Gulnora Karimova işi: Özbekistonga qaytarilayotgan 252,5 mln dollar nimalarga yönaltiriladi?

Özbekiston va Şveytsariya örtasida 252,5 million dollarlik aktivlarni qaytariş böyiça kelişuv tasdiqlandi. Mablağlar «Işonç – 2030» trast jamğarmasi orqali soğliqni saqlaş va ta’lim sohalariga yönaltiriladi.

Gulnora Karimova işi: Özbekistonga qaytarilayotgan 252,5 mln dollar nimalarga yönaltiriladi?

Özbekiston Respublikasi va Şveytsariya Konfederatsiyasi örtasida noqonuniy özlaştirilgan aktivlarning navbatdagi qismini qaytariş böyiça bitim 2026 yil 24 noyabr kuni tasdiqlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Kelişuvga muvofiq, 252,5 million AQŞ dollari «Işonç – 2030» (Uzbekistan Vision 2030 Fund) trast jamğarmasi orqali Özbekistonga qaytarilişi közda tutilgan. Mablağlar aholining ijtimoiy farovonligini oşiriş va inson kapitalini rivojlantirişga sarflanadi.

Resurslarni taqsimlaş strategiyasining ikkinçi bosqiçiga oid hujjat Özbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Otabek Fazilkarimov, Şveytsariyaning Özbekistondagi elçisi Simone Giger hamda BMTning mamlakatdagi doimiy koordinatori Sabine Mahl tomonidan imzolangan.

Mablağlar qaysi sohalarga yönaltiriladi?

Strategiyada ikki asosiy yönaliş belgilangan.

Soğliqni saqlaş sohasida bolalar va ösmirlarga tibbiy yordam körsatiş sifatini yaxşilaş, kasalliklarning oldini oliş va ularni erta aniqlaş, ayrim turdagi onkologik kasalliklarni davolaş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda tibbiyot xodimlarining malakasini oşiriş rejalaştirilgan.

Ta’lim sohasida esa yangi maktablar quriş, öquv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etiş, öqituvçilar malakasini oşiriş va sifatli ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş közda tutilgan.

Mablağlarni taqsimlaşda qişloq hududlari va ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyati çeklangan aholi qatlamlariga alohida e’tibor qaratiladi. Loyihalarning amalga oşirilişi va natijalarini mustaqil kuzatişga fuqarolik jamiyati vakillari ham jalb qilinadi.

«Işonç» jamğarmasi avval qança mablağ yönaltirgan?

Jamğarmaning rasmiy ma’lumotlariga köra, birinçi bosqiçda soğliqni saqlaş va ta’lim sohalaridagi dasturlarga 87 million dollar ajratilgan.

Uşbu mablağlarning 43,5 million dollari onalar va çaqaloqlar salomatligini muhofaza qiliş hamda perinatal yordamni yaxşilaş loyihasiga, 23,5 million dollari ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirişga, 20 million dollari esa maktablarda suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena şaroitlarini yaxşilaşga möljallangan.

Jumladan, onalar va çaqaloqlar ölimini kamaytiriş loyihasi doirasida mamlakatdagi 231 ta perinatal markaz zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan. Şuningdek, 86 910 nafar tibbiyot xodimining malakasi oşirilgan.

«Işonç» jamğarmasi 2022 yilda Özbekiston, Şveytsariya va BMT hamkorligida taşkil etilgan. U Şveytsariyada musodara qilingan aktivlarni Özbekiston aholisi manfaatlari yölida qaytariş va ulardan samarali foydalanişni ta’minlaşga qaratilgan.

Şveytsariyaning rasmiy ma’lumotiga köra, 2022 yildagi kelişuv doirasida 131 million dollar, 2025 yil fevral oyidagi kelişuv orqali esa yana qariyb 182 million dollar qaytarilişi belgilangan. Bu ikki kelişuv böyiça jami 313 million dollarlik aktivlarni qaytariş közda tutilgan edi.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Ёнилғи ташувчи мошина ёнди: 31 киши ҳалок бўлди

Misrda yonilği taşuvçi maşina yondi: 31 kişi halok böldi

Qohira yaqinida sodir bölgan yonğin oqibatida yana 21 kişi jarohatlandi. Hodisa joyida 27 ta avtomobil yongan.

Jahon

26.11.2026, 11:19

Таэквандочилар

Taekvondoçilarimiz Olimpiada oçkolari uçun kuraşadi

Musobaqa 28–29 noyabr kunlari Ostona şahrida ötkaziladi. Unda olti nafar özbekistonlik sportçi medallar va 2028 yilgi Olimpiada uçun reyting oçkolari uçun kuraşadi.

Oʻzbekiston

26.11.2026, 09:57

Özbekistonliklar qaysi davlatlarga vizasiz bora oladi?

Özbekiston fuqarolari 31 ta davlatga vizasiz borişi mumkin. Yana bir qator mamlakatlarda çegarada viza oliş yoki elektron viza rasmiylaştiriş imkoniyati mavjud.

Siyosat

26.11.2026, 08:40

Semipalatinsk poligoni

Semipalatinsk: SSSR 40 yil davomida ötkazgan yadro sinovlari

AQŞ bilan yadroviy kuç borasida bellaşgan SSSR Qozoğiston daştlarida yuzlab portlaşlar amalga oşirdi. Semipalatinsk poligonida ötkazilgan 456 ta sinov milliondan ortiq insonni radiatsiya ta’siriga duçor qilgan.

