Hindistonning yetakchi shifoxonasi Oʻzbekistonda zamonaviy tibbiyot markazi barpo etadi
Oʻzbekiston elchixonasi va Hindiston Global savdo va texnologiya kengashi (Global Trade & Technology Council of India - GTTCI) tomonidan investitsiyalar, tibbiyot, farmatsevtika va taʼlim sohalaridagi oʻzaro munosabatlarga bagʻishlangan biznes-forum oʻtkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Oʻzbekiston
02.09.2025, 17:48
Ulashish:

Xalqaro tadbirda Hindistonning 100 dan ziyod kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.
GTTCI raisi Rashmi Saluja Hindiston va Oʻzbekiston oʻrtasida jadal surʼatlar bilan rivojlanib borayotgan iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlik haqida batafsil maʼlumot taqdim etdi. Hindiston delegatsiyasining IV Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi ishtiroki doirasida erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarning ahamiyatini alohida taʼkidladi.
Shuningdek, Oʻzbekistonda investitsiyaviy faoliyat yuritish, qoʻshma korxonalar barpo etish, uchinchi mamlakatlarga mahsulotlar va xizmatlar eksport qilish amaliyoti bilan shugʻullanish uchun yaratilgan jozibador muhitga urgʻu berildi.
Anjuman ishtirokchilari eʼtibori tibbiyot, farmatsevtika va taʼlim yoʻnalishlarida olib borilayotgan sheriklik munosabatlariga qaratildi. Xususan, Oʻzbekistonda tashkil etilgan maxsus farmatsevtika erkin iqtisodiy hududlari, davlat rahbari tashabbusi ijrosi doirasida Andijon viloyatida Hindiston bilan birgalikda tibbiyot taʼlimini rivojlantirish uchun barpo qilingan maxsus hudud ikki mamlakat oʻrtasida iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi va istiqbolli imkoniyatlar ochib bergani qayd etildi.
Xalqaro forumda Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida oliy taʼlim sohasidagi yangi loyihalar taqdim etildi. Xususan, Qoʻqon universitetining Andijon filiali, GTTCI va Hindistonning yetakchi tibbiy klinikalaridan biri – Sir Ganga Ram shifoxonasi hamkorligida hind yoshlarining Oʻzbekistonda tibbiy taʼlim olishga yoʻnaltirish va zamonaviy koʻp qirrali ixtisoslashgan tibbiyot markazini barpo qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar haqidagi maʼlumot anjuman ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi.
– Hindiston Global savdo va texnologiya kengashi Qoʻqon universiteti bilan hamkorlik qilishdan faxrlanadi, – deydi GTTCI prezidenti Gaurav Gupta. – Bizning asosiy maqsadimiz Oʻzbekistonda zamonaviy tibbiyot markazini shakllantirishga koʻmaklashish, yoshlarga sifatli tibbiy taʼlim olish uchun qulay sharoit yaratishdir.
Ushbu loyiha doirasida joriy yil Andijonga hindistonlik ming nafarga yaqin yigit-qizlarni jalb qilish hamda yaqin kelajakda Sir Ganga Ram shifoxonasining zamonaviy majmuasini foydalanishga topshirish koʻzda tutilgan. Shu maqsadda Qoʻqon universiteti va GTTCI hamda GTTCI va Sir Ganga Ram shifoxonasi oʻrtasida tegishli memorandumlar imzolangan. Shuningdek, joriy yil iyul oyida Hindiston shifoxonasi delegatsiyasi Qoʻqon va Andijon shaharlarida boʻlib, boʻlajak tibbiyot markazi barpo etiladigan hududlar bilan yaqindan tanishdi va dastlabki muzokaralarni muvaffaqiyatli tarzda oʻtkazdi.
– Zimmamizga qanday masʼuliyat olayotganimizni toʻliq anglaymiz, - deydi GTTCI raisi Rashmi Saluja. – Bu mamlakatlarimiz talaba yoshlari uchun ilgʻor imkoniyatlar va yagona ekotizimni shakllantirish masʼuliyatidir. Eng muhimi, ular birgalikda taʼlim oladi, mehnat qiladi va xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik hamda hamkorlikni mustahkamlashga munosib hissa qoʻshadi.
Biznes-forum doirasida, shuningdek, Hindiston kompaniyalari vakillari bilan Oʻzbekistonda yangi biznes loyihalarni amalga oshirish, investitsiyalar jalb qilish va mamlakatimiz mahsulotlarining eksport hajmini koʻpaytirishga qaratilgan muzokaralar oʻtkazildi.
Oʻzbekiston
02.09.2025, 17:48
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Zahiriddin Muhammad Bobur: shoir, podshoh, olim, ixtirochi, fidoyi ota…
Madaniy
14.02.2026, 17:12

Oʻzbekiston Hindistondan hayvonlar va chorvachilik mahsulotlari importini vaqtincha chekladi
Oʻzbekiston
06.02.2026, 11:30

Qirgʻiziston Hindistondan Nipah virusiga moyil hayvonlar importini taqiqladi
Jahon
29.01.2026, 14:17

Nipah tufayli Oʻzbekiston Hindiston reyslari nazoratini kuchaytirdi: bu qanday virus?
Oʻzbekiston
29.01.2026, 08:42

Hindistondagi xavfli virus Oʻzbekistonga kirib keldimi?
Jahon
27.01.2026, 13:24

Rossiyada hindistonlik mehnat muhojirlari soni keskin oshdi — maoshlar neftdan tushgan rupiyalarda toʻlanadi
Jahon
17.01.2026, 09:47
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
