43 mlrd soʻmga yaqin davlat xaridlari bekor qilindi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan 43 mlrd soʻmga yaqin davlat xaridlarida raqobatga zid harakatlar aniqlanib, buyurtmachilar tomonidan bekor qilinishi taʼminlandi. Qoʻmita axborot xizmatida raqobatga zid harakatlar aniqlangan davlat xaridlari viloyatlar kesimida birma-bir quyidagicha qayd etib oʻtilgan:

Ulashish:

43 mlrd soʻmga yaqin davlat xaridlari bekor qilindi

Toshkent shahri

"Texnik meʼyorlash instituti", "Uzbekistan Airways" AJ, "Xalq banki" ATB, "Biznesni rivojlantirish banki" ATB, “FK Bunyodkor” MChJ, “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi AT markazi” kabi oʻndan ortiq davlat buyurtmachilari tomonidan oʻtkazilgan umumiy boshlangʻich narxi 25 731,4 mln. soʻm boʻlgan tanlov (tender) savdolarida raqobatga zid holatlar kuzatildi.

 

Andijon viloyati

Andijon viloyati Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazi (11,0 mln soʻm) tomonidan "Choyshab va koʻrpa xaridi" boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda ishtirokchilar noxolis baholangani aniqlangan. Oʻrganish davomida tanlov savdosi buyurtmachi tomonidan ixtiyoriy ravishda bekor qilindi.

 

Jizzax viloyati

Viloyat futbol akademiyasi (1 760,0 mln soʻm) tomonidan  “Autsorsing xizmati boʻyicha” oʻtkazilgan tanlovda raqobatni cheklovchi talablar belgilanganligi aniqlangan. Qonunbuzilish holatlari buyurtmachi tomonidan savdoni bekor qilish orqali ixtiyoriy ravishda bartaraf etilganligi bois qoʻzgʻatilgan ishni qoʻrib chiqish tugatildi.

 

Qashqadaryo viloyati

Qamashi tuman obodonlashtirish boshqarmasi (1 148,0 mln soʻm) tomonidan "Avtogreyder xaridi" boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda baholash mezonlari yoʻqligi va ishtirokchilar  noxolis baholanganligi holatlari kuzatilgan. Oʻrganish davomida ushbu tanlov buyurtmachi tomonidan ixtiyoriy ravishda bekor qilinishiga erishildi.

 

Samarqand viloyati

8 ta davlat buyurtmachilari (Paxtachi tuman obodonlashtirish boshqarmasi, "SAMARQAND AVTOMOBIL ZAVODI" MChJ, Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktab, Samarqand HUJFK, Paxtachi tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi, "Oʻzyoʻlkoʻprik" klasterining Samarqand filiali, "Ozodlik" DM, Paxtachi tuman 2-son kasb-hunar maktabi va Bulungʻur tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi) tomonidan oʻtkazilgan 12,4 mlrd soʻmlik tanlovlarda raqobat qonunchiligiga zid holatlar aniqlandi. Oʻrganish davomida ushbu tanlov savdolari buyurtmachilar tomonidan ixtiyoriy ravishda bekor qilinib, qonunbuzilish holatlari bartaraf etilishiga erishildi.

 

Xorazm viloyati

Bogʻot tumanidagi ixtisoslashtirilgan sport maktab-internati (1 438,0 mln soʻm), Urganch tumani hokimligi (43,7 mln soʻm) va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali (29,8 mln soʻm) tomonidan oʻtkazilgan tanlovlarda raqobat qonunchiligiga zid holatlar aniqlanib, hududiy boshqarmaning ogohlantirish xatlariga asosan ushbu tanlov savdolari buyurtmachilar tomonidan ixtiyoriy ravishda bekor qilinishiga erishildi.

 

 

Hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan mazkur buyurtmachilarga nisbatan ishlar qoʻzgʻatilib, ularni koʻrib chiqish davrida buyurtmachilar tomonidan savdolarni bekor qilinishiga erishildi.

