Eskrou tizimining joriy etilishi uy-joylar narxini oshishiga sabab boʻladimi?

Endilikda, hali bitmagan uydan kvartira sotib olmoqchi boʻlgan fuqaro, oʻsha uyga oʻz mablagʻlarini tikish orqali ulushdorga aylanadi.

Ulashish:

yuz.uz

2025 yilning 1 iyul sanasidan Oʻzbekistonda uy-joy qurilishida eskrou-hisoblar tizimi ishga tushdi. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov yangi uy-joylar xarid qilishda "Eskrou" tizimining ahamiyati haqida maʼlumot berdi.

Endilikda uy-joy sotib oluvchilarning pullari kafolatli himoyalanadi. Gap shundaki, joriy yilning 27 yanvar kuni qabul qilingan “Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy obʼektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni turar va noturar joy obʼektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini yanada tartibga solishga qaratilgan aniq mexanizmlarni belgilab berdi. 

Bunda avvalo, ulushli qurilish ishtirokchilari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini himoya qilish, uy-joylarni va boshqa koʻchmas mulk obʼektlarini hamda ipoteka krediti asosida sotib olishning ishonchli va samarali imkoniyatlari yaratilmoqda.

Endi, qurilishga ulush kiritish faqat notarial tasdiqlangan va kadastr organlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Eʼtibor bering, joriy yilning 1 iyulidan boshlab quruvchilar va mijozlar oʻrtasidagi ulush kiritish shartnomalari majburiy tartibda notariusda tasdiqlanishi va kadastr roʻyxatidan oʻtkazilishi shart. Bunda shartnoma kadastr organlarida roʻyxatdan oʻtkazilganda, ulushdorda, yaʼni sotib oluvchida talab qilish huquqi vujudga keladi.

Shu sanadan eʼtiboran yangi mexanizm — “eskrou” tizimi joriy etiladi. Bu tizim ulushdor, yaʼni uy-joy sotib olish istagidagi xaridorning huquqlarini toʻliq himoyalab, toʻlov pullari ishonchli saqlanishini kafolatlaydi.

Xoʻsh, tizim qanday ishlaydi? Eskrou tizimi — bu quruvchi va xaridor oʻrtasidagi oldi-sotdining yangicha shakli. Endilikda, hali bitmagan uydan kvartira sotib olmoqchi boʻlgan fuqaro, oʻsha uyga oʻz mablagʻlarini tikish orqali ulushdorga aylanadi. Buning uchun quruvchi, yaʼni developerning oʻziga emas, bankka toʻlov qiladi. Ulushdorning toʻlagan pullari alohida eskrou hisobvaragʻida yigʻilib boriladi. Uy bitmaguncha quruvchi kompaniya bu pullardan foydalana olmaydi. Turar joyni esa oʻz mablagʻlari yoki bank krediti asosida qurib bitkazadi.

Ulushli shartnoma orqali developer koʻrsatilgan uyni qurib, oʻz vaqtida topshirish majburiyatini oladi. Bank esa ulushdorning pul mablagʻlari eskrou hisobvaragʻida yigʻilishi, xavfsiz saqlanishi, shuningdek, uy-joy qurilishini loyihaviy moliyalashtirishni amalga oshiradi va bu bilan uy-joyni oʻz vaqtida sifatli qurib, egasiga yetkazib berishni kafolatlaydi. 

Eskrou tizimi doirasida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida uy-joylar qurilishi boʻyicha yagona shaffof elektron platforma yaratildi va ushbu tizim  2025 yil 1 iyuldan ishga tushiriladi. Developerlar uy-joyni shu platformada roʻyxatga qoʻymasdan, aholi mablagʻlarini ulush kiritish asosida jalb qila olmaydi. 

Mazkur tizim maksimal darajada inson omilidan cheklanib, barchasi  integratsiya asosida ishlab chiqilyapti. Developer obʼektni platformaga kiritgach, bank tomonidan uyni oʻz vaqtida qura olish imkoniyatlari oʻrganiladi. Qurilish jarayonida  ishning bajarilish grafigi nazorat qilib boriladi. Loyihaviy moliyalashtirishdan koʻzlangan maqsad ham shu.

