San Siro: bir asrlik tarix va Milan futbolining yangi uyi
San Siro o‘rnida nima quriladi? Milan futbolidagi tarixiy o‘zgarish
Sport
20.11.2026, 16:11
Ulashish:

Foto: San Siro stadioni, Milan, Italiya
Milan şahridagi San Siro stadionining qariyb bir asrlik tarixi yangi bosqiçga yuz tutmoqda. 1926-yildan buyon bu arena «Milan» va «Inter»ning eng muhim uçraşuvlariga mezbonlik qildi, Yevrokuboklarning unutilmas finallarini qabul qildi. Uning tribunalarida millionlab muxlislar ğalabani nişonladi, mağlubiyatlarni boşdan keçirdi. Endi esa ikki klub öz tarixidagi katta özgarış ostonasida turibdi: San Siro yonida yangi stadion quriladi, eski arenaning ayrim qismlari esa saqlab qolinadi.
Bu qaror Milan futboli uçun şunchaki yangi stadion qurilişidan köra kattaroq voqea. Çunki San Siro oddiy sport inşooti emas — u «Milan» va «Inter» tarixining, şahar futbol madaniyatining bir qismiga aylangan. Şunday ekan, qariyb yuz yillik arenaning örnini yangi stadion egallaşi haqidagi qaror tabiiy ravishda savollar tug‘diradi: klublar nega bu qadamga qol urdi, yangi arena qanday böladi va San Siro şunchaki buzib taşlanadimi?
San Siro qurilişi 1925-yil avgustida «Milan» klubi prezidenti Piero Pirellining taşabbusi bilan boşlandi. Öşa paytda klub uy uçraşuvlarini ötkaziş uçun alohida stadionga ega bölişni istagan. Loyihani muhandis Alberto Cugini va me’mor Ulisse Stacchini işlab çiqdi. Quriliş işlari 13 oy davom etdi. Natijada 35 ming tomoşabinga möljallangan, törtta alohida beton tribunadan iborat arena qad rostladi.
1926-yil 19-sentabr kuni yangi stadionning oçiliş maroşimi bölib ötdi. Unda «Milan» va «Inter» özaro örtoqlik uçraşuvi ötkazdi. Mezbonlar uçun quvonçli kun bölişi kerak bölgan bahs 3:6 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlandi. «Inter» San Siro tarixidagi ilk uçraşuvdayoq raqib maydonida ğalaba qozongan edi.
Dastlab stadion faqat «Milan»ga tegishli bölgan. «Inter» esa undan 1947/48-yilgi mavsumdan boşlab foydalanishni boşladi. Şu tariqa bir-biriga azaliy raqib bölgan ikki klub bitta stadionda oynay boşladi. Bugun bu holat Milan futbolining öziga xos jihatlaridan biri sifatida qabul qilinadi. Ammo San Siro qurilgan paytda uning ikki klub uçun umumiy stadionga aylanişini heç kim rejalashtirmagan edi.
1935-yilda stadion Milan munitsipaliteti tasarrufiga ötdi. Şu yili uni kengaytiriş işlari boşlandi. Tribunalar orasidagi boşliqlar egri konstruksiyalar bilan birlaştirildi va 1939-yilga kelib stadion sig‘imi 55 ming tomoşabinga yetkazildi. Bu San Sironing dastlabki körinişidan ança farq qiladigan yangi qiyofasini şakllantirdi.
1955-yilda stadionda navbatdagi yirik rekonstruksiya amalga oşirildi. Mavjud tribunalar ustidan ikkinçi halqa qurildi. Bu özgarış San Siro sig‘imini sezilarli darajada oşirdi. UEFA ma’lumotlariga köra, rekonstruksiyadan keyin stadion 100 mingdan ortiq tomoşabinni qabul qila olgan.
1980-yilda stadionga «Milan» va «Inter» safida töp surgan, Italiya futboli tarixidagi eng maşhur hujumçilardan biri Juzeppe Meazza nomi berildi. Şunga qaramay, San Siro nomi muxlislar orasida saqlanib qoldi. Bugun ham köpçilik stadionni aynan şu nom bilan biladi.
1990-yilgi jahon çempionati oldidan San Siro yana bir bor tubdan özgartirildi. Stadionga uçinçi halqa qoşhildi. Uni taşqi tomondan örnatilgan 11 ta silindrsimon minora uşlab turardi. Tribunalar usti ham töliq yopildi. Rekonstruksiya yakunida stadion 85 700 tomoşabinga möljallangan arenaga aylandi. 1990-yil 8-iyun kuni esa San Siro jahon çempionatining oçiliş uçraşuviga mezbonlik qildi. Unda Kamerun terma jamoasi amaldagi jahon çempioni Argentinani 1:0 hisobida mağlub etdi.
San Siro Yevrokuboklarning eng muhim uçraşuvlariga ham mezbonlik qilgan. 1965-yilda Yevropa çempionlar kubogi finalida mezbon «Inter» Portugaliyaning «Benfika» jamoasini 1:0 hisobida mağlub etdi. Şu tariqa milanliklar ketma-ket ikkinçi marta Yevropa çempioniga aylandi.
1970-yilgi Yevropa çempionlar kubogi finalida esa Niderlandiyaning «Feyenoord» klubi Şotlandiyaning «Seltik» jamoasi bilan töqnaş keldi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangach, qoşimça bölümlarda «Feyenoord» yana bir gol urib, 2:1 hisobida ğalaba qozondi. Bu Rotterdam klubi tarixidagi ilk Yevropa çempionlar kubogi böldi.
2001-yilda San Siro uçinçi bor klublar miqyosidagi Yevropaning eng nufuzli turniri — Çempionlar ligasi finalini qabul qildi. Unda Germaniyaning «Bavariya» klubi Ispaniyaning «Valensiya» jamoasiga qarşi maydonga tuşdi. Uçraşuvning asosiy va qoşimça vaqti 1:1 hisobida tugadi. Penaltilar seriyasida «Bavariya» 5:4 hisobida ustun kelib, 25 yillik tanaffusdan söng Yevropa klublari taxtiga chiqdi.
