FIFA sobiq prezidenti JCh–2026ni boykot qilishga chaqirdi

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter AQSh prezidenti Donald Tramp siyosati sabab 2026 yilgi Jahon chempionatini muxlislar tomonidan boykot qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

Jahon

28.01.2026, 09:49

Ulashish:

Blatter AQShda oʻtkaziladigan Jahon chempionatini boykot qilishga chaqirib, buni Tramp maʼmuriyatining mamlakat ichida hamda xalqaro maydondagi siyosati bilan izohladi.

U X ijtimoiy tarmogʻidagi postida Shveysariyaning Der Bund gazetasi bilan oʻtgan haftagi intervyusida jurnalist Mark Pit tomonidan aytilgan fikrlarni qoʻllab-quvvatladi. 

“Agar muhokama qilingan barcha jihatlarni inobatga olsak, muxlislarga beriladigan yagona maslahat — AQShga bormang. Televizor orqali tomosha qilish ancha qulay. Agar borsangiz ham, rasmiylarga yoqmasangiz, darhol keyingi reys bilan ortga qaytarilishingiz mumkin”, degan edi Pit intervyuda shunday degan edi:

Shu tariqa FIFAning sobiq rahbari AQShda oʻtkaziladigan Jahon chempionatini boykot qilishga chaqiruvchilar safiga qoʻshildi.

Maʼlumot uchun, Yozef Blatter 1998–2015 yillar davomida FIFA prezidenti boʻlgan va korrupsiyaga oid tergovlar fonida isteʼfoga chiqqan.

2026 yilgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika hamkorligida 11 iyundan 19 iyulgacha oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Xalqaro futbol jamoatchiligining AQShga nisbatan xavotirlari Trampning Grenlandiya boʻyicha pozitsiyasi, sayohat taqiqlari, shuningdek, migrantlar va immigratsiya siyosatiga qarshi namoyishchilarga nisbatan qoʻllanilgan keskin choralar bilan bogʻliq. Ayniqsa, Minneapolis shahridagi voqealar tanqidga sabab boʻlgan.

Shuningdek, Germaniya futbol federatsiyasi vitse-prezidentlaridan biri Oke Gyottlix Hamburger Morgenpost gazetasiga bergan intervyusida Jahon chempionatini boykot qilish masalasini jiddiy koʻrib chiqish vaqti kelganini aytdi.

Ikki hafta avval Tramp maʼmuriyati Senegal va Kot-d’Ivuardan kelishi kerak boʻlgan muxlislarning safar rejalarini izdan chiqardi. Yangi cheklovlarga koʻra, ushbu davlatlar fuqarolari avvaldan vizasi boʻlmasa, jamoalarini qoʻllab-quvvatlash uchun AQShga kirishi deyarli imkonsiz.

Shuningdek, Jahon chempionatiga yoʻllanma olgan Eron va Gaiti davlatlaridan keladigan muxlislar ham AQShga kiritilmaydi. Bu davlatlar Tramp maʼmuriyati joriy etgan dastlabki sayohat taqiqlari roʻyxatiga kiritilgan.

Jahon

28.01.2026, 09:49

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Yevropa mamlakatlari AQShdagi Jahon chempionatini boykot qilishni muhokama qilmoqda

2026 yilda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati atrofida siyosiy muhokamalar keskinlashdi. AQSh, Kanada va Meksika qoʻshma mezbonlik qiladigan mazkur turnir ayrim Yevropa mamlakatlarida boykot qilinishi mumkinligi haqida ochiq bahslar paydo boʻldi.

Jahon

21.01.2026, 11:22

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg

Maʼlum qilinishicha, mojaroning dastlabki bosqichida AQSh qanotli raketalar orqali tezkor zarbalar bergan. Biroq ikki haftadan soʻng vaziyat murakkablasha boshlagan.

Jahon

11.03.2026, 16:58

Zamonaviy urushning xavfli quroli: Navigatsiya buzildi, yuzlab kemalar ortda qoldi

AQSh va Isroilning Eronga hujumlaridan soʻng Hurmuz boʻgʻozi va boshqa mintaqalarda elektron signallarni buzish holatlari aniqlandi. 

Jahon

07.03.2026, 14:12

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda

AQSh hukumati va sunʼiy intellekt kompaniyalari oʻrtasidagi kelishmovchilik ortidan OpenAI’ga qarshi boykot harakati kuchaymoqda. 

Jahon

04.03.2026, 13:11

So‘nggi yangiliklar

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi

Shahar chorrahalari yagona sunʼiy intellektli tizimga ulanib, transport oqimini samarali tartibga solish va tirbandliklarni kamaytirish imkoni paydo boʻladi. 

Oʻzbekiston

13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi

JIB Mirobod tumani sudi sudyasi M. Axmedov Abduraxmon Tashanovga nisbatan Respublika Harbiy prokurori tomonidan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish materiallarini rad etdi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 16:56

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan yangi yoʻl oʻtkazgichning bir qismi oʻpirilib tushdi. Hodisa kuchli yomgʻirdan soʻng sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 14:48

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi

Eron tomonidan Isroildagi qurilish obʼektiga berilgan raketa zarbasi oqibatida ikki ishchi - 62 yoshli oʻzbekistonlik Rustam Gʻulomov va 40 yoshli ozarbayjonlik Amid Murtuzov halok boʻldi. 

Jahon

12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

“Crocus City Hall” terakti: sud 15 nafar ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi

Moskvadagi “Crocus City Hall” konsert zalida sodir etilgan terakt boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi. Jinoyat ishi sudda yetti oy davomida koʻrib chiqildi. 

Jahon

12.03.2026, 10:56

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46