Gulnora Karimova işi: Özbekistonga qaytarilayotgan 252,5 mln dollar nimalarga yönaltiriladi?
Özbekiston va Şveytsariya örtasida 252,5 million dollarlik aktivlarni qaytariş böyiça kelişuv tasdiqlandi. Mablağlar «Işonç – 2030» trast jamğarmasi orqali soğliqni saqlaş va ta’lim sohalariga yönaltiriladi.
Iqtisodiyot
26.11.2026, 12:10
Ulashish:

Özbekiston Respublikasi va Şveytsariya Konfederatsiyasi örtasida noqonuniy özlaştirilgan aktivlarning navbatdagi qismini qaytariş böyiça bitim 2026 yil 24 noyabr kuni tasdiqlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Kelişuvga muvofiq, 252,5 million AQŞ dollari «Işonç – 2030» (Uzbekistan Vision 2030 Fund) trast jamğarmasi orqali Özbekistonga qaytarilişi közda tutilgan. Mablağlar aholining ijtimoiy farovonligini oşiriş va inson kapitalini rivojlantirişga sarflanadi.
Resurslarni taqsimlaş strategiyasining ikkinçi bosqiçiga oid hujjat Özbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Otabek Fazilkarimov, Şveytsariyaning Özbekistondagi elçisi Simone Giger hamda BMTning mamlakatdagi doimiy koordinatori Sabine Mahl tomonidan imzolangan.
Mablağlar qaysi sohalarga yönaltiriladi?
Strategiyada ikki asosiy yönaliş belgilangan.
Soğliqni saqlaş sohasida bolalar va ösmirlarga tibbiy yordam körsatiş sifatini yaxşilaş, kasalliklarning oldini oliş va ularni erta aniqlaş, ayrim turdagi onkologik kasalliklarni davolaş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda tibbiyot xodimlarining malakasini oşiriş rejalaştirilgan.
Ta’lim sohasida esa yangi maktablar quriş, öquv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etiş, öqituvçilar malakasini oşiriş va sifatli ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş közda tutilgan.
Mablağlarni taqsimlaşda qişloq hududlari va ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyati çeklangan aholi qatlamlariga alohida e’tibor qaratiladi. Loyihalarning amalga oşirilişi va natijalarini mustaqil kuzatişga fuqarolik jamiyati vakillari ham jalb qilinadi.
«Işonç» jamğarmasi avval qança mablağ yönaltirgan?
Jamğarmaning rasmiy ma’lumotlariga köra, birinçi bosqiçda soğliqni saqlaş va ta’lim sohalaridagi dasturlarga 87 million dollar ajratilgan.
Uşbu mablağlarning 43,5 million dollari onalar va çaqaloqlar salomatligini muhofaza qiliş hamda perinatal yordamni yaxşilaş loyihasiga, 23,5 million dollari ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirişga, 20 million dollari esa maktablarda suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena şaroitlarini yaxşilaşga möljallangan.
Jumladan, onalar va çaqaloqlar ölimini kamaytiriş loyihasi doirasida mamlakatdagi 231 ta perinatal markaz zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan. Şuningdek, 86 910 nafar tibbiyot xodimining malakasi oşirilgan.
«Işonç» jamğarmasi 2022 yilda Özbekiston, Şveytsariya va BMT hamkorligida taşkil etilgan. U Şveytsariyada musodara qilingan aktivlarni Özbekiston aholisi manfaatlari yölida qaytariş va ulardan samarali foydalanişni ta’minlaşga qaratilgan.
Şveytsariyaning rasmiy ma’lumotiga köra, 2022 yildagi kelişuv doirasida 131 million dollar, 2025 yil fevral oyidagi kelişuv orqali esa yana qariyb 182 million dollar qaytarilişi belgilangan. Bu ikki kelişuv böyiça jami 313 million dollarlik aktivlarni qaytariş közda tutilgan edi.
Iqtisodiyot
26.11.2026, 12:10
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Javohir Sindarov jahon çempionligi bahsining ilk partiyasini oq donalarda boşlaydi
Sport
23.11.2026, 09:35

Sergelida 1,7 gektarlik sun’iy köl paydo böladi
Oʻzbekiston
20.11.2026, 10:18

Özbekiston va Ömon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 16:55

Özbekiston va Turkmaniston çegaradan ötişni yengillaştirmoqçi
Siyosat
19.11.2026, 09:42

Yevropa migrantlarni Özbekistonga yuborişi mumkinmi?
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:11

Toşkentda 9 oyda 300 dan ortiq OIV yuqtiriş holati aniqlandi
Oʻzbekiston
16.11.2026, 10:21
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48
So'nggi yangiliklar

Misrda yonilği taşuvçi maşina yondi: 31 kişi halok böldi
Jahon
26.11.2026, 11:19

Taekvondoçilarimiz Olimpiada oçkolari uçun kuraşadi
Oʻzbekiston
26.11.2026, 09:57

Özbekistonliklar qaysi davlatlarga vizasiz bora oladi?
Siyosat
26.11.2026, 08:40

Semipalatinsk: SSSR 40 yil davomida ötkazgan yadro sinovlari
Fan-texnologiya
25.11.2026, 17:17

Adolatli sudlov huquqi amalda qanday ta’minlanmoqda?
Oʻzbekiston
25.11.2026, 16:56

Özbekistonda Koksaki virusi bilan boğliq vaziyat qanday?
Oʻzbekiston
25.11.2026, 16:32

Taysonda şizofreniya aniqlandi
Sport
25.11.2026, 11:52

Özbekistonda göşt importi: eng köp göşt qaysi davlatdan keladi?
Oʻzbekiston
25.11.2026, 10:41

Imtihonda firibgarlik qilganlar 10 yilgaça test topşiriş huquqidan mahrum etiladi
Ta'lim
25.11.2026, 10:19

Sindarov jahon çempioni bilan durang öynadi
Sport
25.11.2026, 09:40

Özbekiston Prezidenti Iordaniyada
Siyosat
24.11.2026, 16:32

Malayziya roxinja qoçqinlarini Myanmaga qaytaradimi?
Jahon
24.11.2026, 15:58

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan çiqmoqda
Siyosat
24.11.2026, 15:41

Jensen Xuang Nvidia rahbari lavozimiga qaytdi: aksiyalar 31 foizdan oşdi
Jahon
24.11.2026, 12:53

Ipoteka subsidiyasiga ariza qabul qilish 25-noyabrda boşlanadi
Oʻzbekiston
24.11.2026, 10:42

Loy taxtaçalardan zamonaviy BNPL tizimigaça: nasiyaning 4 ming yillik tarixi
Fan-texnologiya
24.11.2026, 09:35

Yangi alifbo amaldagi banknot va tangalarni almaştirişni talab qilmaydi
Iqtisodiyot
23.11.2026, 16:08

«Ğiştköprik» çegara-bojxona posti 25 noyabr kuni oçiladi
Oʻzbekiston
23.11.2026, 15:04

Özbekistonlik boksçi Sayat Ilyosov Qozoğiston fuqaroligini oldi
Sport
23.11.2026, 10:38
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48
