Hindistondagi xavfli virus Oʻzbekistonga kirib keldimi?
Dunyo sogʻliqni saqlash tizimi navbatdagi xavf — Nipah virusi bilan toʻqnash kelmoqda. Ushbu virus asosan koʻrshapalaklar orqali insonlarga yuqadigan zoonoz kasallik hisoblanadi.
Jahon
27.01.2026, 13:24
Ulashish:

Nipah virusi insonlarda bosh miya yalligʻlanishi va oʻlimga olib kelishi mumkin.
Hindistondagi xavfli virus Oʻzbekistonga kirib keldimi? Sanepidqoʻmita rasmiy bayonot berdi
Nipah virusi Oʻzbekistonda qayd etilmagan. Epidemiologik vaziyat barqaror. Bu haqda Sanepidqoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.
Nipah virusining xavfi va kasallikni ertaroq aniqlash
Nipah virusining inkubatsiya davri 45 kungacha davom etishi mumkin. Bu esa shundan dalolat beradiki, Hindistonda virusni yuqtirgan sayyoh vataniga qaytib, kasallikni oʻzi bilan olib kelishi ehtimoli bor.
Shifokorlarning soʻzlariga koʻra, virus ilk bor aniqlangan daryo nomi bilan atalgan boʻlib, uning tabiiy tashuvchilari — koʻrshapalaklar va ular orqali zararlanadigan uy hayvonlari, ayniqsa choʻchqalar hisoblanadi. Shu sababli Janubi-Sharqiy Osiyoning qishloq hududlaridagi choʻchqa fermalarida ishlovchilar yuqori xavf guruhiga kiradi.
Taʼkidlanishicha, virus ogʻir asoratlar va oʻlim holatlarining yuqori ulushi bilan ajralib turadigan oʻta xavfli infeksiyalar toifasiga kiradi. Shu bilan birga, ayrim zararlanganlarda kasallik alomatsiz yoki yengil shaklda kechishi ham mumkin.
Virusning dastlabki belgilari noaniq boʻlib, oddiy gripp yoki OʻRVIni eslatadi: yuqori harorat, holsizlik, bosh ogʻrigʻi. Bu esa, ayniqsa virus odamdan odamga yuqishi mumkinligini hisobga olganda, erta tashxis qoʻyishni qiyinlashtiradi. Shifokorlarning taʼkidlashicha, Nipah virusiga shubha tugʻilganda, shifokorga endemik hududlarga qilingan yaqin safarlar haqida albatta xabar berish juda muhim, shunda maqsadli tekshiruvlar tayinlanadi.
Virus nafas olish tizimi va markaziy asab tizimini zararlab, ensefalitga olib keladi. Kasallikni boshdan kechirganlarning taxminan 20 foizida nevrologik asoratlar saqlanib qoladi: surunkali bosh ogʻriqlari, ong buzilishlari, koʻrish muammolari, mushaklar kuchsizligi yoki tutqanoqlar.
Immunolog-shifokorlar Nipah virusini tashxislash juda qiyinligini, uning oʻlim darajasi yuqori ekanini va u Marburg hamda Ebola viruslaridan ham xavfliroq boʻlishi mumkinligini qayd etishdi. Kasallik koʻrshapalaklar yoki choʻchqalar bilan bevosita aloqa, ularning ajratmalari bilan ifloslangan oziq-ovqat yoki ichimliklar orqali, shuningdek, odamdan odamga yaqin muloqot paytida yuqishi mumkin.
Kasallikning ilk bosqichida simptomlar oddiy OʻRVIga mos keladi, bu esa oʻz vaqtida tashxis qoʻyishni yanada qiyinlashtiradi. Keyinchalik esa virus miya va nafas olish tizimini zararlab, epileptik xurujlar, ruhiy oʻzgarishlar, nutq va harakat funksiyalarining buzilishi, falajlik, koʻrish muammolari va tutqanoqlarga sabab boʻladi.
Virus tarixi
Ilk bor 1999 yilda Malayziyadagi Nipah daryosi atrofida yashovchi choʻchqa yetishtiruvchi fermerlar orasida Nipah virusi tarqalgan. Oʻshandan buyon Janubiy Osiyoda bu kasallikning yana 12 marta avj olishi kuzatildi. 2018 yilda Hindistonning Kerala shtatida Nipah virusi tarqalib, 17 kishi halok boʻlgan edi. 2021 yil sentabrda aynan shu shtatda yana bir marta epidemiya qayd etildi, oqibatida 12 yoshli bola vafot etdi va 11 kishida infeksiya belgilari aniqlandi. 2023 yil sentabrda Hindistonda virusning navbatdagi tarqalishi oqibatida yana ikki kishi hayotdan koʻz yumdi.
Jahon
27.01.2026, 13:24
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Hindiston ilk xususiy orbital raketasini uchirdi
Fan-texnologiya
18.07.2026, 15:23

Hindlardan nimani o'rganishimiz kerak?
Madaniy
07.07.2026, 15:48

Rossiyada ishlab chiqarilgan samolyot Hindistonda falokatga uchradi
Jahon
13.06.2026, 13:47
Tramp Hindistonga nisbatan bojlarni oshirmoqchi
Jahon
05.08.2025, 15:09

Hindistondagi millatchilik siyosatining hududiy yaxlitlikka taʼsi
Siyosat
30.06.2025, 11:38
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
So'nggi yangiliklar

«Erimning qarzini nega men tölaşim kerak?» – maktub
Madaniy
27.07.2026, 13:52

Fransiya va Ispaniya örmon yonğinlariga qarşi kuraşmoqda
Jahon
27.07.2026, 12:22

Tibbiyot xodimlari farzandlari uçun kontrakt tölovining bir qismi qoplab beriladi
Oʻzbekiston
27.07.2026, 12:16

Qozoğiston prezidenti Ukrainadagi uruşni muzlatişga çaqirdi
Siyosat
27.07.2026, 10:30

Ukrainaning Eron kemasiga hujumi javobsiz qolmaydi – Abbos Aroqçi
Siyosat
27.07.2026, 09:50

Sopollitepadan bronza davriga oid pilla parçasi topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:57

Adolf Gitler tuğilgan şaharda töqqizta ommaviy qabr topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:01

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Suriyaga taşrif buyurdi
Jahon
25.07.2026, 13:18

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov
Siyosat
25.07.2026, 12:26

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp
Siyosat
25.07.2026, 10:59

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?
Ta'lim
24.07.2026, 16:50

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi
Siyosat
24.07.2026, 15:03

Arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga bosqinini qoraladi
Jahon
24.07.2026, 13:35

Özbekiston “Yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi – Baxtiyor Saidov
Siyosat
24.07.2026, 11:12

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB
Iqtisodiyot
23.07.2026, 10:57

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi
Jahon
23.07.2026, 10:01

Endi Toşkentdan Samarqandga 2,5 soatda yetib boriladi – Şavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston
22.07.2026, 16:01

Ukraina bu yil 700 kvadrat kilometr hududini qaytarib oldi
Siyosat
22.07.2026, 12:36

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi
Jahon
22.07.2026, 11:10

Fransiya 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
22.07.2026, 11:08
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
