updated: 22.03.2026, 05:02

Gruziyada oʻn minglab odamlar namoyishga chiqdi: Kim, qachon, qayerda? (fotoreportaj)

Joriy yilning 28 noyabr kuni Gruziyaning poytaxti Tbilisi shahrida minglab odamlar mamlakat parlamenti binosining oldiga namoyishga chiqdi. Mazkur norozilik namoyishi Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening mamlakatning Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish jarayonini 2028 yilgacha toʻxtatib turish haqidagi qaroriga javoban yuzaga keldi.

Jahon

03.12.2024, 12:44

Ulashish:

Gruziyada oʻn minglab odamlar namoyishga chiqdi: Kim, qachon, qayerda? (fotoreportaj)

Gruziyada oʻn minglab odamlar namoyishga chiqdi: Kim, qachon, qayerda? (fotoreportaj)

Bu qaror Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga yaqinlashish orzusiga qattiq toʻsqinlik sifatida qabul qilindi va keng jamoatchilikning noroziligiga sabab boʻldi. Hatto Prezident Salome Zurabishvili ham namoyishchilarga qoʻshilib, hukumatni tanqid qildi va qarorni bekor qilishni talab qildi. 

Bir necha kundan buyon davom etib kelayotgan norozilik namoyishida 100 mingga yaqin aholi parlament binosining oldida qoʻllariga bayroq koʻtarib, Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga kirishini talab qilmoqda. Bunga javoban politsiyachilar suv purkagichlar, koʻzdan yosh oqizuvchi gaz va rezina oʻqlardan foydalanib, qarshilik koʻrsatmoqda.

 Toʻrt kun ichida 224 nafar fuqaro qoʻlga olinib, shundan 36 nafari jarimaga tortilgan, 34 nafar fuqaroga maʼmuriy qamoq chorasi qoʻllanilgan. Yana ikki nafar shaxsga esa jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. 

Namoyishga chiqqanlar politsiyani rus qullari deya atab, ularga qarata pirotexnika vositalari hamda tosh uloqtirmoqda. Buning oqibatida hozirgacha 113 nafar politsiyachi jarohatlandi. 

Tbilisidan tashqari yana sakkizta shaharda namoyishlar kuzatilmoqda. Namoyishchilar Qora dengizda joylashgan mamlakatning asosiy savdo portiga kirish yoʻlini ham toʻsib qoʻygan. 

Bu holat ortidan Gruziyaning Italiya, Niderlandiya va Litvadagi elchilari, shuningdek, Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari isteʼfoga chiqdi. AQSh Davlat departamenti Gruziya bilan strategik munosabatlarni tugatdi. Yevropa Ittifoqi ham Gruziyada avtoritarizm kuchlayotganini va politsiya namoyishchilarga qarata agressiv munosabatda boʻlayotganini tanqid qilmoqda.

CNN talqiniga koʻra, "Gruziya orzusi" partiyasi rusparast boʻlib, unga Rossiyada boylik orttirgan milliarder tomonidan asos solingan.

"2008 yilda Rossiya va Gruziya oʻrtasida besh kunlik urushdan keyin ikki mamlakatning munosabatlari butkul uzilgan edi. Biroq, soʻngi yillarda Tiblisi va Moskva oʻrtasidagi munosabatlar iliqlashgan. Bunga esa qisman "Gruziya orzusi" partiyasi Rossiyaga Yevropa davlatlariga taʼsir qilishda yordam bergani sabab boʻlgan", deyiladi CNN nashrida yoritilgan maqolada.

Mamlakat Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze "Gruziya orzusi" partiyasining Rossiya bilan aloqadorligi haqidagi gaplarni rad etdi. Buning ortidan kecha, 2 dekabr kuni Kreml matbuot kotibi Dimitry Peskov ham Rossiya Gruziyadagi siyosiy jarayonlarga aralashmayotgani haqidagi bayonot bilan chiqdi. 

Kobxaidzening aytishicha, partiya Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga kirish masalasida sodiq qoladi. Shunga qaramay, Gʻarb partiyaning maqsadlariga shubha bilan qaramoqda. Unga koʻra, aslida Yevropa Ittifoqi muzokaralarini kechiktirishni noqonuniy deb atagan yuzlab gruziyalik diplomatlar va davlat xizmatchilariga shubha bilan qarash kerak. 