Fan-texnologiya

25.11.2026, 17:17

Toşkentda adolatli sudlov masalalari muhokama qilindi

Adolatli sudlov huquqi amalda qanday ta’minlanmoqda?

Toşkentda odil sudlovdan foydalaniş huquqiga bağişlangan xalqaro konferentsiya ötkazilmoqda.

Oʻzbekiston

25.11.2026, 16:56

Özbekistonda Koksaki virusi bilan boğliq vaziyat qanday?

Sanepidqömita mamlakatda enterovirusli infektsiyalar, jumladan Koksaki virusi bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqaror va nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.

Oʻzbekiston

25.11.2026, 16:32

Tyson Fury

Taysonda şizofreniya aniqlandi

Boksçi bu haqda hayoti va sportdagi faoliyati haqida hikoya qiluvçi Netflix hujjatli filmida sözlab berdi.

Sport

25.11.2026, 11:52

Гўшт

Özbekistonda göşt importi: eng köp göşt qaysi davlatdan keladi?

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida mamlakat 12 ta davlatdan 132 ming tonna mol göşti import qildi. Xaridlar uçun 597,7 million dollar sarflangan.

Oʻzbekiston

25.11.2026, 10:41

Imtihondagi firibgarlik uçun $371 ming mukofot

Imtihonda firibgarlik qilganlar 10 yilgaça test topşiriş huquqidan mahrum etiladi

Janubiy Koreyada universitetga kiriş imtihonlarida nazorat kuçaytiriladi. Firibgarlik holatlari haqida xabar berganlik uçun qariyb 371 000 AQŞ dollarigaça mukofot puli taklif qilmoqda.

Ta'lim

25.11.2026, 10:19

Синдоров ва Гукеш ўйини

Sindarov jahon çempioni bilan durang öynadi

Keçagi bahsda Javohir Sindorov $168 000 yutdi.

Sport

25.11.2026, 09:40

Özbekiston Prezidenti Iordaniyada

Ammon şahridagi «Al-Husayniya» saroyida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyevani Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn hamda Malika Raniya al-Abdulla rasmiy kutib oldi.

Siyosat

24.11.2026, 16:32

Malayziya roxinja qoçqinlarini Myanmaga qaytaradimi?

Malayziya boş vaziri Anvar Ibrohim 6,5 mingdan ortiq Myanma fuqarosini dekabr oyida mamlakatga qaytariş rejasini e’lon qildi.

Jahon

24.11.2026, 15:58

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan çiqmoqda

Duşanbe xalqaro qidiruvdagi prezident – Vladimir Putin taşrifidan söng, XJSdan çiqiş qarorini e’lon qildi. Yevropa Ittifoqi Tojikistonni bu niyatidan qaytişga çaqirmoqda.

Siyosat

24.11.2026, 15:41

Jensen Xuang Nvidia rahbari lavozimiga qaytdi: aksiyalar 31 foizdan oşdi

Nvidia direktorlar kengaşi kompaniya asosçisi Jensen Xuangni boş direktor lavozimiga qayta tayinladi. AQŞ prezidenti Donald Trampning uni lavozimga qaytariş haqidagi çaqiriqlaridan keyin qabul qilingan qaror kompaniya aktsiyalari keskin qimmatlaşişiga sabab böldi.

Jahon

24.11.2026, 12:53

Ipoteka subsidiyasiga ariza qabul qilish 25-noyabrda boşlanadi

Özbekistonda ipoteka krediti böyiça subsidiya oliş uçun arizalar 25-noyabr kuni soat 10:00 dan qabul qilinadi. Nomzodlar ijtimoiy mezonlar asosida kamida 30 ball töplaşi va bankning kredit tarixi böyiça talablariga javob berişi kerak.

Oʻzbekiston

24.11.2026, 10:42

Nasiyaning tört ming yillik yöli

Loy taxtaçalardan zamonaviy BNPL tizimigaça: nasiyaning 4 ming yillik tarixi

Bugun bir neça tugmani bosib, tovarni nasiyaga oliş mumkin. Ammo «bugun ol, keyin töla» tamoyili internet-dökonlardan ança oldin paydo bölgan. Uning tarixi qadimgi Mesopotamiyaga borib taqaladi.

Fan-texnologiya

24.11.2026, 09:35

Ўзбекистон пул бирлиги

Yangi alifbo amaldagi banknot va tangalarni almaştirişni talab qilmaydi

Markaziy bank yangi özbek alifbosiga ötiş munosabati bilan amaldagi pullarni almaştiriş şart emasligini ma’lum qildi.

Iqtisodiyot

23.11.2026, 16:08

Ғишкўприк чегара пости

«Ğiştköprik» çegara-bojxona posti 25 noyabr kuni oçiladi

Fuqarolar va transport vositalarining çegaradan ötişi 25 noyabr kuni soat 16:00 dan yölga qöyiladi.

Oʻzbekiston

23.11.2026, 15:04

Саят Илёсов

Özbekistonlik boksçi Sayat Ilyosov Qozoğiston fuqaroligini oldi

Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev boksçiga fuqarolik beriş töğrisidagi farmonni imzolagan.

Sport

23.11.2026, 10:38

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →