Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda

2025 yil iyun oyida Eron hududidan Afgʻonistonga 256 mingdan ortiq kishi qaytgan. Shu bilan birga, iyul oyida bu raqam yanada oshishi kutilmoqda. Keng koʻlamli deportatsiyalar Afgʻoniston iqtisodiyoti va ijtimoiy tuzilmasiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Иран и Афганистан: новая волна депортации

Afgʻoniston fuqarolarining ommaviy deportatsiyasi dasturi Eron tomonidan 2023 yildan boshlab faol amalga oshirila boshlandi, bu jarayon Pokistonda oʻtkazilayotgan shunga oʻxshash kampaniya bilan bir vaqtda olib borilmoqda. Asosiy sabablar sifatida iqtisodiy va ijtimoiy bosimning kuchaygani, ayniqsa chegara hududlarida, qayd etiladi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Eron hududida 6 millionga yaqin afgʻon yashaydi. Biroq norasmiy hisob-kitoblarga koʻra, noqonuniy migrantlar bilan bu raqam 10 milliondan oshishi mumkin.

 

Taxminiy baholarga koʻra, "afgʻon masalasi" har yili Eron davlat byudjetining 0,9–1,2 foizini tashkil qiladi. Parlament aʼzosi Hamidreza Azizi soʻzlariga koʻra, afgʻonlar uchun energiya, oziq-ovqat, tibbiyot va taʼlim subsidiyalari doirasida hukumat har yili 7000 trillion rial sarflaydi. Uning taʼkidlashicha, afgʻonlar mehnat bozorini toʻldirib yuborgan, natijada minglab eronliklar ishsiz qolmoqda.

 

Siyosiy jihatdan qulay asos

 

Isroil bilan boʻlib oʻtgan "12 kunlik urush" yakunlanganidan soʻng Eron afgʻonlarni deportatsiya qilishni keskin kuchaytirdi. Bu iqtisodiy yoʻqotishlar va ichki xarajatlarni qisqartirish zaruriyati bilan bogʻliq. Tahlilchilarning hisob-kitobiga koʻra, ushbu mojaro natijasida Eronga yetkazilgan umumiy toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita zarar 24 dan 35 milliard AQSh dollarigacha, yaʼni mamlakat YaIMining 6,3–9,2 foizigacha baholanmoqda.

Infratuzilmani tiklash zarurati fonida hukumat ustuvor boʻlmagan xarajatlarni, jumladan, afgʻon diasporasiga ketayotgan mablagʻlarni qisqartirishga intilmoqda.

 

Deportatsiyani tezlashtirishga asosiy dalillardan biri sifatida afgʻonlarning Isroil razvedka guruhlariga aloqadorligi haqida ayblovlar ilgari surilmoqda. Rasmiylar va OAV xabarlariga koʻra, ayrim afgʻon migrantlari hujumlarni tashkil etish, dronlarni boshqarish, razvedka maʼlumotlarini toʻplash va portlovchi qurilmalarni oʻrnatishda ishtirok etgan. Biroq, baʼzi hibsga olinganlarning videotasvirli tan olishlaridan tashqari, bunday daʼvolarni tasdiqlovchi ishonchli dalillar keltirilmagan.

 

Deportatsiya uchun qulay muhit

 

Pokiston tomonidan afgʻonlarning ommaviy deportatsiyasi Eron deportatsiya siyosatini legitimlashtirishga xizmat qilmoqda. 2025 yil 16 may holatiga koʻra, Eron 1934, Pokiston esa 1423 afgʻonistonlikni deportatsiya qilgan edi. Biroq, Eron–Isroil mojarosi boshlanganidan soʻng bu koʻrsatkichlar keskin oshdi: 21–28 iyun kunlari oraligʻida faqat Eronning oʻzi 131 mingdan ortiq afgʻonni, yaʼni kuniga oʻrtacha 30 ming kishini deportatsiya qildi. Bu esa may oyidagi koʻrsatkichdan 15 baravar koʻp.