Bundan xulosa qilish mumkinki, ushbu noroziliklar Gruziyaning Yevropaga yaqinlashish istagining qancha chuqur ekanligini bildiradi. Shuningdek, hukumatning xalq talablari bilan hisoblashmasligi qanday oqibatlarga olib kelishini yaqqol koʻrsatib bermoqda. 

Shohjahon Majidov

Jahon

03.12.2024, 12:44

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi

Miçigan ştatidagi keskin saylovda demokrat Abdul El-Sayed respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. 

Siyosat

04.11.2026, 17:55

Guangzhou Evergrande  футболчисининг мухлислар билан хайрлашуви

Xitoy futbolining qulaşi

Milliardlar nega samara bermadi?

Sport

04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident

Buxoro viloyatida 40 mingga yaqin kişi işsiz, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past.

Oʻzbekiston

04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil

Britaniyalik Karl Buşbi dunyo böylab sayohatini qanday yakunladi?

Madaniy

04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?

Samarqandda ŞHT plyus xavfsizlik böyiça ekspertlar muloqoti ötkaziladi

Oʻzbekiston

04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi

Jahon bankining yangi hisobotiga köra, 2011–2023 yillarda Hindistonda qariyb 500 million kişi kambağallikdan çiqqan. Mamlakatda öta qaşşoqlik darajasi şu davrda 27,1 foizdan 2,6 foizgaça pasaygan.

Jahon

03.11.2026, 17:09

Illyustrativ tasvir

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi

Yangi talab tafsilotlari bilan tanişing.

Iqtisodiyot

03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi

Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Vaşington, Moskva va Kiyev muzokaraçilari uruş masalasini muhokama qiliş uçun Abu-Dabida bir stol atrofiga yiğiladi.

Siyosat

03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi

Isroil harbiylari bosib olingan Ğarbiy sohildagi Dura şahrida jurnalist Muntasir Nassorning uyiga reyd ötkazib, uni hibsga oldi. 

Jahon

03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?

Germaniyaning 34 ta şahrida ön minglab yoşlar iştirokida namoyişlar ötkazildi. Frankfurtda ğalayonlar tartibsizlik va talonçiliklarga aylanib ketdi.

Jahon

02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 638 628 ta tirik tuğiliş qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingtaga kam.

Oʻzbekiston

02.11.2026, 13:03

Illyustrativ tasvir

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi

Uni öğirlab ketişmagan, garovda ham uşlab turişmagan.  Aslida nima bölgan?

Jahon

02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi

Ayrim hududlarda suv narxi oşdi, kelasi yildan esa tariflarni belgilaş tartibi ham özgaradi.

Iqtisodiyot

31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi

Xitoylik 24 yoşli yigit töyiga mehmon topiş uçun noodatiy yöl tutdi. Uning ijtimoiy tarmoqdagi murojaati qisqa vaqt içida kutilmagan natija berdi.

Jahon

31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

2026 yil 1 noyabrdan Özbekistonda gaz ta’minoti, bojxona rasmiylaştiruvi, mobil reklama, tadbirkorlar uçun kommunal tölovlar hamda pensiya tayinlaş tartibiga oid bir qator özgarişlar joriy etiladi.

Oʻzbekiston

31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi

Rossiya budjet taqçilligi 5,8 trillion rublga yetdi. Hukumat bir qator sohalarni qamrab oladigan yangi soliq çoralarini taklif qilmoqda.

Jahon

30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi

Yordam pulini qanday oliş mumkin?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi

Kelişuvlar nimalarni özgartiradi?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi

Binance xavfsizlik buzilişi gumoni bilan barça mablağlarni kiritiş va yeçib oliş operatsiyalarini vaqtinça töxtatdi.

Iqtisodiyot

30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi

Ikkinçi jahon uruşi davomida Yaponiya foydalangan 56 ta «dözax kemasi»dan 19 tasi Ittifoqçilar tomonidan çöktirildi. Bu kemalarda 126 mingdan ortiq harbiy asir taşilib, ularning har uç nafaridan biri halok bölgan.

Madaniy

29.10.2026, 19:35

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →