Garvard xalqaro talabalarsiz qolmoqda. Tramp maʼmuriyati SEVP sertifikatini bekor qildi

 Tramp maʼmuriyati Garvard universitetining xalqaro talabalarni qabul qilish vakolatini bekor qildi. Ichki Xavfsizlik Departamenti (DHS) universitetning SEVP (Student and Exchange Visitor Program) sertifikatini bekor qilganini eʼlon qildi, bu esa Garvardga 2025–2026 oʻquv yilidan boshlab F- va J-vizaga ega talabalarni qabul qilishni taqiqlaydi.

Ulashish:

Garvard xalqaro talabalarsiz qolmoqda. Tramp maʼmuriyati SEVP sertifikatini bekor qildi

Garvard rahbariyati Trampning bu qarorni "noqonuniy' deb atab, uni jazolovchi va siyosiy harakat sifatida tanqid qildi. Universitet rahbariyati xalqaro talabalarni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini maʼlum qildi. Hozirda bu chora faqat 6,700 dan ortiq talabaga taʼsir qilishi mumkin.

 

Ichki Xavfsizlik kotibi Kristi Noemning aytishicha, bu qaror Garvard “qonunga rioya qilmagani” uchun qabul qilingan va bu boshqa universitetlar uchun “ogohlantirish” boʻlishi kerak.

 

Noem Garvarddan xalqaro talabalar boʻyicha besh yillik intizomiy yozuvlar, shuningdek, ular ishtirokidagi "xavfli" yoki 'noqonuniy" harakatlarga oid video, audio va elektron maʼlumotlarni topshirishni talab qilgan. Universitetga 72 soat ichida bu talablarni bajarish taklif etilgan.

 

Talabalar orasida vahima va norozilik kuchaymoqda. Avstraliyalik magistrant Sara Devis bu yangilik diplom topshirilishiga besh kun qolganida chiqqanini va oʻz kelajagiga tahdid solayotganini aytdi. Shvetsiyalik talabasi Leo Gerden esa “xalqaro talabalar siyosiy oʻyinda garovga aylantirildi” deya tanqid qildi.

 

Shu bilan bir vaqtda Kaliforniya sudyasi Tramp maʼmuriyatining barcha xalqaro talabalar vizasini toʻxtatish qarorini vaqtincha blokladi.

Ta'lim

23.05.2025, 16:31

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi

Tramp maʼmuriyati sunʼiy intellekt dasturlari uchun yangi va qatʼiy qoidalar ishlab chiqdi. Unga koʻra, kompaniyalar oʻz modellaridan “har qanday holatda qonuniy” foydalanishga ruxsat berishi kerak.

Jahon

11.03.2026, 14:17

Tramp Eronga yangi rahbar tanlovi haqida bayonot berdi

Tramp Eronning yangi rahbarini tanlash jarayonida AQSh ham rol oʻynashi kerakligini, yangi rahbar mamlakatda “tinchlik va barqarorlik”ni taʼminlashi lozimligini aytdi.  

Jahon

06.03.2026, 16:56

“Oʻzbekiston Gʻazoda maktab va shifoxonalar qurishga tayyor” — Mirziyoyev

Vashingtonda oʻtgan “Tinchlik kengashi” sammitida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqadagi gumanitar inqirozni bartaraf etish va vayron boʻlgan infratuzilmani tiklash yuzasidan muhim bayonot bilan chiqdi.

Oʻzbekiston

20.02.2026, 08:09

Tramp musulmonlarni Ramazon bilan tabrikladi

AQSh prezidenti bu oyni “ruhiy yangilanish, chuqur mulohaza va Yaratganning behisob neʼmatlarini qadrlash uchun moʻʼtabar mavsum” deya taʼrifladi.

Jahon

19.02.2026, 17:00

Gʻazo uchun 5 mlrd dollardan ortiq mablagʻ ajratiladi

AQSh prezidenti Donald Tramp «Tinchlik kengashi»ga aʼzo davlatlar Gʻazoni tiklash va gumanitar yordam uchun 5 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratishini maʼlum qildi.

Jahon

16.02.2026, 09:10

“Muomalasi yoqmagani uchun bojni oshirdim” - Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp Shveysariyaga nisbatan joriy etilgan boj toʻlovlari 39 foizgacha oshirilganini maʼlum qildi.

Jahon

11.02.2026, 16:48

So‘nggi yangiliklar

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi

Shahar chorrahalari yagona sunʼiy intellektli tizimga ulanib, transport oqimini samarali tartibga solish va tirbandliklarni kamaytirish imkoni paydo boʻladi. 

Oʻzbekiston

13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi

JIB Mirobod tumani sudi sudyasi M. Axmedov Abduraxmon Tashanovga nisbatan Respublika Harbiy prokurori tomonidan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish materiallarini rad etdi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 16:56

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan yangi yoʻl oʻtkazgichning bir qismi oʻpirilib tushdi. Hodisa kuchli yomgʻirdan soʻng sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 14:48