2025 yil 6 iyul kuni Eron hukumati noqonuniy afgʻonlar uchun mamlakatni ixtiyoriy tark etishning soʻnggi muddati sifatida eʼlon qildi va majburlov choralarini qoʻllash bilan tahdid qildi. Xuddi shunday tarzda, Pokiston ham 30 iyunni 1,3 million afgʻonistonlikni chiqarib yuborish muddati sifatida belgilagan va yil oxirigacha bu raqamni 3 milliongacha yetkazishni rejalashtirmoqda. Ikkala davlatning harakatlarini "muvofiqlashtirish" xalqaro bosimni kamaytirish va "ogʻir yukdan" tezroq xalos boʻlishga qaratilgan boʻlib, Eron bu dasturni Pokiston fonida boshlagan.

 

Afgʻoniston uchun salbiy oqibatlar

 

Eron va Pokistondan afgʻonlarning ommaviy deportatsiyasi Afgʻoniston uchun ikki tomonlama zarba boʻlib, gumanitar falokat xavfini tugʻdiradi. Xalqaro yordam qisqarayotgan bir paytda migrantlarning ortga qaytishi mamlakatni jiddiy beqarorlashtirishi mumkin.

 

2023 yil oxiriga kelib, ikki davlat jami 850 mingdan ortiq afgʻonni deportatsiya qilgan, 2024 yil martidan 2025 yil martigacha esa faqat Eron 1,12 milliondan ortiq kishini chiqarib yuborgan. BMT, XMT va Norvegiya Qochqinlar Kengashi (NRC) kabi xalqaro tashkilotlar yuzaga kelayotgan inqirozdan xavotir bildirmoqda. Afgʻonistonga ajratilgan gumanitar yordam hajmi 3,2 milliard dollardan 538 milliongacha qisqargani inqirozga javob berish imkoniyatlarini cheklamoqda. BMTning Afgʻonistondagi missiyasi (UNAMA) ogohlantirishicha, qaytayotganlarning aksariyati mol-mulk, asosiy xizmatlar va ish topish imkoniyatlaridan mahrum. Ularning ommaviy oqimi mamlakatdagi ogʻir vaziyatni yanada kuchaytirishi mumkin.

Tolibonning Qochqinlar va Repatriatsiya ishlari vazirligi deportatsiya qilinganlarga oʻz viloyatlarida yer ajratilishi rejalashtirilgan repatriatsiya dasturlari borligini bir necha bor maʼlum qilgan. Biroq tahlilchilarning taʼkidlashicha, bu kabi dasturlarning mavjudligiga qaramay, keng koʻlamli deportatsiyalar, resurslarning cheklanganligi va gumanitar yordam yetishmasligi mamlakatda ogʻir ahvolni yuzaga keltiradi.

 

Xulosa qilib aytganda, deportatsiya qilingan afgʻonlar sonining keskin ortishi va xalqaro yordam hajmining kamayishi fonida Afgʻoniston yirik gumanitar va iqtisodiy inqiroz tahdidi ostida qolmoqda. Resurslarning cheklanganligi va infratuzilmaning zaifligi sharoitida mamlakat tashqi yordamsiz bu muammolarga qarshi tura olmaydi. Eron va Pokistondan nazoratsiz qaytib kelayotganlar ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni beqarorlashtirishi, shuningdek asosiy infratuzilma va iqtisodiy loyihalarning amalga oshishini sekinlashtirishi mumkin. Chunki Tolibon hukumati ichki barqarorlikni saqlashga katta mablagʻ ajratishga majbur boʻladi. Shu nuqtai nazardan, Markaziy Osiyo davlatlarining harakatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Ular zarur gumanitar yordam koʻrsatish orqali inqirozni yumshatishga va Afgʻoniston bilan barqaror qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashga hissa qoʻshishlari mumkin.