San Siroda ötkazilgan sönggi Çempionlar ligasi finali esa 2016-yilga töğri keladi. Bu safar maydonda Madridning ikki klubi — «Real» va «Atletiko» uçraşdi. Asosiy va qoşimça vaqt 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa «Real» 5:3 hisobida ğalaba qozonib, öz tarixidagi 11-Çempionlar ligasi kubogini qolga kiritdi.
Şunça tarixga ega stadiondan nega voz keçilmoqda? Bu savolga javob berishda futbolning bugungi iqtisodiy şaroitini ham hisobga oliş kerak. Zamonaviy futbolda stadion faqat jamoa uy uçraşuvlarini ötkazadigan joy emas. U klub uçun yil davomida daromad keltirişi, muxlislarga turli xizmatlarni taklif qilişi va tijoriy faoliyatni rivojlantirişga xizmat qilişi kerak.
«Milan» va «Inter» rahbariyati ham San Sironing imkoniyatlari zamonaviy talablarni töliq qondirmayotganini ta’kidlab keladi. Stadionni saqlab qoliş va yangilaş variantlari muhokama qilingan bölsa-da, klublar oxir-oqibat yangi arena quriş yölini tanladi. Ularning rejasi — nafaqat futbol uçraşuvlari uçun qulayroq şaroit yaratish, balki stadion atrofida yil davomida işlaydigan savdo, ovqatlanish va köngiloçar maskanlarni taşkil etish. Bunday yondaşuv klublarga oyun kunlaridan taşqari vaqtda ham daromad oliş imkonini beradi.
Biroq bu qaror Milan şahrida birdek ma’qullanmadi. San Sironi saqlab qoliş tarafdorlari uning tarixiy va me’moriy qiymatini, stadion bilan bog‘liq xotiralarni asos qilib körsatdi. Ularning nazarida, bunday inşootni buzish şunchaki eski binoni yangisiga almaştirish emas, balki şaharning muhim ramzlaridan biridan ayriliş demakdir. Şu sababli yangi stadion loyihasi atrofidagi bahslar bir neça yil davom etdi.
2025-yil 5-noyabr kuni «Milan» va «Inter» San Siro stadioni hamda uning atrofidagi hududni Milan munitsipalitetidan sotib oliş jarayonini yakunladi. Bu yangi loyiha yolidagi muhim qadam böldi. 2026-yil 24-mart kuni esa şahar ma’muriyati hududni qayta quriş rejasiga doir strategik ekologik baholaş jarayonini boşladi. Rejaga köra, yangi stadion qurilişi bilan birga, hozirgi San Sironing ayrim qismlari saqlab qolinadi va ulardan boşqa maqsadlarda foydalaniladi.
2026-yil 29-oktabr kuni ikki klub yangi stadion loyihasini rasman taqdim etdi. 71 500 tomoşabinga möljallangan arena «Generali Stadium» deb nomlanadi. Uning me’moriy loyihasini Foster + Partners va MANICA kompaniyalari işlab çiqqan. Şuningdek, Italiyaning Generali sug‘urta kompaniyasi stadionning nom beriş huquqi böyiça hamkoriga aylangani ma’lum qilindi.
Loyiha mualliflari yangi arenada muxlislar maydonga imkon qadar yaqin joylaşişini közda tutgan. Ikki qavatli tribunalar uzluksiz halqa şaklida quriladi. Ayniqsa, jamoalarning eng faol muxlislari joylaşadigan Curva sektorlariga alohida e’tibor qaratilgan: bu joylarda tribunalar qiyaligi 37 darajagaça yetadi. Stadionning taşqi körinişida X şaklidagi tayanç konstruksiyalar va egri çiziqli tom asosiy örin tutadi. Tabiiy şamollatish hamda quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlari ham loyiha tarkibiga kiritilgan.
Yangi stadion qurilişi 2028-yilda boşlanişi kutilmoqda. Klublar arenani 2031/32-yilgi mavsumda foydalanishga topşirişni rejalashtirgan. Bu muddat tegishli ruxsatnomalar va quriliş jarayoniga bog‘liq. Stadion bilan birga uning atrofidagi 281 ming kvadrat metrlik hudud ham qayta rivojlantiriladi. Bu yerda yašil maydonlar, savdo va xizmat körsatiş obyektlari hamda jamoat foydalanishi uçun möljallangan joylar taşkil etilişi rejalashtirilgan.
Şunday qilib, Milan futboli yangi davrga tayyorgarlik körmoqda. «Milan» va «Inter» zamonaviy stadion orqali muxlislar uçun qulay şaroit yaratish, daromad manbalarini kengaytirish va Yevropaning yetakçi klublari bilan iqtisodiy raqobatda öz örnini mustahkamlashni maqsad qilgan. Ammo yangi arena qançalik zamonaviy bö lmasin, u San Siro tölplagan tarixni qisqa vaqt içida takrorlay olmaydi.
San Siro oçil ganiga 100 yil tölgan bir paytda uning kelajagi haqida qaror qabul qilinmoqda. Dastlab faqat «Milan» uçun qurilgan, keyinçalik «Inter» bilan ham umumiy uyga aylangan bu stadion endi öz tarixining yangi sahifasini oçmoqda. Yangi arena qurilgaç, eski San Sironing ayrim qismlari saqlanib qoladi. Ammo stadionning futbol tarixidagi örni va muxlislar xotirasidagi alohida maqomi özgarışsiz qoladi.
Sport
20.11.2026, 16:11
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15
So'nggi yangiliklar