So‘nggi yangiliklar

Axsikentda yiliga kamida 1 million sayyohni jalb etish imkonini beradi turistik obʼektlar quriladi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Axsikentda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Madaniy

05.08.2025, 20:24

Toshkentda ofisdan 560 ming dollarni oʻmarib ketgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida oʻgʻrilik jinoyati sodir etildi. Gumonlanuvchilar ofisdan 560 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni oʻgʻirlab chiqib ketgan.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 19:17

Ikki viloyatda maishiy chiqindidan elektr energiyasi olinadigan zavodlar qurilishi boshlandi

Samarqand viloyatidagi loyihada 150 mln AQSh dollari, Andijon viloyatidagi loyihada esa 140 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilmoqda.

Iqtisodiyot

05.08.2025, 18:11

Samarqandda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

Ishlab chiqarish loyihalariga jami 1,1 mlrd AQSh dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi.

Iqtisodiyot

05.08.2025, 17:05

Bolalarning haqoratlanishi va oʻldirilishiga kim aybdor?

Bolalarning haqoratlanishi va oʻldirilishiga kim aybdor?

Dunyodagi deyarli har uchinchi oʻquvchi yil davomida kamida bir marta jismoniy zoʻravonlikka uchraydi va bolalarning 10 foizi kiberbulling qurboniga aylanadi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 16:59

Fayzullayev nega Yevrokuboklarda oʻynamayapti?

“Istanbul Bashakshehir” 7 va 13 avgust kunlari Norvegiyaning “Viking” jamoasi bilan ikkita oʻyin oʻtkazadi.

Sport

05.08.2025, 16:11

Soxta DXX xodimi qoʻlga olindi

Soxta DXX xodimi qoʻlga olindi

Toshkentda oʻzini DXX xodimi sifatida tanishtirib,  Namangandagi xususiy korxona nomiga olib kelingan tovarlarni Bojxona qoʻmitasidagi tanishlari orqali bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazib berishni aytgan shaxs ushlandi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 15:34

Tramp Hindistonga nisbatan bojlarni oshirmoqchi

Tramp Hindiston Rossiya neftini katta hajmlarda sotib olishini va bu xom ashyoning katta qismini ochiq bozorda yuqori ustama bilan sotishini taʼkidladi.

Jahon

05.08.2025, 15:09

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida ayrim yuklar uchun “yashil yoʻlak” joriy etishni taklif etilmoqda

Muzokaralar davomida bojxona tartibotlarini soddalashtirish, bojxona axborot tizimlarini uygʻunlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 14:06

6 oy ichida 6 mingdan ortiq shaxs shahvoniy shilqimlik va oiladagi zoʻravonlikda ayblanib, sudlandi

6 oy ichida 6 mingdan ortiq shaxs shahvoniy shilqimlik va oiladagi zoʻravonlikda ayblanib, sudlandi

2025 yil boshidan birinchi yarimiga qadar 4952 kishi oiladagi zoʻravonlikda ayblanib maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Bu vaqt ichida 986 kishi shahvoniy shilqimlikda, 99 nafar fuqaro shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi maʼlumotlarni oshkor qilishda ayblangan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 13:36

Shavkat Mirziyoyevga "Hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun" ordeni bilan mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev yuksak mukofot uchun minnatdorlik bildirib, qardosh turkman xalqini shu kunlarda oʻtayotgan BMT konferensiyasi bilan tabrikladi.

Siyosat

05.08.2025, 13:13

Angrenda yiliga 15 mingta turli quvvatdagi transformatorlar ishlab chiqara oladigan korxona ishga tushirildi

Toshkent viloyatining Angren shahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Xitoyning “Holley Technology Ltd” MChJ QK oʻrtasida transformator ishlab chiqarish loyihasi foydalanishga topshirildi.

Iqtisodiyot

05.08.2025, 13:07