 

Bositxon Islamov Afgʻoniston va Janubiy Osiyo tadqiqotlari markazi (CASAS) Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IAIS)

 

Mavzuga oid yangiliklar

Afghanistan on the Geopolitical Chessboard of the Middle East

Afgʻoniston Yaqin Sharq geosiyosiy shaxmat taxtasida

2025 yilning 13 iyunidan 24 iyunigacha davom etgan Isroil va Eron oʻrtasidagi "12 kunlik urush" Yaqin Sharqdagi chalkash geosiyosiy vaziyatni, mintaqaviy yetakchilik uchun shiddatli raqobatni va mintaqa davlatlari uchun aniq bir tomonni tanlashning muhimligini yaqqol namoyon etdi. Yaqin Sharq oʻziga xos va shaxmat taxtasidagi har bir dona nozik ahamiyatga ega boʻlib, kutilmagan yurishlar va manyovrlarga tayyor turish lozim.

Jahon

01.07.2025, 13:07

Tolibon Oʻzbeksiton chegarasida nima qurmoqda?

Afgʻoniston —  dunyoda eng ogʻir tarixiy iztiroblarni boshdan kechirib, shunga qaramay kelajakka intilayotgan davlat. 40 yillik urushlar, sanksiyalar va yakkalashuvdan keyin mamlakat hozir Markaziy Osiyodagi eng katta suv kanali — Qoʻshtepa, yangi megapolis — Kabul New City va bir necha yirik gidroenergetika loyihalarini amalga oshirmoqda.

Jahon

06.11.2025, 12:11

Pokiston–Afgʻoniston chegarasida navbatdagi toʻqnashuvlar: Koʻrammda otishmalar qayta avj oldi, qurbonlar bor

15 oktabrga oʻtar kechasi Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyati Koʻramm tumanida Pokiston qoʻshinlari bilan Afgʻoniston tomonidagi tuzilmalar oʻrtasida yangi otishmalar kuzatildi. Pokiston davlat OAVlari «afgʻon xizmatlari va TTP (Tehreek-e-Taliban Pakistan) guruhlari provokatsiya uchun oʻt ochdi» deya xabar berdi; Pokiston armiyasi «qatʼiy zarba bilan» javob qaytarganini, bir qator postlar va tanklar zararlanganini bildirdi, deya xabar berdi AP News.

Jahon

15.10.2025, 11:31

Afgʻoniston va Pokiston chegarasida qonli toʻqnashuvlar sodir boʻldi

Afgʻonistonning Pokiston bilan chegaradosh Paktiya viloyatida ikki mamlakat chegara qoʻshinlari oʻrtasida ogʻir toʻqnashuvlar yuz berdi.

Jahon

13.10.2025, 10:01

Afgʻonistonda internetning oʻchirilishi Rossiya va Eron bilan maslahatlashilgan — OAV

Afgʻonistonda internetning oʻchirilishi Rossiya va Eron bilan maslahatlashilgan — OAV

Taxminan 48 soat internetdan uzilib qolgan Afgʻonistonda internet va telekommunikatsiya aloqalari qayta tiklandi. Dushanba kuni kechqurun toʻsatdan uzilib qolgan internet 1 oktabr mahalliy vaqt bilan 16:30 da qayta tiklangan.

Jahon

02.10.2025, 16:47

Trans-Afgʻon yoʻlagi masalasini hal etish uchun uch mamlakat vakillari Kobulda uchrashishdi

Trans-Afgʻon yoʻlagi masalasini hal etish uchun uch mamlakat vakillari Kobulda uchrashishdi

Kecha, 17 iyul kuni Oʻzbekiston, Pokiston va Afgʻoniston hukumat vakillari "Oʻzbekiston - Afgʻoniston - Pokiston" temir yoʻli koridorining texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash boʻyicha bitim imzolanishi mintaqaviy hamkorlik arxitekturasi uchun burilish nuqtasiga aylandi

Siyosat

18.07.2025, 11:20

So‘nggi yangiliklar

Taftish.uz xodimlarining ushlanishi yuzasidan Toshkent shahar IIB rasmiy munosabat bildirdi

Taftish.uz internet nashrining barcha xodim va jurnalist-operatorlari nomaʼlum sabablarga koʻra Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga olib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Oʻzbekiston

16.01.2026, 18:45

Shvetsiya va Norvegiyada ishchi kuchiga talab ortib bormoqda

Tahlillarga koʻra, bugungi kunda Shvetsiya, Daniya va Norvegiya davlatlarida jami 300 ming nafar ishchi kuchiga ehtiyoj mavjud.

