Faqat «kunduzgi» yoki «tungi» emas: uyquning besh xil turi aniqlandi
Yangi tadqiqotga koʻra, uyquning beshta noyob turi mavjud. Ulardan qay biriga mansubligingiz sizning sogʻligʻingiz va turmush tarzingizga bogʻliq.
Madaniy
12.02.2026, 10:27
Ulashish:

Erta turuvchilar va kech uxlovchilar orasidagi ushbu «yashirin subguruhlar»ning har biri inson xulq-atvori va sogʻligidagi oʻziga xos xususiyatlariga borib taqaladi.
Masalan, erta uygʻonuvchilarning qaysidir guruhida salomatlik muammolari eng kam uchrasa, boshqa guruhida depressiya darajasi yuqoriroq. Kech uxlaydiganlar esa uyqu sikllari va natijalari boʻyicha yanada katta xilma-xillikka ega
«Bugungi raqamli va pandemiyadan keyingi davrda uyqu turlari har qachongidan ham xilma-xil» - deydi Kanadadagi McGill universitetining nevrologiya boʻyicha magistranti Le Joyu.
Odamlar kun davomida turlicha uyquchan yoki hushyor holatda boʻlishadi. Buning sabablarini ikkitagina guruh – erta uygʻonuvchilar va kech uxlovchilargagina bogʻlab qoʻyish notoʻgʻri.
Tadqiqotchilar Buyuk Britaniyaning «Biobank» loyihasida ishtirok etgan oʻrta va keksa yoshdagi 27 030 kishining tibbiy maʼlumotlari va ularning oʻzlari aytgan uyqu rejimlarini tahlil qilish natijasida ikkita erta uygʻonuvchilar va uchta kech uxlovchilar turini aniqladilar.
Ushbu model orqali AQShda 10 000 dan ortiq oʻsmirlar tekshirilganda ham yuqoridagiga oʻxshash uyqu turlari borligi aniqlangan.
Aniqlangan uyqu toifalari
1-turdagilar kech uxlovchilarning dastlabki xili boʻlib, tahlikali yashash tarziga, hissiyotlarni boshqarishdagi qiyinchiliklar va taʼsirchanlikka ega boʻlishadi. Shunga qaramay, ular erta uygʻonuvchilarga qaraganda yaxshiroq aqliy qobiliyat sohibi hisoblanishadi.
2-turdagilar havas qilib boʻlmaydigan kech uxlovchilar guruhidir. Ularga depressiya, chekish va yurak-qon tomir kasalliklari xavf soladi. Ushbu turga kiradiganlarning jismoniy faolligi sustroq, miya ishlash samaradorligi pastroq boʻladi. Shuningdek, depressiyaga qarshi dorilardan faol foydalanishadi.
3-tur sogʻliq boʻyicha muammolari kam boʻlgan erta uygʻonuvchilar hisoblanadi. Bu kichik turga mansub kishilar odatda alkogol mahsulotlaridan uzoqroq yurishadi va xavfli xatti-harakatlarni kamroq qilishadi. Ularda xavotirlanish hissi yuqoriroq boʻlsa-da, umuman olganda, hissiy boshqaruv muammolari kam uchraydi.
4-turdagilar yana bir erta uygʻonuvchilar guruhi boʻlib, koʻproq ayollarni qamrab oladi. Bu toifa vakillarida depressiya belgilari koʻproq uchraydi va antidepressant dorilardan foydalanishadi.
5-tur kech uxlovchilarning oxirgi guruhi boʻlib, unda son jihatdan erkaklar ustunlik qiladi. Bu tur vakillari alkogol vositalari va giyohvand moddalar isteʼmoliga qaramlik, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi va prostata kasalliklari bilan aziyat chekishadi.
Tadqiqotchilar fikricha, ushbu xilma-xilliklarni tushunish uyqu, ish jadvali va ruhiy salomatlikka doir muammolarni bartaraf etishda koʻproq individual yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Mashhur yangiliklar

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56
So‘nggi yangiliklar

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 08:56

Tramp Eronga yangi rahbar tanlovi haqida bayonot berdi
Jahon
06.03.2026, 16:56

Eron nega Ozarbayjonni nishonga oldi?
Jahon
06.03.2026, 16:44

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Oʻzbekistonda kambagʻallik chegarasi 715 ming soʻm etib belgilandi
Oʻzbekiston
06.03.2026, 11:20

Braziliyalik futbolchi Rodrigo uzoq muddatli jarohat oldi.
Sport
06.03.2026, 10:12

Yoʻl-transport hodisalari: dunyo va Oʻzbekistondagi vaziyat
Oʻzbekiston
06.03.2026, 09:24

Xosilbek Eshnazarov oilasiga poytaxtdan 3 xonali kvartira topshirildi
Oʻzbekiston
06.03.2026, 07:38

Myunxen Olimpiadasi: sport tarixidagi qora kun
Sport
05.03.2026, 14:47

Minglab oʻzbekistonliklar Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilindi
Oʻzbekiston
05.03.2026, 12:56

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?
Iqtisodiyot
05.03.2026, 11:01

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?
Jahon
05.03.2026, 09:23
Mashhur yangiliklar

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