Elektron platformada kuruvchi kompaniya va obʼekt haqidagi barcha maʼlumotlar, xususan, obʼektning loyiha boʻyicha joylashgan aniq manzili, qavatlari, kirish yoʻlaklari, qolaversa, kompaniyaning loyihaviy hujjatlari, ijobiy ekspertiza xulosasi, kurilish boshlanadigan sana va foydalanishga topshirish muddati kabi maʼlumotlar jamlab boriladi. Bu axborotlarni xaridorlar ham platformada kuzatib borishlari mumkin. Yaʼni, quruvchi ruxsatnomasining mavjudligi, reytingi va oldingi loyihalari haqida bilib olishlari mumkin boʻladi. Qurilish jarayonlarining platforma orqali shaffof kuzatib borilishi oʻz navbatida, uy-joy qurilishi bozoridagi investitsiyalar xavfsizligi va ishonchli developerlar bozorining shakllanishiga xizmat qiladi.

Eʼtibor bering, shu asosda mamlakatimizda developer-quruvchilarning yangi shaffof reyting tizimi shakllanadi.

«Eskrou» hisobvaragʻida jamlangan mablagʻlar koʻpayishi natijasida developer tashkilotlariga loyihaviy moliyalashtirish doirasida amaldagi stavkalarga nisbatan ancha pastroq stavkada mablagʻlar ajratiladi. Bu esa eskrou tizimi joriy etilgach yangi uy-joylarning narxi keskin oshib ketadi degan maʼlumotlarni inkor etadi. 

Qurilish bitib, xaridor xonadonni qabul qilgach, uning bank hisobvaragʻidagi pullari developer tashkilotga yoʻnaltiriladi. Quruvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bu pul fuqaroga toʻliq miqdorda qaytarib beriladi. Yaʼni, uy bitmay qolsa, xaridor kuyib qolmaydi, bankka qoʻygan pullarini muammosiz qaytarib oladi. 

Fuqarolarning uy-joy uchun toʻlagan pullari har tomonlama himoyalanadi. Xususan, yuqoridagi farmon bilan eskrou hisobvaragʻiga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlarini toʻxtatib qoʻyish yoki hisobdan chiqarish hamda majburiy ijroga qaratish taʼqiqlanadi.

Eʼtibor bering, haridor shartnomani belgilangan tartibda rasmiylashtirib, kadastr organlarida ruyxatga olinganidan soʻng, fuqaro mazkur ulushni hali uy bitmay turib, mulk sifatida hadya qilishi, sotishi yoki boshqa bir shaxsga vasiyat qilib qoldirishi mumkin.

Shunday qilib, joriy yilning 1 iyulidan boshlab, ulush kiritish asosidagi qurilishlarda quruvchi va xaridor oʻrtasidagi oldi-berdining shakli va mazmuni oʻzgaradi. Mazkur tartib yil oxirigacha ixtiyoriy boʻladi, 2026 yil 1 yanvardan esa qurilishda mablagʻlarini jalb qilish faqat eskrou hisobvaragʻi orqali amalga oshiriladi. Shu tarzda, yangi qurilayotgan uylarni belgilangan muddatlarda egalariga topshirish va aholi toʻlagan pullarining muzlab qolmasligi toʻliq yangi tizim nazoratiga oʻtadi.

Iqtisodiyot

05.07.2025, 14:20

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Abbosbek Fayzullayev "Istanbul Bashakshehir"da mashgʻulotlarni boshlab yubordi

21 yoshli yarim himoyachi yangi jamoasida mashgʻulotlarni boshlab yuborgan.

Sport

31.07.2025, 11:35

Ilmiy tadqiqotlar uchun 1,5 trln soʻmdan ortiq xarajat qilingan

Bu koʻrsatkich 2023 yilga nisbatan 184,9 mlrd soʻmga yoki 13,3 % ga oshgan.

