Afgʻoniston va Pokiston chegarasida qonli toʻqnashuvlar sodir boʻldi

Afgʻonistonning Pokiston bilan chegaradosh Paktiya viloyatida ikki mamlakat chegara qoʻshinlari oʻrtasida ogʻir toʻqnashuvlar yuz berdi.

Jahon

13.10.2025, 10:01

Ulashish:

Tolo News maʼlumotiga koʻra, janglar Dyurand chizigʻi yaqinidagi bir nechta hududlarda kechgan. Afgʻon kuchlari Pokiston bazalariga zarbalar bergan — bu esa Pokiston tomonidan amalga oshirilgan havo amaliyotiga javob sifatida baholanmoqda. Toʻqnashuvlar natijasida kamida 12 nafar pokistonlik harbiy halok boʻlgan.

Mahalliy aholi maʼlumotlariga koʻra, janglar sababli Dand-i-Patan tumanida fuqarolar uylarini tark etishga majbur boʻlgan.

Islomoboddagi Dawn gazetasining yozishicha, Pokiston armiyasi afgʻon kuchlariga qarshi artilleriya, tank va dronlar bilan javob bergan hamda Afgʻoniston hududidagi bir qator “jangchi pozitsiyalari”ni yoʻq qilgan. Davlat telekanali PTV News esa armiya Afgʻonistonga tegishli 19 ta postni egallab olganini xabar qildi.

Afgʻoniston Mudofaa vazirligi “jarayon yarim tungacha davom etib, muvaffaqiyatli yakunlanganini”, ammo mamlakat hududini himoya qilishga tayyorligini maʼlum qildi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Afgʻoniston tomonida 20 dan ortiq kishi halok boʻlgan, shuningdek, Afgʻoniston tomoni 58 nafar pokistonlik harbiyni oʻldirganini aytmoqda.

Toʻqnashuvlardan soʻng ikki davlat bir-birini tinch aholiga oʻq uzishda aybladi. Shu bilan birga, asosiy chegara oʻtish punkti — Torxam vaqtincha yopildi.

9 oktabr kuni Afgʻoniston poytaxti Kobulda portlashlar ovozi eshitilgan, afgʻon hukumati bunda ham Pokistonni aybladi. Rasmiy Islamobod esa hozircha bu borada hech qanday rasmiy bayonot bermadi.

 

Jahon

13.10.2025, 10:01

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Pokiston–Afgʻoniston chegarasida navbatdagi toʻqnashuvlar: Koʻrammda otishmalar qayta avj oldi, qurbonlar bor

15 oktabrga oʻtar kechasi Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyati Koʻramm tumanida Pokiston qoʻshinlari bilan Afgʻoniston tomonidagi tuzilmalar oʻrtasida yangi otishmalar kuzatildi. Pokiston davlat OAVlari «afgʻon xizmatlari va TTP (Tehreek-e-Taliban Pakistan) guruhlari provokatsiya uchun oʻt ochdi» deya xabar berdi; Pokiston armiyasi «qatʼiy zarba bilan» javob qaytarganini, bir qator postlar va tanklar zararlanganini bildirdi, deya xabar berdi AP News.

Jahon

15.10.2025, 11:31

Trans-Afgʻon yoʻlagi masalasini hal etish uchun uch mamlakat vakillari Kobulda uchrashishdi

Trans-Afgʻon yoʻlagi masalasini hal etish uchun uch mamlakat vakillari Kobulda uchrashishdi

Kecha, 17 iyul kuni Oʻzbekiston, Pokiston va Afgʻoniston hukumat vakillari "Oʻzbekiston - Afgʻoniston - Pokiston" temir yoʻli koridorining texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash boʻyicha bitim imzolanishi mintaqaviy hamkorlik arxitekturasi uchun burilish nuqtasiga aylandi

Siyosat

18.07.2025, 11:20

Иран и Афганистан: новая волна депортации

Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda

2025 yil iyun oyida Eron hududidan Afgʻonistonga 256 mingdan ortiq kishi qaytgan. Shu bilan birga, iyul oyida bu raqam yanada oshishi kutilmoqda. Keng koʻlamli deportatsiyalar Afgʻoniston iqtisodiyoti va ijtimoiy tuzilmasiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Siyosat

11.07.2025, 12:20

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?

Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.

Jahon

10.03.2026, 13:04

Pokiston va Afgʻoniston mojarosi urushga aylandi

Toʻqnashuvlar olti viloyatni qamrab olgan. Tomonlar artilleriya va pulemyotlardan foydalanmoqda, quruqlikdagi boʻlinmalar esa bir-birining hududiga kirgani aytilmoqda.

Jahon

27.02.2026, 15:35

Afgʻonistonda Jahon banki faoliyati qayta tiklandi — «Tolibon»

«Tolibon» harakati Moliya vazirligi 22 noyabr kuni Afgʻonistonda Jahon banki qayta ochilgani va uning faoliyati tiklanganini maʼlum qildi. Afgʻoniston Islom Respublikasi qulaganidan va hukumat «Tolibon» qoʻliga oʻtganidan keyin Jahon banki mamlakatdagi faoliyat shaklini oʻzgartirgan. Shu vaqtdan beri u «Tolibon» nazoratidagi davlat idoralari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik qilmayotgan edi.

Jahon

24.11.2025, 09:16

So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01