Jahon

16.01.2026, 11:10

"Solovyovning qarashi rasmiy pozitsiya emas" - Rossiya TIV munosabat bildirdi

Vazirlik matbuot kotibi Mariya Zaxarova mazkur bayonotlarni tanqid qilgan jamoatchilik vakillarini vaziyatni boʻrttirib koʻrsatishda aybladi. 

Jahon

16.01.2026, 10:43

Venesuela muxolifatchisi Trampga Nobel mukofoti medalini sovgʻa qildi

15 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado bilan uchrashdi. Uchrashuvda Machado tinchlik boʻyicha Nobel mukofotining oltin medalini Trampga ramziy sovgʻa sifatida topshirdi.

Jahon

16.01.2026, 09:35

Prezidentdan keskin talab: elchilar “kabinet diplomatiyasi”ni toʻxtatadi

Prezident elchilarni rasmiy ish uslubidan voz kechib, xorijda ishlayotgan va oʻqiyotgan fuqarolar oldiga bevosita borib, ularning muammolari bilan joyida shugʻullanishga chaqirdi.

Oʻzbekiston

15.01.2026, 18:49

«Yangi bank» litsenziyasi bekor qilindi. Omonat pullari nima boʻladi?

2026 yil 15 yanvar kuni Markaziy bank qaroriga muvofiq «Yangi bank» aksiyadorlik jamiyatining bank faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi chaqirib olindi.

Iqtisodiyot

15.01.2026, 16:50

AQSh siyosatiga norozilik bildigan 17 mingga yaqin muxlis JCh–2026 chiptalarini bekor qildi

2026 yil futbol boʻyicha Jahon chempionati arafasida minglab muxlislar avval xarid qilingan chiptalaridan voz kechmoqda.

Jahon

15.01.2026, 12:31

Aholini roʻyxatga olish uchun 150 milliard soʻm ajratildi

2026 yil 15 yanvar soat 00:00 dan Oʻzbekistonda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlandi. 

Oʻzbekiston

15.01.2026, 11:50

Eron havo hududi yopilishi sabab bir qator reyslar ortga qaytdi

Eron havo hududi yopilgani sababli 15 yanvar kuni Oʻzbekistondan uchgan va Oʻzbekistonga yoʻnalgan bir qator aviareyslar joʻnash aeroportlariga qaytishga majbur boʻldi.

Oʻzbekiston

15.01.2026, 10:09

AQSh 75 davlat fuqarolari uchun viza berishni vaqtincha toʻxtatdi

Viza berish vaqtincha toʻxtatilgan davlatlar roʻyxatiga Somali, Rossiya, Afgʻoniston, Braziliya, Eron, Iroq, Misr, Nigeriya, Tailand, Yaman va boshqa mamlakatlar kiritilgan. Cheklovlar 21 yanvardan kuchga kiradi.

Jahon

15.01.2026, 08:46

Dunyodagi eng qulay aeroportlar

Hozirgi zamonaviy aviatsiya tizimida aeroportlar faqat samolyot qoʻnadigan joy emas, balki millionlab yoʻlovchilar uchun xizmat, qulaylik va xavfsizlik markaziga aylangan.

Jahon

14.01.2026, 18:04

Gʻazoda isitish vositalari yetishmasligi bolalar oʻlimiga olib kelmoqda

Gʻazoda sovuq ob-havo va isitish vositalarining yetishmasligi oqibatida yana uch nafar bola hayotdan koʻz yumdi. Rasmiylarga koʻra, qish fasli anklavdagi gumanitar inqirozni yanada chuqurlashtirmoqda.

Jahon

14.01.2026, 16:23