Rossiyada epilepsiya xastaligini sunʼiy intellektda aniqlash usuli kashf qilindi
Rossiyadan olimlar tomonidan epilepsiya (miyadagi neyronlarning ortiqcha va tartibsiz faolligi oqibatida takrorlanuvchi tutqanoqlar bilan kechadigan surunkali kasallik)ni sunʼiy intellekt yordamida aniqlash usuli yaratildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Fan-texnologiya
17.02.2025, 10:43
Ulashish:

Rossiyada epilepsiya xastaligini sunʼiy intellektda aniqlash usuli kashf qilindi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, dunyo boʻylab 50 milliondan ortiq kishi epilepsiya kasalligidan aziyat chekmoqda. Achinarlisi, keyingi davrda ular soni yiliga 5 million nafarga ortyapti.
Bu patologiya — bosh miyaning surunkali xastaligi hisoblandiyu. U 70 foiz holatda 20 yoshgacha boʻlgan davrda rivojlanadi.
Biroq epilepsiya har doim ham yaqqol alomatlar bilan namoyon boʻlmaydi. Bu esa xastalikni erta bosqichda aniqlash imkonini pasaytiradi. Oqibatda turli asoratlarni keltirib chiqaradi.
"Masalan, fotostimulyatsiya — kasallikka tashxis qoʻyishning asosiy usullaridan biri boʻlib, bu jarayonda tibbiy texnologiya yordamida bemor koʻziga yorqin nur chaqnashlari yoʻnaltiriladi.
Ammo mazkur usul faqat fotosensitiv epilepsiyani aniqlashda qoʻl keladi. Xastalikning yorugʻlikka sezuvchanligi boʻlmagan turiga tashxis qoʻyishda esa yangi diagnostika usullariga ehtiyoj bor edi", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Rossiyaning Boltiq federal universiteti hamda N.I. Pirogov nomidagi milliy tibbiy jarrohlik markazi olimlari elektroensefalografiya tahlilining yangi usulini ishlab chiqqan. Bu jarayonda sunʼiy intellekt texnologiyasidan foydalaniladi.
Tadqiqotchilar yangi turdagi tekshiruvni 108 nafar kishida sinovdan oʻtkazgan. Ularning yarmi fotosensitiv boʻlmagan epilepsiya bilan ogʻrigan bemorlar, qolgan qismi esa sogʻlom insonlar boʻlgan.
Maʼlum boʻlishicha, yangi tahlil usuli epilepsiyaning fotosensitiv boʻlmagan turiga 71 foiz aniqlikda tashxis qoʻyish imkonini beradi. Kelgusida mazkur yangilik keng qamrovda sinovdan oʻtkazilishi kutilmoqda.
Fan-texnologiya
17.02.2025, 10:43
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Rossiyada muzlab qolgan itga yordam bergan kurer ishdan boʻshatildi
Jahon
27.02.2026, 12:34

Zelenskiy: Putin maqsadiga erisholmadi, biz Ukrainani saqlab qoldik
Jahon
25.02.2026, 13:51

Rossiya-Ukraina urushi: yoʻqotishlar, zarar va muzokaralar
Jahon
24.02.2026, 14:06

Rossiyada bolani qutqargan oʻzbek migranti “Jasorat” medali bilan taqdirlandi
Oʻzbekiston
24.02.2026, 09:40

Yevropa razvedkasi: aslida Rossiya tinchlik kelishuvini istamaydi
Jahon
20.02.2026, 16:29
Mashhur yangiliklar

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56
So‘nggi yangiliklar

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 08:56

Tramp Eronga yangi rahbar tanlovi haqida bayonot berdi
Jahon
06.03.2026, 16:56

Eron nega Ozarbayjonni nishonga oldi?
Jahon
06.03.2026, 16:44

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Oʻzbekistonda kambagʻallik chegarasi 715 ming soʻm etib belgilandi
Oʻzbekiston
06.03.2026, 11:20

Braziliyalik futbolchi Rodrigo uzoq muddatli jarohat oldi.
Sport
06.03.2026, 10:12

Yoʻl-transport hodisalari: dunyo va Oʻzbekistondagi vaziyat
Oʻzbekiston
06.03.2026, 09:24

Xosilbek Eshnazarov oilasiga poytaxtdan 3 xonali kvartira topshirildi
Oʻzbekiston
06.03.2026, 07:38

Myunxen Olimpiadasi: sport tarixidagi qora kun
Sport
05.03.2026, 14:47

Minglab oʻzbekistonliklar Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilindi
Oʻzbekiston
05.03.2026, 12:56

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?
Iqtisodiyot
05.03.2026, 11:01

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?
Jahon
05.03.2026, 09:23
Mashhur yangiliklar

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56
