2,6 milliard soʻmlik davlat xaridi qonunchilikka zid tarzda oʻtkazilishining oldi olindi

Qayd etilgan holat yuzasidan agentlikning taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining gʻolibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridining oldi olindi.

Ulashish:

“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, davlat xaridlarining asosiy prinsiplarida ochiqlik va shaffoflik, raqobat va xolislik, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik kabilar ustuvor boʻlishi kerak.

Har qanday ehtimoliy, taxmin qilinayotgan yoki mavjud manfaatlar toʻqnashuvi haqidagi axborot oshkor qilinishi zarur. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat xaridlarida qonuniylikni taʼminlashga qaratilgan oʻrganishlar davom ettirilmoqda.

Agentlik davlat buyurtmachisi tomonidan 2,6 milliard soʻmlik davlat xaridida qonunbuzilishiga yoʻl qoʻyilganini aniqladi.

«Temiryoʻlinfratuzilma» aksiyadorlik jamiyati buyurtmasi asosida 2,6 milliard soʻmlik “taʼmirlash xizmatlari koʻrsatish” yuzasidan oʻtkazilgan davlat xaridida “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunning qator talablariga zid ravishda oʻzaro affillangan shaxslar ishtirok etgan.

Qayd etilgan holat yuzasidan agentlikning taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining gʻolibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridining oldi olindi.

Oʻrganish va tahlillar jarayonida toʻplangan hujjatlar  qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Oʻzbekiston

20.08.2025, 17:14

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Endi "Afrosiyob" tezyurar poyezdlarining har bir vagonida Wi-Fi xizmati mavjud

Internetdan foydalanish — dastlabki 30 daqiqa mutlaqo bepul.

Oʻzbekiston

20.08.2025, 19:21

Janjalkash oilalar holidan kamida har 3 kunda xabar olish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi

Mahallalarda bosqichma-bosqich mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Oʻzbekiston

20.08.2025, 18:22

Putin endi Ukrainadagi vaziyat haqida Erdogʻona bilan gaplashdi

Putin endi Ukrainadagi vaziyat haqida Erdogʻon bilan gaplashdi

Putin Erdogʻan bilan Ukrainadagi vaziyat hamda Alyaskada Tramp bilan oʻtgan uchrashuvi haqida telefon orqali suhbatlashdi.

Jahon

20.08.2025, 17:02

Termizga 35 dona zamonaviy Zhongtong avtobuslari olib kelinadi

Dastlabki bosqichda 35 dona zamonaviy Zhongtong avtobuslari olib kelinishi rejalashtirilgan boʻlsa, yil yakuniga qadar yana 65 dona shu turdagi harakat tarkiblari olib kelinadi.     

Iqtisodiyot

20.08.2025, 16:18

SSKA Fayzullayevning transfer toʻlovi amalga oshganini tasdiqladi

SSKA kommunikatsiyalar direktori Kirill Breydo yarim himoyachi Abbos Fayzullayevning transfer toʻlovi kelib tushganini tasdiqladi.

Sport

20.08.2025, 15:16

“Asr loyihasi”ga amaliy qadamlar: muammolar va istiqbol

“Asr loyihasi”ga amaliy qadamlar: muammolar va istiqbol

Oʻzbekiston tashqi siyosatida Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarini Afgʻoniston orqali oʻzaro bogʻlash strategiyasini ustuvor ahamiyat kasb etishi Transafgʻon transport koridori, ayniqsa, “Termiz-Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” temiryoʻlini barpo etish jarayonlarini atroflicha tahlil qilish va bu boradagi mavjud muammolarni chuqur oʻrganishni taqozo etadi. “Asr loyihasi” boʻlishi kutilayotgan mazkur temiryoʻl “Kobul yoʻlagi"  deb ham nomlanadi. Eʼtiborli jihati, joriy yilning 17 iyul kuni ushbu temiryoʻl uchun yana bir muhim “qadam” qoʻyildi. 

Siyosat

20.08.2025, 15:13

Tibbiyot chiqindilari utilizatsiya deklaratsiyasini nega toʻxtatildi?

Tibbiyot chiqindilari utilizatsiya deklaratsiyasini nega toʻxtatildi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Utilmet Servis” MChJ yonida katta miqdordagi ishlatilgan tibbiyot buyumlarining  saqlanayotganligi hamda ulardan qoʻlansa hid chiqayotgani haqida video tarqaldi. Holat Toshkent viloyati Toshkent tumanida sodir boʻlayotgani aytilmoqda.Mazkur hodisa yuzasidan PARADIGMA.UZ internet nashri Sanitariya va epidemiologiya qoʻmitasi va boshqa mutasaddilardan javob oldi.

Oʻzbekiston

20.08.2025, 14:37

Toshkentda tungi avtobuslar harakati qachondan yoʻlga qoʻyilishi maʼlum boʻldi

Toshkent shahrida 2025 yilning oxirigacha tungi avtobuslarning birinchi yoʻnalishi (T1) ish boshlaydi. U Qoʻyliq dehqon bozori — Husayn Boyqaro koʻchasi boʻylab harakatlanadi. Birinchi bosqichda 8 ta, ikkinchi bosqichda 7 ta turizm koʻchalarini qamrab olgan yoʻnalish ochiladi. 

Oʻzbekiston

20.08.2025, 14:06

Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda manzilli ishlash mexanizmlari joriy etiladi

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida masofaviy taʼlim shakli joriy etiladi hamda bakalavriat dasturi boʻyicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Oʻzbekiston

20.08.2025, 13:17

2000 mingga yaqin sanʼatkorlar soliq deklaratsiyasini toʻldirdi

2000 mingga yaqin sanʼatkorlar soliq deklaratsiyasini toʻldirdi

Oʻzbekistonda 1954 nafar xonanda daromadlari toʻgʻrisidagi soliq deklaratsiyasini toʻldirdi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar qildi.

Iqtisodiyot

20.08.2025, 12:49

Yaqin Sharqda suv resurslari taqsimoti, geosiyosiy ziddiyatlar va oziq-ovqat xavfsizligi

Yaqin Sharqda suv resurslari taqsimoti, geosiyosiy ziddiyatlar va oziq-ovqat xavfsizligi

Yaqin Sharq – tabiiy suv resurslari eng kam boʻlgan, biroq aholisi tez oʻsayotgan geosiyosiy jihatdan murakkab hududlardan biridir. Nil, Yevfrat, Dajla va Iordan kabi yirik daryolar bir nechta davlatlar orqali oqadi, bu ularni strategik ahamiyatga ega resursga aylantiradi. Iqlim oʻzgarishi, choʻllanish, qurgʻoqchilik va aholi zichligining oshishi mintaqada suvga boʻlgan raqobatni yanada kuchaytirmoqda. Suv tanqisligi nafaqat ekologik, balki iqtisodiy, siyosiy va xavfsizlik nuqtai nazaridan ham keskin muammo hisoblanadi.

Jahon

20.08.2025, 12:15