Toşkent metrosida tirbandlikni kamaytiriş uçun nima özgaradi?
Oʻzbekiston
20.11.2026, 14:41

Tramp bilan mojaroga qaramay, Anthropic aktsiyalari 34 foizga oşdi
Iqtisodiyot
20.11.2026, 10:51

Sergelida 1,7 gektarlik sun’iy köl paydo böladi
Oʻzbekiston
20.11.2026, 10:18

Özbekiston va Ömon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 16:55

Tojikistonda elektr uzatiş ustuni quladi: Farğona vodiysida elektr ta’minoti çeklandi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 14:53

Roxinjalar genotsidi: Myanma xalqaro sud oldida javob beradi
Jahon
19.11.2026, 10:56

Özbekiston va Turkmaniston çegaradan ötişni yengillaştirmoqçi
Siyosat
19.11.2026, 09:42

Özbekistonlik professor Qozoğistonda nega qamaldi?
Siyosat
18.11.2026, 18:31

Deutsçe Bank: Tramp va Epşteynning Rossiya bilan aloqalari oşkor böldi
Siyosat
18.11.2026, 16:45

Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi
Jahon
18.11.2026, 14:28

Özbekistondan Kanadaga boriş osonlaşadimi?
Siyosat
18.11.2026, 11:47

Eron Vaşingtonda kimyoviy qurol işlatadimi?
Jahon
18.11.2026, 10:39

Namanganda telefon ustaxonasidan 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan yigit uşlandi
Oʻzbekiston
18.11.2026, 10:10

Toşkentda hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölayotgani xabar qilindi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 17:26

Ebola virusidan 6 minga yaqin kişi vafot etdi
Jahon
17.11.2026, 15:33

Toşkentdan Astraxanga poyezd qatnovi yölga qöyiladi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:28

Yevropa migrantlarni Özbekistonga yuborişi mumkinmi?
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:11

Buziladigan uy egalari uçun yangi taklif: 1,5 baravar katta uy-joy
Oʻzbekiston
16.11.2026, 17:32

Ayrim tadbirkorlar import QQSni boşqaça tölaydi
Iqtisodiyot
16.11.2026, 15:22
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

