida bir marta jismoniy zoʻravonlikka uchraydi va bolalarning 10 foizi kiberbulling qurboniga aylanadi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 16:59

Fayzullayev nega Yevrokuboklarda oʻynamayapti?

“Istanbul Bashakshehir” 7 va 13 avgust kunlari Norvegiyaning “Viking” jamoasi bilan ikkita oʻyin oʻtkazadi.

Sport

05.08.2025, 16:11

Soxta DXX xodimi qoʻlga olindi

Soxta DXX xodimi qoʻlga olindi

Toshkentda oʻzini DXX xodimi sifatida tanishtirib,  Namangandagi xususiy korxona nomiga olib kelingan tovarlarni Bojxona qoʻmitasidagi tanishlari orqali bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazib berishni aytgan shaxs ushlandi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 15:34

Tramp Hindistonga nisbatan bojlarni oshirmoqchi

Tramp Hindiston Rossiya neftini katta hajmlarda sotib olishini va bu xom ashyoning katta qismini ochiq bozorda yuqori ustama bilan sotishini taʼkidladi.

Jahon

05.08.2025, 15:09

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida ayrim yuklar uchun “yashil yoʻlak” joriy etishni taklif etilmoqda

Muzokaralar davomida bojxona tartibotlarini soddalashtirish, bojxona axborot tizimlarini uygʻunlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 14:06

6 oy ichida 6 mingdan ortiq shaxs shahvoniy shilqimlik va oiladagi zoʻravonlikda ayblanib, sudlandi

6 oy ichida 6 mingdan ortiq shaxs shahvoniy shilqimlik va oiladagi zoʻravonlikda ayblanib, sudlandi

2025 yil boshidan birinchi yarimiga qadar 4952 kishi oiladagi zoʻravonlikda ayblanib maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Bu vaqt ichida 986 kishi shahvoniy shilqimlikda, 99 nafar fuqaro shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi maʼlumotlarni oshkor qilishda ayblangan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 13:36

Shavkat Mirziyoyevga "Hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun" ordeni bilan mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev yuksak mukofot uchun minnatdorlik bildirib, qardosh turkman xalqini shu kunlarda oʻtayotgan BMT konferensiyasi bilan tabrikladi.

Siyosat

05.08.2025, 13:13

Angrenda yiliga 15 mingta turli quvvatdagi transformatorlar ishlab chiqara oladigan korxona ishga tushirildi

Toshkent viloyatining Angren shahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Xitoyning “Holley Technology Ltd” MChJ QK oʻrtasida transformator ishlab chiqarish loyihasi foydalanishga topshirildi.

Iqtisodiyot

05.08.2025, 13:07