Iqtisodiyot

31.07.2025, 11:06

Xitoyga qarshi “urushda” kurashda AQSh yutqazmoqda

Xitoyga qarshi “urushda” kurashda AQSh yutqazmoqda

AQSh va Xitoy oʻrtasidagi raqobatda Xitoy yutqazmoqda. Agar Vashington vaziyatni oʻnglamasa, nafaqat Pekin balki dunyoning boshqa davlatlari ham AQShdan oʻzib ketadi. Bu haqda AQShning sobiq NATOdagi elchisi Ivo Daalderning “Politico” nashridagi “Ivo Daal va dunyo sharhi” podkastida maʼlum qildi.

Jahon

30.07.2025, 15:19

Oʻzbekiston MTJ noyabr oyida Toshkentda jahon chempioniga qarshi oʻynaydi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida kuchli jamoalarga qarshi oʻynaydi.

Sport

30.07.2025, 13:04

UzAuto Motors shartnomasidagi 21 ta kichik band oʻzgartirildi

UzAuto Motors shartnomasidagi 21 ta kichik band oʻzgartirildi

Raqobat qoʻmitasi UzAuto Motors AJning dilerlik korxonalari taqdim etayotgan shartnomalari oʻrganilganda qonunga nomuvofiq holatlar aniqlandi.

Iqtisodiyot

30.07.2025, 12:39

“Tashabbusli byudjet” boʻyicha eng muhim savollarga javoblar

Oʻzbekistonda “Tashabbusli byudjet” 2-mavsumi 15 iyuldan boshlandi.

Iqtisodiyot

30.07.2025, 12:03

Botir Zokirov nomidagi davlat mukofoti yaratiladi

Botir Zokirov nomidagi davlat mukofoti yaratiladi

“Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zoirov xotirasini obodonlashtirish, xavfsizlik xizmatini toʻliq oʻrganish va jahon miqyosida targʻib qilish chora-tadbirlari”gi Prezident boshqaruvi (Q–230-son, 28.07.2025 y.) taʼminlanadi.

Madaniy

30.07.2025, 11:53

Grin Gʻazo inqirozini "genotsid" deb atadi. Bu AQSh Kongressida Isroil masalasida kelishmovchilikka ishorami?

Grin Gʻazo inqirozini "genotsid" deb atadi. Bu AQSh Kongressida Isroil masalasida kelishmovchilikka ishorami?

AQSh Kongressi aʼzosi, respublikachi Marjori Teylor Grin Gʻazodagi insonlar va ularga koʻrsatilmayotgan insonparvarlik yordami uchun Gʻazodagi inqirozni genotsid deb atadi va bu AQSh Kongressida bunday soʻz ishlatgan birinchi respublikachi boʻldi. Bu haqda “The New York Times” nashri xabar qildi.

Jahon

30.07.2025, 11:34

Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasida aviaqatnovlar soni koʻpaytiriladi

Avtomobil va temir yoʻl tashuvlari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Iqtisodiyot

30.07.2025, 11:06

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar inflatsiyadan yuqori daraja oshiriladi

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar inflatsiyadan yuqori daraja oshiriladi

2026-2028 yillarda Oʻzbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar mamlakatdagi inflatsiyadan yuqori darajada oshirish rejalashtirmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-2028 yillarga moʻljallangan fiskal strategiyasida maʼlum qildi.

Iqtisodiyot

30.07.2025, 10:50

Soliq toʻlovchilarga 8 trln soʻmdan ziyod QQS qaytarilgan

Soliq toʻlovchilarga 8 trln soʻmdan ziyod QQS qaytarilgan

2025 yil yanvar-iyun oylarida jami 5 488 ta ariza boʻyicha 3 272 ta tashkilotga qarib 8,8 trln soʻm QQS qaytarilgan. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar qildi.

Iqtisodiyot

30.07.2025, 10:19

Shavkat Rahmonovning rafiqasi va farzandi YTHga uchradi, hodisa oqibatida vafot etganlar bor

Qaragʻandadan Olma-Ota tomon ketayotgan Toyota haydovchisi rulboshqaruvini yoʻqotib, transport vositasini agʻdarib yuborgan.

Sport

30.07.2025, 10:02